• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Reja: Shaxsning kasbiy etikasi




    Download 25.38 Kb.
    Sana29.03.2023
    Hajmi25.38 Kb.
    #47370
    Bog'liq
    Reja Shaxsning kasbiy etikasi


    MAVZU: Shaxsning kasbiy etikasi va induvidual xususiyatlar

    REJA:

    1. Shaxsning kasbiy etikasi.
    2. Temperament va kasbni egallash masalasi. Faoliyatning individual uslubi va temperament.
    3. Xarakter va uning turlari.

    Etika bo’yicha izohli lug’atda ushbu tushuncha ma’nosi quyidagicha: “Kasb etikasi


    (yoki kasbiy axloq) – bu odamlarning kasb faoliyatidan kelib chiqadigan o’zaro
    munosabatlarining axloqiy xarakterini ta’minlaydigan qonuniyatlardir”.
    Bunday qonuniyatlarning kelib chiqishi va rivojlanishi inson axloqi
    yo’nalishlaridan birini aks ettiradi, chunki ular shaxs qadrini va shaxslararo munosabatlarda
    odamiylikning yuzaga kelishiga yordam beradi.
    Kasb etikasining kategoriyalari. Har bir fanning o‘z kategoriyalari bo‘lgani kabi
    o‘smirlik davri yoshlarning ham kasb etikasi va estetik madaniyati kategoriyalari mavjud.
    «Kategoriya» so‘zi yunoncha bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi «hukm», «guvoh», «ifodalash»,
    «ta’rif berish», «fikr aytish» demakdir. Kasb etikasi fanining kategoriyalari boshqa
    fanlarning kategoriyalaridan o‘zining bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi:
    Birinchidan, etika kategoriyalari faqat axloqshunoslik sohasida emas, balki boshqa fan
    sohalarida ham qo‘llaniladi. Har qanday nazariya, kashfiyot va ilmiy qarashning zaminida
    ma’lum qadriyat bor, ya’ni u mazkur ish nima maqsadda qilingan, u yaxshimi yoki yomonnarsami, degan savoldan tashqarida bo‘lolmaydi. SHunday qilib, amaliyotda axloqiy
    faoliyatdan tashqarida bo‘lgan narsaning o‘zi yo‘q.
    Ikkinchidan, etika kategoriyalari (masalan, vatanparvarlik, adolat, javobgarlik va h.k.)
    bir vaqtning o‘zida boshqa fanlar – siyosiy, iqtisodiy va huquqiy fanlarning ham
    kategoriyalari hisoblanadi. Bu axloqiylikning, uning in’ikosi bo‘lgan axloq
    kategoriyalarining sintez qilish xususiyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Sintez, bir tomondan,
    axloqiy tarbiya uchun boshqa fan jabhalarini o‘zida mujassamlashtirgan holda ish ko‘rishini
    ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, boshqa fan kategoriyalariga axloqiy mazmun bag‘ishlashini,
    ularning axloqiylikdan tashqarida emasliklarini ham ko‘rsatib beradi.
    Uchinchidan, etika kategoriyalari o‘zining keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Bu
    kategoriyalar inson hayotining barcha jabhalarini, ya’ni tug‘ilishidan hayotining so‘nggi
    kunlarigacha bo‘lgan mehnat, sevgi, kundalik odob-axloq, xulq, muomala – hammasini
    o‘zida umumiy tarzda aks ettirishi bilan ajralib turadi.
    To‘rtinchidan, etika kategoriyalari kishilar xatti-harakatlari, xulq-avtorlarini jamiyat
    talablari nuqtayi nazaridan ma’qullash yoki qoralash, ya’ni axloqiy baholash xususiyatiga
    egadir.
