Bilet №20 Elektromagnit nurlanishning energiyasi shkalasi




Download 0,58 Mb.
bet5/6
Sana22.05.2024
Hajmi0,58 Mb.
#249928
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
20-Bilet

Geysler qotishmalari deyiladi. Ferromagnit materiallarning tashqi magnit maydonisiz o‘zining magnitlangan holatda bo‘lishi ulardagi atomlarning xususiy magnit momentlarining yo‘nalishlari (oriyentatsiyasi) bir-birla- riga nisbatan tartibsiz emas, balki o‘zaro parrallel yo‘nalishlarda tartiblangan holatda bo‘ladi deb xulosa qilishga olib keladi. Hozirgina sanab o‘tgan to‘qqizta elementlardan uchta birinchisi to‘lmagan 3d elek- tron qobiqlarga ega, oxirgi oltitasining esa 4f elektron qobiqlari to‘lma- gan. Ferromagnetizm elektronlarning orbital magnit momentlari bilan emas (ularning magnit xossalariga ta’siri juda ham oz), balki ularning spinlarining magnit momentlari tufayli hosil bo‘lishligi isbot etilgan. Bunday faraz Eynshteyn va de Gaaz tajribalarida tasdig‘ini topdi. 8.10- rasmda ushbu tajribaning sxemasi keltirilgan. Ular magnit momenti o‘z- garganda ferromagnit namunani aylanishini, ya’ni mexanik moment pay- do bo‘lishini kuzatdilar. Jism magnitlanganda mexanik moment hosil bo‘lish hodisasi magnitomexanik effekt nomini olgan. Bu effekt magnit g‘altak (3) dagi I tokni o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu tok o‘zgarganda temir o‘zak (4) aylanadi va ko‘zgu (2) o‘rnatilgan ingichka kvars tola (1) ni aylantiradi. S manbadan chiqqan yorug‘lik nuri ko‘zgu
(2) ga tushib, ipning aylanishiga monand holda turli burchaklar ostida

8.10-rasm. Eynshteyn va de Gaaza tajribasi.


Paramagnit moddalarda elektron paramagnit rezonansi (EPR) va yadroviy paramagnit rezonansi (YaMR) kuzatiladi. Biz 7.1-paragrafda ko‘rib o‘tgan edikki, atomlardagi elektronlar aynigan holatlarda bo‘ladi (7.1-rasm), ya’ni bosh kvant soni n ning biror qiymatiga to‘g‘ri kela- digan En energiyasining birgina qiymatiga orbital l va ml magnit kvant sonlarining bir nechta qiymati to‘g‘ri keladi. Paramagnit modda magnit maydoniga joylashtirilganda bir xil potensial energiyaga, lekin turli kvant sonlariga ega bo‘lgan elektronlarning magnit maydoni bilan ta’sir- lashish natijalari har xil bo‘lib, elektronlarning aynigan holatlari barham topadi. Bunda magnit maydonisiz elektronning bir nechta magnit kvant soniga mos keluvchi birgina energiya sathi tashqi magnit maydonida elektronning turli magnit kvant soniga to‘g‘ri keluvchi bir nechta ener- giyaviy sathchalarga ajraladi. Atomning noldan farqli bo‘lgan muayyan J natijaviy harakat miqdorining momentiga (ya’ni elektronlar orbital hara- kat miqdorlari momentlari bilan xususiy (spin) momentlarining bektor yig‘indisiga) to‘g‘ri keluvchi sath ml magnit kvant soni turlicha bo‘lgan (2J +1) ta (aynigan holatlar soniga teng bo‘lgan) sathchalarga ajraladi. Bu hodisaga
Download 0,58 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bilet №20 Elektromagnit nurlanishning energiyasi shkalasi

Download 0,58 Mb.