|
Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchiliklarga javobgarliklar
|
bet | 6/10 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,01 Mb. | | #251303 |
Bog'liq 1-ma\'ruza (3) (2)Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchiliklarga javobgarliklar O’zbekiston Respublikasi jinoyat Kodeksining 6 bo’lim, 20 bobi axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchiliklarga bag’ishlangan bo’lib, unda quyidagi masalalar ko’rib chiqilgan: - 2781-modda. Axborotlashtirish qoidalarini buzish
- 2782-modda. Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
- 2783-modda. Kompyuter tizimidan, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlash yoxud o‘tkazish va tarqatish
- 2784-modda. Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish
- 2785-modda. Kompyuter sabotaji
- 2786-modda. Zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish
- 2787-modda. Telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
Respublikada kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi xavf va muammolar: - Davlat organlari va aloqa operatorlari o‘rtasida kiberhujumlarni kuzatish ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik tizimi mavjud emasligi;
- Davlat axborot kommunikatsiya infratuzilmasi obektlari identifikatsiya qilinmagan va tasdiqlanmagan holda qolgani, bu O‘zbekiston uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin;
- Muhim axborot infratuzilmasi obektlarida axborot tizimlari va resurslarining xavfsizlik tizimlarining baholash usullari mavjud emasligi kabilar shular jumlasidandir.
«Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonun Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 25 fevral kuni qabul qilingan, Senatda 17 mart kuni ma’qullagan. 40 ta moddadan iborat mazkur qonun rasman e’lon qilinganidan 3 oy o‘tib, 2022 yil 17 iyuldan qonuniy kuchga kirdi. Qonun hujjatiga ko‘ra, O‘zbekistonda kiberxavfsizlik sohasidagi yagona davlat siyosatini PREZIDENT belgilaydi (10-modda), Davlat xavfsizlik xizmati(DXX) esa kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
|
| |