    O‘smir shaxsining etika kategoriyalariga quyidagilar kiradi:
    Yaxshilik va yomonlik. «YAxshilik» tushunchasi va uning mohiyati. YAxshi deganda,
    odatda, kishining biror talabiga to‘la javob beradigan, unga yoqadigan, ma’lum bo‘lgan
    xatti-harakatlar, narsalarning ijobiy sifatlari tushunilsa, yaxshilik deganda esa ixtiyoriy
    ravishda biror kishining manfaatini ko‘zlab ish tutish, unga manfaat etkazish, xayrli, ezgu
    ishlarni amalga oshirish tushuniladi. YAxshilik o‘zining kundalik oddiy tushunchasidan
    tashqari, etika fanining kategoriyasi sifatidagi ta’rifiga ham egadir.
    Yaxshilik deb, tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan hamma voqea, hodisa va vujudga
    kelayotgan narsalarning insonni e’zozlaydigan, uning manfaat va ehtiyojlarini
    qondiradigan, axloqiy ideallariga mos keladigan, odamgarchiligining o‘sishini har
    tomonlama ta’minlaydigan, pirovardida baxtli hayot kechirishiga xizmat qiladigan barcha
    ijobiy tomonlarining yig‘indisiga aytiladi.
    «Yomonlik» tushunchasi va uning mohiyati. YOmon odam deganda, odatda, fe’l-atvori
    buzuq, yaramas, razil odam; yomonlik deganda esa, o‘zining fe’l-atvori, qilgan ishlari bilan
    atrofdagilarga zarar etkazuvchi axloqan buzuq, yaramas odamlarning xatti-harakatlari
    tushuniladi.
    Umuman olganda, yaxshi xulq egasi bo‘lish – yaxshilik, yomon xulqlilik yomonlik
    hisoblanadi. Chunonchi, jamiyatning moddiy va ma’naviy farovonligini oshirishga qarshi
    qaratilgan barcha xatti-harakatlar yomonlikdir.
    Yomonlikni oddiy tushunish va falsafiy, ya’ni kategoriya sifatida tushunish mavjud.
    Yomonlik deb, jamiyatning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi, kishilarning axloqiy
    ideallariga, ular e’zozlaydigan qadriyatlarga zid keladigan, baxtga erishishga, odamlar
    orasidagi munosabatlarda axloqiy taraqqiyotning qaror topishiga va insoniylikning o‘sishiga
    zid keladigan xatti-harakatlarni o‘zida mujassamlashtirgan tushunchalar yig‘indisiga
    aytiladi.
    Yaxshilik va yomonlik to‘g‘risida hadislarda shunday deyilgan: «YAxshilaringiz
    xushxulq bo‘lib, kishilarga yon beruvchi, ya’ni atrofida yaxshi hayot kechirishga imkon
    beruvchi kishilardir. Yomonlaringiz mahmadona, dilozor, kishilar rohatini buzuvchi
    kishilardur».
    «Yaxshilaringiz farzni yaxshi ado etuvchi kishilardir»
    «Yaxshilaringiz o‘z aqliga, oila va a’zolariga yaxshi bo‘lganlaringizdir».
    «Kimga yaxshilik qilay», – deb so‘ragan sahobaga uch marta «onangga» deb,
    to‘rtinchisida «otangga» deb aytdilar. «YA’ni yaxshilikni onangga, onangga, onangga,
    so‘ngra otangga qil, dedilar».
    Vijdon va vijdonsizlik
    «Vijdon» kategoriyasi. Vijdon deganda, odatda, kishining o‘z xatti-harakati, qilmishi,
    yurish-turishi uchun odamlar, jamoatchilik oldidagi mas’uliyat tuyg‘usi tushuniladi. Vijdon
    deb o‘smir Shaxs ining o‘z axloqiy xatti-harakatlarini va bu xatti-harakatlarga bog‘liq
    bo‘lgan his-tuyg‘ulari, kechinmalarini davlat, jamiyat tomonidan joriy qilingan axloqiy
    normalar nuqtayi nazaridan baholovchi va nazorat qiluvchi ichki tuyg‘ularining majmuasiga
    aytiladi. Vijdonning tarkibiy tuzilishi, birinchidan, o‘ziga nisbatan tanqidiy munosabatda
    bo‘lish, erishgan muvaffaqiyatlardan o‘zini yo‘qotmaslik, ichki jihatdan qoniqish hosil
    qilish, ikkinchidan, o‘z shaxs iy manfaatlaridan kechib, o‘zini jamiyat manfaatlari yo‘lida
    baxshida etish kabi ichki tuyg‘ularni qamrab olganligini ko‘ramiz.
