|
Узбекистан обеспечит страны СНГ автобусами mercedes-benz
|
Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 145 Kb. | | #155802 |
Bog'liq 1-Maruza taqdimoti (2) MAVZU-1. kirish. Fanining predmeti, vazifalari va manbalari -
- Reja:
- Fanning bakalavr tayyorlash jarayonidagi o’rni, maqsad va vazifalari.
- Avtotransport korxonalarida texnologik jihozlarning ahamiyati
- Bo’lajak mutaxassis bakalavrlarga soha mashinalaridagi bo'ladigan texnologik jarayonlami o’rgatishdan iboratdir. Hozirgi zamon texnikalarida, yangi zamonaviy avtomobilsozlik sanoati dastgohlarini qanday ishlatish, sozlash hamda ishchi holatini saqlab turishni, ish unumdorligini oshirish usullari, sifatli mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini o’rgatishdan iboratdir
- Ushbu fanni o'rganish uchun talabalar “Аvtotransport tarmog'i korhonalarini loyihalash ”, “Oliy matematika”, “Nazariy mexanika”, “Transport vositalari konstruksiyasi”, “Avtomobilsozlik texnologiyasi”, “Mashina detallari va ko’tarish-tashish qurilmalari” kabi fanlardan yetarlicha bilimga ega bo’lishlari.zarur
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni - Hozirgi kunga kelib fan, texnika va texnologiyalar rivojlanib borgan sari avtomobilsozlik sanoati “Аvtotransport tarmog'i korhonalarini loyihalash va jixozlash “ fani oldiga ham muhim vazifalarni yuklamoqda. Avtomobilsozlik sanoati “Аvtotransport tarmog'i korhonalarini loyihalash va jixozlash ” fanining asosiy qonunlari masalan: mahsulotlami ishlab chiqarishda, tehnologk jarayonlarni amalga oshirishda texnologik mashinalarini to’g’ri tanlash va ularni ishlab chiqarishga joriy qilishni amalga oshirish qonunlari bunga yaqqol misol bo’la oladi.
- 1. Fanning bakalavr tayyorlashdagi o’rni, maqsad va vazifalari
- FarPI oliy o’quv yurtida “Xizmatlar sohasi” (avtomobil transporti) ta’lim yo’nalish bo’yicha tayyorlanayotgan mutaxassis, zamonaviy avtomobillar, yuqori texnologik jixozlar, yuqori malakali ishchilar, intensiv texnologik jarayonli zamonaviy avtoservis korxonasi korxonalarida ishlab chiqarishni o’qitish ustasi lavozimida ishlashi ko’zda tutilgan. Shu sababli avtoservis korxonasi ishlab chiqarish texnologik jarayonining bevosita ishtirokchisi – malakali ishchining ish funksiyalarini bilish, o’rganish, ya’ni avtochilangarday texnik fikrlashni, xatti – xarakatni shakllantirish asosiy maqsad xisoblanadi.
- Ma’lumki, texnologik jarayonda bevosita ishtirok etuvchi ishchining xatti – xarakatlari avtomatizm shaklda, ritmik, yengil amalga oshirilishida asosan o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malaka katta o’rin egallaydi. Shu sababli bo’lajak ishchiga bilim berish, texnologik jarayondagi asosiy xatti-xarakatlar bo’yicha ko’nikma va malakaga erishtirish asosiy vazifa xisoblanadi.
- Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ularni tamirlash ishlarini bajaruvchi avtochilangarning qo’l mehnatini yengillatish, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarida avtomobilga turli tomonlardan ta’sir ko’rsatishda qulaylik yaratish, o’girligi katta bo’lgan agregatlarni avtomobildan yechib olish, ularni ta’mirlash uchun ustaxonaga yetkazish va avtomobildagi o’rniga qaytadan o’rnatish, avtomobil kuzovlarini yuvish, kuzovlarni ta’mirlash, avtomobil agregat va tizimlarini diagnostikalash va boshqa xizmat turlarini ko’rsatish maqsadida avtoservis korxonalarida texnologik jihozlardan foydalaniladi.
- Avtotransport korxonalarida texnologik jihozlarning
- ahamiyati
- Avtomobillarga ТХK va ta’mirlash ishlarida texnologik jihozlardan oqilona va unumli foydalanish yuqorida bayon etilgan ishlar bilan chegaralanib qolmasdan, balki avtomobillarga ko’rasatiladigan servisning sifatini oshiradi, ishchilarning mehnat sarflarini kamaytiradi, texnik xizmatlarni bajarish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartiradi va avtochilangarning xavfsizligini ta’minlaydi.
Технологик жиҳозларни функционал аҳамияти бўйича турлари. Автотранспорт корхоналарида қўлланиладиган технологик жиҳозлар жуда ҳам турли туман бўлиб, уларнинг турлари, кўриниши, техникавий тавсифи автомобилга кўрсатиладиган техник хизмат нинг моҳиятидан келиб чиқади. Шу билан бир қаторда ТХК ва ЖТ ишларини бажарашда вазифаси бир хил, аммо кўриниши ва қўлланил ишида қулайлиги билан фарқланувчи технологик жиҳозлар ва асбоб ускуналар ҳам мавжуд. Технологик жиҳозларни функционал аҳамияти бўйича турлари деганда, уни ТХК ва ЖТ ишларини механизациялаш воситаси сифатидаги бажарадиган ишлари бўйича бўлиниши тушунилади. Автомобилларга ТХК ва ЖТ ишлари турлари, технологияси ва уларни амалга оширишни ташкил етиш технологик жиҳозларни функционал аҳамияти бўйича турлашни тақозо етади. Шу сабабли технологик жиҳозлар қуйидаги турларга бўлинади ва уларнинг улушлари фоизда кўрсатилган: Меҳнат унумдорлигини оширишга хизмат қилувчи жиҳозлар (гайкабурагич, конвеер) – 37%; Иш сифатини оширувчи жиҳозлар (кўтаргич, диагностика жиҳозлари, домкратлар) – 16%; Ишчиларнинг иштирокисиз бажариб бўлмайдиган жиҳозлар – (махсус асбоблар (калит), компрессор, ванналар, токар-жилвирлаш станоклари ва бошқалар) – 34%; Кўп тоифали жиҳозлар – (ювиш қурилмалари, диагностика стендлари ва бошқалар) – 13%. NAZORAT SAVOLLARI 1 Fanning asosiy maqsadi nim? 2 Fanning yechadigan asosiy masalari nimadan iborat? 3 Texnologik jihozlarning ahamiyati nimada?
|
| |