|
6-variant JavoblarBog'liq 6 -variant
6-variant
Javoblar
1.
Elektron pochta xizmati?
Elektron pochta – kompyuter tarmoqlari bo‘ylab elektron xatlar bilan
almashish (qabul qilish va yuborish) imkonini beruvchi texnologiyadir.
Elektron pochta tuzilishi va ishlash prinsipi jihati tomonidan oddiy (qog‘ozli)
pochta tizimiga o‘xshab ketadi. Undagi terminlar (xat, konvert, banderol
(«посылка»), pochta quti, etkazib berish), unga xos bo‘lgan jihatlar –
qulayliklar, xabarlarni jo‘natishdagi kechikishlar, yetarli darajadagi
ishonchlilik va shu bilan birga etkazib berishning kafolatlanmasligi kabi
xususiyatlar elektron pochtaga ham xos.
Birinchi elektron pochta 1965 yilda Massachutes texnologiya instituti
xodimlari Noel Morris va Tom Van Vlyek tomonidan yaratilgan. Elektron
pochta (ingliz tilida E-mail, yani “electronic mail”) – xat jo’natish bo’yicha
texnologiya va xizmat hisoblanadi. Elektron pochta orqali xatlar va kerakli
bo’lgan ma’lumotlarni o’qish uchun va kerakli bo’lgan fayllarni jo’natish
uchun ishlatish mumkin.
Hozir internetni deyarli hamma foydalanuvchilarida elektron pochta
mavjud va elektron pochtaning shakli quyidagicha: isim@xizmatchi.domen
Isim – ushbu bo’limga Siz xohlagan isimni yoki so’zni kiritshingiz mumkin.
Masalan : laqabingiz, yaxshi ko’rgan qizingizni/yigitingizni ismi bilan
o’zingizni ismingiz yoki ismingiz bilan tug’ilgan yilingiz. @ – elektron
pochtaning belgisi.
Xizmatchi – elektron pochta servisini taqdim etadigan xizmatchi.
Masalan: Mail, Gmail, Яндекс Почта va boshqalar. Domen – elektron pochta
servisini taqdim etuvchi xizmatchining domeni (manzili). Elektron pochtaning
|
| |