    Vijdon insonning faqat o‘ziga, o‘z xatti-harakatlarigagina emas, balki boshqa
    kishilarga, ijtimoiy manfaatlarga munosabatini ham ifoda etadi. «Vijdonning buyuk qudrati
    bor, – deb yozgan edi qadimgi yunon mutafakkiri Sitseron, – gunohsizni har qanday
    qo‘rquvdan forig‘ etgani holda va gunohkorning tasavvurida u o‘zi loyiq bo‘lgan hamma
    jazolarni muttasil tiklagani holda, ikkovini ham baravar hayajonga solib turadi».
    Burch, or-nomus va qadr-qimmat
    «Kasb burchi» tushunchasi va uning ahamiyati. Inson ijtimoiy mavjudoddir. U jamiyat
    hayotining harakatlantiruvchi kuchi sifatida ko‘p qirrali faoliyat yuritadi, ana shu jarayon
    davomida turli xil kishilar, guruhlar bilan aloqada bo‘ladi. Har qanday aloqadorlik esa
    odamga qandaydir majburiyat yuklaydi, ana shu majburiyatni bajarish burchni keltirib
    chiqaradi. Shunday qilib, burch, oddiy qilib aytganda, ado etilishi, bajarilishi shart bo‘lgan
    vazifa, majburiyatdir.
    Burchning manbaini, asosini ijtimoiy manfaatlar tashkil etadi. Burchda manfaat
    buyruq shaklida maydonga chiqadi. «Or-nomus («sha’n»)va «qadr-qimmat» kategoriyalari.
    Or deganda, odatda, o‘ziga nomunosib yoki ep ko‘rmagan ishdan, narsadan xijolat tortish,
    uyalish, nomus qilish tushunilsa, nomus deganda kishining o‘z obro‘sini ulug‘lashi va
    ardoqlashi, ori yat, diyonat, uyat-andisha qilish, sharm, hayo tushuniladi. SHunga ko‘ra,
    oriyatli odam deb or-nomusini biladigan, o‘z obro‘yini qadrlaydigan kishilarga aytilsa;
    nomusli odam deb uyat-andishani biladigan, sharm-hayoli kishilarga aytiladi. Or-nomus»
    kategoriyasi bilan bir qatorda inson faoliyatining axloqiy tomonlarini ifodalovchi «qadrqimmat» kategoriyasi ham mavjud.
    Qadr-qimmat deb o‘smir shaxs ining jamiyatda, kishilar orasida tutgan o‘rni, topgan
    obro‘si, hurmati va nufuziga aytiladi. «Or-nomus» kategoriyasi Shaxs axloqining tashqi
    tomonlarini ifodalasa, qadr-qimmat kategoriyasi esa insonning o‘z-o‘zini anglashi va
    nazorat qilishini ifodalaydi. Qadr-qimmat o‘z qadrini anglash shakli bo‘lib, insonni
    kamsitadigan, xo‘rlaydigan va shu bilan uning boshqa kishilar ko‘z o‘ngida o‘z qimmatini
    yo‘qotishiga sabab bo‘ladigan qiliqlarga yo‘l qo‘ymaydigan to‘siq hisoblanadi.
    Yuqorida zikr qilingan axloq kategoriyalaridan tashqari, «baxt», «hayotning ma’nosi»,
    «imon», «adolat» kabi kategoriyalar ham mavjuddir.
