|
Xalqaro elektraloqa ittifoqi ekspertlari kiberxavfsizlik darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingi
|
bet | 9/10 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,01 Mb. | | #251303 |
Bog'liq 1-ma\'ruza (3) (2)Xalqaro elektraloqa ittifoqi ekspertlari kiberxavfsizlik darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingi Kiberxavfsizlik darajasi bo‘yicha xalqaro mamlakatlar reytingi «Comparitech» har yili Global Cybersecurity Index metodologiyasi asosida «eng kiberxavfsiz» davlatni aniqlash yuzasidan mustaqil tadqiqot o‘tkazib, davlatlar reytingini e’lon qiladi. 2021-yilda kompaniya tomonidan 75 ta davlatning kiberxavfsizlik darajasi tahlil qilindi va har bir davlat umumiy baholashda teng imkoniyatga ega quyidagi 15 ta mezon asosida baholandi: - zararli dasturlar bilan zararlangan mobil telefonlar foizi;
- mobil bank tovlamachi-dasturlar hujumiga uchragan foydalanuvchilar foizi;
- foydalanuvchining o‘z qurilmasiga kirishini bloklash uchun mo‘ljallangan mobil tovlamachi-troyan dasturlar hujumiga uchragan foydalanuvchilar foizi;
- mobil bo‘lmagan bank tovlamachi-dasturlari tomonidan hujumga uchragan foydalanuvchilar foizi;
- maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash va to‘lovni to‘lamagunga qadar foydalanuvchining o‘z kompyuteriga kirishini bloklash uchun mo‘ljallangan mobil bo‘lmagan zararli tovlamachi-troyan dasturlar hujumiga uchragan foydalanuvchilar foizi;
- internet orqali zararli dastur bilan zararlangan kompyuterlar foizi;
- kamida bitta mahalliy zararli dastur hujumidan zarar ko‘rgan kompyuterlar foizi;
- veb-manbalar orqali hujumga uchragan mobil foydalanuvchilar foizi;
- Telnet hujumlarining kelib chiqqan mamlakat bo‘yicha ulushi;
- kriptomaynerlar tomonidan hujumga uchragan foydalanuvchilar foizi;
- kelib chiqqan mamlakat bo‘yicha SSH hujumi ulushi;
- yuboruvchi mamlakatlardan kelgan spam xatlar foizi;
- zararli pochta jo‘natmalari nishonga olingan mamlakatlar ulushi;
- Fishing[4] urinishlari bilan hujumga uchragan kompyuterlar ulushi;
- «Xalqaro elektraloqa ittifoqi» Global kiberxavfsizlik indeksiga ko‘ra kiberhujumlarga eng yaxshi tayyorlangan davlatlar.
|
| |