|
Kondensatsiyalangan moddalarni o’rganishning magnit va magnit-optik usullari
|
bet | 4/6 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #249928 |
Bog'liq 20-BiletKondensatsiyalangan moddalarni o’rganishning magnit va magnit-optik usullari
Magnitooptika, magnetooptika — magnit maydoni taʼsirida muhitning optik xossalari oʻzgarishini oʻrganadigan fizika boʻlimi. Magnit maydonidan yorugʻlik oʻtkazilganida qutblanish tekisligining aylanishi (Faradey effekti), spektr chiziqlarning qoʻshimcha chiziqlarga ajralishi (Zeyeman effekti) kabi hodisalar roʻy beradi. M.da magnit maydoniga tik va shu maydon yoʻnalishidagi yorugʻlik jismga tushganida har xil yutilishi, magnit maydoni taʼsirida muhitning optik anizotropiyayen kuzatiladi. Muhit sirtidan yorugʻlik qaytganida optik anizotropiya ham roʻy beradi.
M. 20-asr 60 — 70-yillarida jadal rivojlandi: yarimoʻtkazgichlar, ferrit va antiferromagnetik singari kristallarning xossalari yaxshi oʻrganildi. Bunday materiallardan yorugʻlik qaytganida yoki yutilganida (kuchli magnit maydonida) yangi spektral seriyalar — Landau spektrlari paydo boʻlar ekan. Bu spektrlarning ajralishi elektronning xususiy spini bilan bogʻliq. M.da Zeyeman effekti ham oʻrganiladi. Shaffof ferrit va antiferromagnetiklar, diamagnetik va paramagnetiklarga Karaganda asosiy rolni bu muhitlarning ichki magnit maydonlari oʻynaydi (bunday maydonlarning kuchlanganligi 105 — 106 E gacha yetadi), bunday materiallar juda tez (kuchli) magnitlanish xususiyatiga ega boʻladi (Kerr effekti). Shu sababli, shaffof ferrit va antiferromagnetiklar lazer nurlarini boshqarishda, elektron-hisoblash mashinalarida va boshqalarda ishlatiladi. M. usullari jismlarning kvant holatlarini, fizikkimyoviy tuzilishini tekshirish, taxlil qilish va boshqa sohalarda juda koʻp ishlatiladi.
Ferromagnetik moddalar tashqi magnit maydonisiz ham kuchli ichki magnit momentiga, binobarin, ichki magnit maydoniga ega bo‘ladi. Ferromagnit moddalarning magnit xossalarining namoyon bo‘lish hodi- sasiga ferromagnetizm deyiladi. Ferromagnetizm so‘zi lotincha Ferrum- temir so‘zidan olingan. Bunga sabab magnit xossalarning kuchli namo- yon bo‘lishi dastlab temir va temir rudalarida kuzatilgan. Faqat quyidagi to‘qqizta ximiyaviy elementlarning kristallari ferromagnetiklar hisobla- nadi: Temir (Fe), kobalt (Co), nikel (Ni), gadoliniy (Gd), disproziy (Dy), terbiy (Tb), golmiy (Ho), erbiy (Er), tuliy (Tm). Oxirgi beshta noyob yer elementlarining ferromagnit xossalari juda past temperaturalarda sezilarli bo‘ladi. Bu elementlardan tashqari juda ko‘p qotishma va birikmalar ham ferromagnit xossalariga ega. Bunday qotishmalar sanab o‘tgan ferromag- nit elementlarning bir-birlari bilan birikmasi yoki ularning ferromagnit bo‘lmagan moddalar bilan birikmasi ham bo‘lishi mumkin, hatto ferromagnit bo‘lmagan elementlar birikmasi ham bo‘lishi mumkin. Ferromagnit bo‘lmagan elementlarning birikmasidan tashkil topgan ferromagnetiklar birinchi marta Cu2MnSn intermetallid qotishmasining magnit xossasini kuzatgan nemis olimi F. Geysler sharafiga
|
| |