    Bu kategoriyalar, garchand umumiy kategoriyalar bo‘lsa-da, o‘smirlik Shaxs ining
    amaliy faoliyatida qo‘llanishida aniqlik, ya’ni o‘ziga xoslik kasb etadi.
    Muomala madaniyati. Odamlar bilan muomala qilish sana’ti ham har bir kishidan
    katta mahoratni talab qiladi. Har qanday lavozimga nomzod deb qaralayotgan odamdan
    bunday fazilat bo’lishi va bu fazilat har qanday sharoitda namoyon bo’ishi maqsadga
    muvofiqdir. Siz mehmonxonada, restoranda, kutubxonada yoki laboratoriyada
    ishlashingizdan qat’iy nazar, eng muhimi - o’z fikringizni aniq va ravshan ifoda eta
    olishingizdir. Bu esa sizning muvaffaqiyatingizga zamin yaratadi.
    Har bir odam o’z fikrini og’zaki yoki yozma ravishda ifodalay bilishi lozim. Sizning
    o’z individualingizni saqlab qolishga intilishingiz va o’zingiz tanlab olgan hamkorlaringiz
    bilan ishlashni xohlashingiz - sizning “jamoaning yaxshi o’yinchisiga” aylanishingizga olib
    keladi. Nomzodning bo’lajak lavozimga ishga o’tish maqsadida suhbatda ishtirok etishining
    samaradorligi uning kommunikativligi va shaxslararo muomala qilish qobiliyatlarining
    rivojlanganligiga bog’liqdir.
    Masalan, agar suhbat mobaaynida ish beruvchining ko’zlariga qarashga tortinsangiz,
    u sizni o’ziga ishonmaydigan odam deb o’ylaydi. Muloqotlarda passiv emas, balki faol
    qatnashuvchi bo’lishga intiling va savol-javob qilishni o’rganing. Shu sabab bilan siz
    ritorika usullarini, imo ishoralar va mimikalar yordamida suhbatlashishni o’rganing, suhbat
    davomida o’zingizni tutib turishni, xulqingiz yaxshi bo’lishini ta’minlang shunda siz qay
    ishda bo’lmang, qay lavozimni egallamang, sizga doim muvaffaqiyatlar hamroh bo’ladi.
    Kommunikatsiya. Kommunikatsiya - bu odamlarning o’zaro ish faoliyatidagi bir -
    biri bilan bo’lgan axborot ayirboshlashuvi. Boshqacha aytganda, kommunikatsiya – bu
    muloqot.
    Har qanday ma’lumotni ishoralar tizimi orqali uzatish mumkin. Bu borada verba lva
    noverbal kommunikatsiya turlarini ajratmoq lozim. Verbal – kommunikatsiya – bu
    nutq. Noverbal - nutqsiz, so’zlashuvsiz kommunikatsiyadir. Noverbal kommunikatsiya
    usullari nutq bilan so’zlashuvni to’ldiradi. O’rtacha olganda kishi bir kunda 30 daqiqa
    atrofida so’zlashadi. Verbal kommunikatsiya orqali axborotning taxminan 7% uzatiladi
    (ishbilarmonlar orasida muloqotda 35%), noverbal muloqotda sea 60% dan 70% gacha
    axborot uzatiladi. Shuning uchun ham, ming marotaba eshitgandan ko’ra, bir marotaba
    ko’rgan afzal deyishadi. Boshqacha aytganda, noverbal kommunikatsiya nutqiy
    so’zlashishga qaraganda ma’lumotlarga ancha boydir.
    Verbal kommunikatsiya. Ritorika. Verbal kommunikatsiya - bu so’zlashish. Ritorika
    - notiqlik sana’ti bo’lib kishidan chuqur bilim, yuksak madaniyat va maxsus ijrochilik
    salohiyati (chiroyli va ta’sirchan ovozi, aniq va ravshan talaffuzi) ni talab qilgan. Miloddan
    avvalgi V-IV asrlarda Yunonistonda yuzaga kelib, miloddan avvalgi III-II asrlarda tizimli
    fan shaklini olgan. Ishbilarmonlik ritorikasi - bu samarali, tasdiqlovchi va asoslangan
    so’zlashuv haqidagi fan.

