• 4. Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish muammosi.
  • Beshinchi mashg’ulot mavzu: Kasbiy motiv va motivasiya, mehnat faoliyati motivlari




    Download 53.2 Kb.
    bet5/6
    Sana17.04.2023
    Hajmi53.2 Kb.
    #51989
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    5-seminar KP
    biologiya-fanidan-5-9-sinf-testlar-1, 25-may senariy, 1-Маъруза, 2) 2021-22-ДАСТУР-ИПИ ва ИТИ, ИС, 479668, ehtimollar maruza1, D Xusanov mustakil ishi Davlat soliq xizmati organlarida amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari, 1690796889737, anketa, C# asoslari, FOTOELEKTRON EMISSIYA VA UNING QO`LLANISHI, Abduqaxxorov. F, @XHUZB Юрт бўйнидаги қилич ёки истило, Konspekt. Konspekt turlari, xos xususiyatlari Vaqt 2 soat-fayllar.org
    Motivlarning turlari.Turli kasb egalari faoliyati motivlarini o‘rganishda motivlar xarakterini bilish va ularni o‘zgartirish muammosi ahamiyatga ega. Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalaridamuvaffaqiyatga erishish motivibo‘lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D. Maklelland, D.Atkinson va nemis olimi X.Xekxauzenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, odamda turli ishlarni baajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish motivi hamdamuvaffaqiyatlardan qochish motivi. Odamlar ham u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga mo‘ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa ham yutuqqa erishish ular uchun oliy maqsad bo‘ladi. Ular hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu yo‘lda ular nafaqat o‘z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlar –tanish-bilishlar, mablag’ kabi omillardan ham foydalanadilar.
    Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va o‘z-o‘ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi harakter xususiyatlarini ham belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bo‘lishini biror mas‘uliyatli ish oldidan o‘zimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan baholasak bo‘ladi. Masalan, ma’suliyatli imtihon topshirish jarayonini olaylik.Ba’zi talabalar imtihon oldidan juda qayg’uradilar.ham. Ular uchun imtihon topshirish juda kata tashvishday. Boshqalar esa bu jarayonni bosiqlik bilan boshdan kechirib, ichidan hayajonlanayotgan bo‘lsalar ham, buni boshqalarga bildirmaydilar. Yana uchinchi toifa kishilari umuman beg’am bo‘lib, sira koyimaydilar.
    4. Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish muammosi.Yuqorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni hatti-harakatlarimizning sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Yuqorida keltirilgan barcha misollarda va holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki mag’lubiyatga uchraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy xulqimizning sabablari bizga ayon bo‘lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy xulq motivlari avvalgi ma’ruzada ta’kidlanganidek, ijtimoiy ustanovka (inglizcha «attitud») hodisasi orqali tushuntiriladi.
    Demak, ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy ob‘ektlar, hodisalar, guruhlar va shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik xolatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon shakllanganligini aniq anglamaydi. Masalan, Vatanimizning hammamiz sevamiz, bayrog’imiz muqaddas, nemis investorlarga ishonamiz, negrlarga rahmimiz keladi, tijorat ishlari bilan shugullanadiganlarning albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va hokazo. Bu tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda o‘rnashib qolganligiga e‘tibor bermasdan yuqorida sanab o‘tgan hissiyotlarni boshdan kechiraveramiz. Mana shularning barcha ijtimoiy ustanovkalar bo‘lib, ularning mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi, va uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlar ro‘yobga chiqadi. Demak, motiv- har qanday harakatlarimiz va faoliyatimizning sababi (undov), sharti bo‘lsa, ustanovka – ana shu harakat yoki faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan insondagi ichki psixologik holatdir.
    Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning komponentli tizimini ishlab chiqqan:
    A. Kognitiv komponent – ustanovka ob‘ektiga aloqador bilimlar, g’oyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui;
    B. Affektiv komponent – ustanovka ob‘ektiga nisbatan su‘ekt his qiladigan real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar);
    V. Harakat komponenti – sub‘ektning ob‘ektga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan harakatlar majmui (xulkda namoyon bo‘lish).
    Bu uchala komponentlar o‘zaro bir-birlari bilan bog’liq bo‘lib, vaziyatga qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo‘lishi mumkin. Shuni aytish lozimki, komponentlararo monandlik bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va tartib-intizom bilan juda yaxshi tanish bo‘lsalarda, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish», «jamoatchilik joylarida tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat-komponentlarida uyg’unlik yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu bir qarashda so‘z va ish birligi printsipining turli Shaxslarda turlicha namoyon bo‘lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o‘rganib qoladi va ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanktsiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo‘lmasligiga yoshlarni o‘rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.


    Download 53.2 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 53.2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Beshinchi mashg’ulot mavzu: Kasbiy motiv va motivasiya, mehnat faoliyati motivlari

    Download 53.2 Kb.