• Risk
  • Ta’sir
  • RISK VA UNING TURLARI
  • RISK VA UNGA ALOQADOR TERMINLAR




    Download 4,01 Mb.
    bet3/10
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,01 Mb.
    #251303
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    1-ma\'ruza (3) (2)

    RISK VA UNGA ALOQADOR TERMINLAR

    Risk – potensial foyda yoki zarar bo‘lib, umumiy holda har qanday vaziyatga biror bir hodisani yuzaga kelish ehtimoli qo‘shilsa, unda risk paydo bo‘ladi.

    Kiberxavfsizlikda yoki axborot xavfsizligida risklar salbiy ko‘rinishda qaraladi.

    Risk – bu noaniqlikning maqsadlarga ta’siri.

    Maqsad – u yoki bu faoliyat jarayonida nimaga erishishni xoxlashimiz hisoblanadi.

    Noaniqlik – hodisaga, uning oqibatlari yoki uning ehtimolini bilishga aloqador axborotni yoki bilimlarni etishmasligi yoki qisman yetishmasligi holati.

    Ta’sir – kutilgan yoki xoxlagan hodisani salbiy yoki ijobiy tomonga og‘ishi.

    Aktiv – tashkilot uchun qadrli bo‘lgan ixtiyoriy narsa bo‘lib, axborot xavfsizligiga bog‘liq holda aktiv sifatida tashkilotning muhim axborotini keltirish mumkin.

    Tahdid – tizim yoki tashkilotga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan istalmagan hodisa.

    Zaiflik – bu bir yoki bir nechta tahdidga sabab bo‘luvchi tashkilot aktivi yoki boshqaruv tizimidagi kamchilik hisoblanadi.

    RISK VA UNING TURLARI

    • Risklar har xil shakllarda bo'lishi mumkin. Quyida asosiy toifalar ro'yxati keltirilgan:
      • Jismoniy. Yong'in, toshqin, vandalizm, elektr energiyasining etishmasligi, tabiiy ofatlar.
      • Inson omili asosida. Kompaniya faoliyatini buzishi mumkin bo'lgan tasodifiy yoki qasddan qilingan harakatlar yoki harakatsizliklar.
      • Texnik sabablarga ko’ra. Ishlamaydigan tizimlar yoki tashqi qurilmalar.
      • Ichki va tashqi hujumlar. Hacking, creaking va turli hujumlar.
      • Ma'lumotlardan noto'g'ri foydalanish. Kompaniyaning maxfiy ma'lumotlari, firibgarlik, josuslik, o'g'irlik bilan birgalikda foydalanishni ta'minlash.
      • Ma'lumotlarni yo'qotish. Axborotni qasddan yoki bilmasdan yo'q qilish.
      • Dastur(ilova)dagi xatolar. Hisoblashdagi xatolar, ma'lumot kiritishda xatolar.

    Download 4,01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 4,01 Mb.