    Temperament. Faoliyatning individual uslubi va temperament.


    Insonning ruhiy olami beto‘xtov harakatlar majmuasidan iborat bo‘lib, biri ikkinchisini
    bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o‘xshash tarzda hukm suradi. Xuddi
    shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to‘g‘risidagi taassurotlar, o‘tmish xotiralari,
    kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish-istaklar, maqsad va tilaklar,
    mulohaza, fikr va muammo, hissiy kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o‘zaro
    o‘rin almashtirib turish evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi. Ruhiy
    olam kechishi, uning sur’ati, mazmuni, shakli, ko‘lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi alohida, yakkahol insonda rang-barang tarzda namoyon bo‘lishi kuzatiladi. SHuning uchun
    bo‘lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, ijtimoiy turmush voqeliklariga, omillariga, ta’sir
    kuchlariga tez yoki sekin, engil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik
    ko‘rsatadilar.
    Psixologiyada temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlar o‘rtasida
    muayyan darajada tafovut mavjudligi alohida ta’kidlanadi, ular orasidagi farqlarni ajratib
    ko‘rsatish maqsadida quyidagicha belgilar kiritiladi va o‘ziga xos tarzda tavsiflab beriladi,
    ularning ayrimlarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq.
    Favqulodda temperamentning bir xil xususiyatlari motiv, psixik holat va hodisalardan
    farqli o‘laroq, aynan shu shaxsning o‘zida, uning turli faoliyatlarida, muomalasida
    ifodalanadi.
    Temperament xususiyatlari tabiiy shartlanganlik omiliga taalluqli bo‘lganligi tufayli
    inson hayoti va faoliyati (umri) davomida yoki uning muayyan bir bo‘lagida (ta’sirga
    beriluvchanligi sababligidan qat’i nazar) barqaror, o‘zgarmas va mustahkamdir. YAkkahol
    shaxsga dahldor temperamentning turli xususiyatlari o‘zaro bir-biri bilan g‘ayriqonuniy
    ravishda birlashgan bo‘lmasdan, balki ular o‘zaro bir-biri muayyan qonuniyat asosida
    mujassamlashib, xuddi shu xususiyatlar uning tiplarini tavsiflovchi o‘ziga xos tuzilmani
    vujudga keltiradi.
    Temperamentning fiziologik asoslari: qadimgi yunon olimi Gippokrat ta’limotiga
    binoan, insonlarning temperament xususiyatlari jihatidan o‘zaro bir-biridan tafovutlanishi,
    ularning tana a’zolaridagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda joylashuviga
    bog‘liq ekanligi tasavvur qilinadi. Gippokrat ta’biricha, inson tanasida to‘rt xil suyuqlik
    (xilt) mavjud bo‘lib, ular o‘t yoki safro (yunoncha «chole»), qon (lotincha sanguis yoki
    sanguinis), qora o‘t (yunoncha melas «qora», chole «o‘t»), balg‘am (yunoncha «phlegma»)
    kabilardan iboratdir. Uning mulohazasicha:
    – o‘tning xususiyati – quruqlikdir, uning vazifasi tana a’zolarida quruqlikni saqlab
    turish yoki badanni quruq tutishdir;
    – qonning xususiyati issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir;
    – qora o‘tning xususiyati namlikdir, uning vazifasi badan namligini saqlab turishdir;
    – balg‘amning (shilimshiq moddaning) xususiyati sovuqlikdir, uning vazifasi badanni
    sovitib turishdan iboratdir.
    Gippokrat ta’limotiga muvofiq har bir insonda shu to‘rt xil suyuqlik mavjud bo‘lib,
    uning bittasi ustuvorlik kasb etadi. Mazkur aralashma (lotincha temperamentum)lardan
    qaysi biri salmoqliroq bo‘lsa, shunga qarab insonlar temperament jihatdan farqlanadilar,
    chunonchi xolerikda sariq o‘t, sangvinikda qon, flegmatikda balg‘am, melanxolikda qora
    o‘t ustun bo‘lishi ta’kidlanadi.
    Yirik rus psixologlaridan biri B.M. Teplov (1896–1965) va uning shogirdlari,
    maslakdoshlari I.P. Pavlovning tadqiqotlarini davom ettirib, inson nerv jarayonlari
    xususiyatlarining o‘ziga xos tomonlarini ochishga muvaffaq bo‘ldilar. Ular nerv-fiziologik
    jarayonlarning nozik qirralarini o‘rganishga maxsus moslamalar yordami bilan
    o‘zgarishlarni qayd qilish hamda olingan natijalarni (omillarni) matematik statistika
    metodlari orqali hisoblashni tatbiq etdilar.
    Shuningdek, B.M. Teplov ilmiy maktabining namoyandalari tomonidan ijobiy va
    tormozlovchi shartli reflekslarning hosil bo‘lish tezligini tavsiflovchi individual
    xususiyatlar turkumi ham ta’riflab berilgandir. Ushbu individual xususiyatlar mohiyatida
    ifodalanuvchi nerv sistemasining notanish xususiyati dinamiklik deb nomlangan ham tavsiflangan. Bundan tashqari, ular shartli reflektor faoliyatining bir guruh individual
    xususiyatlari qo‘zg‘alish jarayoni to‘xtalishining tezligi mahsuli sifatida taxmin qilingan
    xususiyatni (yangi xislatni) labillik deb atay boshlaganlar. SHuning bilan birga nerv
    sistemasining boshqa xususiyatlari mavjudligi to‘g‘risida ilmiy taxminlar ilgari surilgan,
    chunonchi, senzitivlik, reaktivlik va hokazo.
    Turli temperament tipiga mansub insonlarda har xil xarakter xususiyatlari, shaxs
    sifatlari, holatlari ro‘y beradi.
    Sangvinik yuksak reaktivlik. Bo‘lar-bo‘lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi.
    Muhim bo‘lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga tetik
    va zo‘r qo‘zg‘alish bilan javob beradi. Imo-ishoralari va harakatlari yaqqol ko‘rinib turadi.
    Uning aft-basharasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamga bo‘lgan
    munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga to‘playdi.
    Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni va
    yoruqlik qo‘zg‘ovchilarni payqamaydi. Aktivligi yuksak, juda g‘ayratli va ishchan,
    darslarda tez-tez qo‘l ko‘tarib turadi, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi
    ishlarga g‘ayrat bilan kirishadi. Faolligi va reaktivligi muvozanatli. Uni intizomga chaqirish
    oson. U o‘z hissiyotlarining namoyon bo‘lishini va o‘zining ixtiyorsiz harakatlarini tez
    ushlab qola oladi. Harakatlari shiddatli, nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi,
    diqqatini tez to‘playdi. Aqli tez ishlaydi, topqir. Harakatlari nihoyat darajada silliqlik
    xususiyatiga ega. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda o‘zgaruvchan. U
    yangi kishilar bilan tez kirishib ketadi. YAngi talablar, yangi sharoitga osonlik bilan
    o‘rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko‘cha oladi. Malakalarni tez o‘zlashtiradi va tez
    qayta o‘zgartiradi. Aqli ixcham. Ekstrovertlik xususiyatiga ega. O‘tgan va kelajak hayot
    haqida tasavvurlariga qaraganda quyiroq tashqi taassurotlarga javob beradi.
    Xolerik xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda faollik bilan
    ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. SHuning uchun u tinimsiz o‘zini
    ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq silliq va ko‘proq qotib
    qolgan. Shuning uchun intilishlari va qiziqishlarida katta barqarorlik, zo‘r qat’iylik bor,
    diqqatini ko‘chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga
    etkazadi, ammo unga qiziqsa.
    Flegmatik – senzitivligi sust, hissiy qo‘zg‘aluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish,
    kayfiyatini buzish qiyin. Ammo bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u vazminligicha
    qolaveradi. Katta ko‘ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imoishoralari oz, harakatlari ifodasiz. G‘ayrati ishchanligi bilan ajralib turadi. YUksak faolligi
    oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. CHidamliligi, matonati, o‘zini tuta bilish bilan
    ajralib turadi. Harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik
    bilan to‘playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko‘chiradi. YAngi sharoitga
    qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert. YAngi odamlarga qiyinchilik bilan qo‘shiladi.
    Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi.
    Melanxolik – yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi chegaralari
    yuqori). Arzimagan sababga ko‘ra, ko‘zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan,
    sekin yig‘laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O‘ziga ishonmaydi, tortinchoq,
    ozgina qiyinchilik tug‘iladigan bo‘lsa, qo‘lini yuvib qo‘ltig‘iga urib qo‘ya qoladi.
    G‘ayratsiz, qat’iy emas. Diqqati tez chalg‘iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid
    (qotib qolgan). Introvertlik xususiyatiga ega
    Temperament lotincha «temperamentum» so‘zidan olingan bo‘lib, «aralashma» degan
    ma’noni anglatadi. Temperament to‘g‘risidagi dastlabki ta’limotni yunon olimi Gippokrat
    (eramizdan oldingi 460–356-yillarda yashagan) yaratgan bo‘lib, uning tipologiyasi hozirgi
    davrgacha qo‘llanilib kelinmoqda
    Psixikaning individual jihatdan o‘ziga xos, tabiiy shart- lashgan dinamik ko‘rinishlari
    majmui kishining temperamenti deyiladi.
    Gippokratning to‘rt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya’ni «temperament»
    tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, holerik, flegmatik, melanxolik) ramziy
    ma’noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo‘llanilib kelinmoqda. Organizmda
    suyuqliklarning aralashuvi (u qonning ko‘pligi bilan xarakterlanadi) sangvinik temperament
    (lotin tilidagi «sangvis» – «qon» so‘zidan olingan); limfa ko‘p bo‘lganda flegmatik
    temperament (grekcha
    «flegma» – shilimshiq parda degani); sariq o‘tning ko‘payganligini holerik
    temperament (grek tilidagi «hola» – «o‘t» so‘zidan olingan); qora o‘t ko‘p bo‘lganda
    melanxolik temperament (grekcha «melayna hole» – «qora o‘t») deb ataladi.
    Kishining temperamenti qanaqaligi haqida tasavvur odatda shu shaxsga xos bo‘lgan ayrim psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi.
    Psixik faollikka ega bo‘lgan, atrofda bo‘layotgan hodisalarga tez munosabat
    bildiruvchi, taassurotlarini tez-tez o‘zgartirishga intiluvchi, ko‘ngilsizliklarni nisbatan engil
    o‘tkazib yuboruvchi, jonli, harakatchan bo‘lgan kishi sangvinik deyiladi.
    Yuragi keng, barqaror intilish va kayfiyatga, doimiy va chuqur his-tuyg‘uga ega,
    harakatlari va nutqi bir maromida bo‘lgan, ruhiy holatini tashqi tomonda ifoda etadigan
    kishi flegmatik deb ataladi.
    Juda g‘ayratli, ishga ehtiros bilan berilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, tez, qizg‘in
    emotsional «portlash» va kayfiyatning keskin o‘zgarishlariga moyil, ildam harakatlar
    qiladigan kishi holerik deb ataladi.
    Ta’sirchan, chuqur kechinmali, gap ko‘tara olmaydigan, atrofdagi voqealarga unchalik
    e’tibor bermaydigan, o‘zini nazorat qila oladigan va sekin ovoz chiqaradigan kishilar
    melanxoliklar deb ataladi.
    Temperament turlarining tasnifi (I.P. Pavlov ta’limotiga ko‘ra):
    1) kuchli, ehtirosli, behalovat – holerik;
    2) kuchli, bosiq, epchil – sangvinik;
    3) kuchli, bosiq, sust – flegmatik;
    4) kuchsiz – melanxolik
    Xarakter – shaxsning faoliyat va muomalada tarkib topadigan va namoyon bo‘ladigan
    barqaror individual xususiyati bo‘lib, individ uchun tipik xulq-atvor usullarini yuzaga
    keltiradi.
    Shaxs ba’zida o‘z xarakteridan afsuslanadi, lekin boshqacha harakatni amalga
    oshirishni uddasidan chiqa olmaydi. Xorijiy psixologlarning tasdiqlashicha, ayrim insonlar
    faoliyatida muvaffaqiyatsizlikka uchrashidan xavfsirab, o‘z yutuqlarini qadrlaydilar va
    yuqori baholaydilar. Muvaffaqiyatsizlik ular uchun fojia emas, shuning uchun
    «tavakkalchilik»ka qo‘l urishda davom etaveradilar. Boshqa toifadagi odamlar
    muvaffaqiyat- sizlikdan cho‘chiydilar, o‘ta ehtiyotkor bo‘ladilar, qiyinchilikdan qo‘rqib,
    engil ishga qo‘l urishni lozim topadilar. Fanda shaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi
    xarakterni quyidagi to‘rt tizimga ajratish qabul qilingan:
    1. Jamoaga (guruhga) va ba’zi bir insonlarga nisbatan munosabatni ifodalovchi
    xususiyatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik va boshqalar.
    2. Mehnatga nisbatan munosabatni mujassamlashtiruvchi xususiyatlar:
    mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas’uliyatlilik, mas’uliyatsizlik kabilar.
    3. Narsalarga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyat- lar: ozodalik, ifloslik,
    ayash, ayamaslik va hokazo.
    4. Shaxsning o‘ziga nisbatan munosabatini ifodalovchi xislat- lar: izzat-nafslilik,
    shuhratparastlik, mag‘rurlik, takabburlik, dimog‘dorlik, kamtarinlik, samimiylik va
    boshqalar.

    Xarakter va kishining tashqi ko‘rinishi. Psixologiya tarixida inson bosh suyagining


    shakliga, yuz tuzilishiga, qaddi-qomatiga (tana tuzilishi va hokazolarga) ya’ni ayrim tashqi
    alomatlariga qarab kishi xarakterini belgilash nazariyalari mavjud bo‘lgan. Arastu va
    Aflotun ham kishi xarakterini tashqi ko‘rinishiga qarab aniqlashni taklif qilganlar qatoriga
    kiradi. Ularning xarakterni o‘rganish nazariyasi asosi qanchalik sodda bo‘lsa, shunchalik
    g‘aroyib faraz yotdi. Masalan, kishining tashqi ko‘rinishida qandaydir hayvon bilan
    o‘xshashlik belgisini topish tavsiya qilingan, so‘ngra esa uning xarakteri ana shu
    hayvonning xarakteri bilan aynan bir xil deb qaralgan.

    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. B.R. Qodirov. Kasbiy tashxis metodikalar to’plami. - Toshkent, 2003.


    2. E.G’.G’oziev, K.K.Mamedov. “Kasb psixologiyasi”. -Toshkent, 2003.
    3. I.M. Kondakov. Diagnostika professionalnix ustanovok podrostkov.-Moskva,1997 .
    4. A.F.Kudryashova. Luchshie psixologicheskie testi dlya profotbora i proforientatora.
    Moskva, 1992.
    5. D. Abdullaeva, R.Yorqulov, N.Atabaeva. Oila psixologiyasi. Toshkent, «Noshir»,
    2005.
    Download 25.38 Kb.




    Download 25.38 Kb.