Bilim sohasi: 100000- gumanitar fanlar Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900- pedagogika va psixologiya




Download 0,66 Mb.
bet19/81
Sana02.06.2024
Hajmi0,66 Mb.
#259249
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   81
Bog'liq
portal.guldu.uz-R I V O J L A N I S H P S I X O L O G IY A S I V A P E D A G O G I K - P S I X O L O G I Y A

Nazorat savollari:
4.1. Psixikrivojlanish omillari muammolarini izohlang.


2-savol bo’yicha o’quv maqsadi: Rivojlantirishpsixologiyafaniningpredmetito’g’risida tushuncha shakllantirish.
2- savolbayoni
Bugungi kunda rivojlanish psixologiyasi fanining oldida bir qancha muhim nazariy va amaliy vazifalari turadi. Bolalar psixologiyasining nazariy vazifalari uning nazariy muammolarini echishga qaratilgan. Jumladan, uning nazariy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  1. Turli yoshdagi bolalarga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni, ya’ni bolalarning idrokiga, sezgi – tuyg‘ulariga, diqqatiga va xotirasiga, nutqi va tafakkuriga, xayoliga, irodasiga xos xususiyatlarni o‘rganish;

  2. I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limoti asosida turli yoshdagi bolalar psixik prosesslari hususiyatlariniingnerv– fiziologik asoslarni o‘rganish;

  3. Bolaning psixik taraqqiyotiga faol ta’sir kiluvchi omillarni aniqlab berish;

  4. Turli yoshdagi bolalarningrivojlanishiga xos bo‘lgan qonuniyatlarni o‘rganish;

  5. Bola shaxsi va shaxsiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rganish;

  6. Bolani maktab ta’limiga tayyorlash;

  7. Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bolaningaqliy jarayonlarini faollashtirish;

  8. Ta’lim jarayonida bolaning mustaqil, ijodiy, faol tafakkurini shakllantirish;

  9. Ta’lim – tarbiya jarayonida bolaningmaxsus qobiliyatlarini shakllantirish;

10.Ta’lim – tarbiya ishlarini psixologik mazmunini ochib berishdan iboratdir. Uning amaliy vazifalarigaturli yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti xususiyatlariga doir bilimlarni tarbiyachilir, o‘qituvchilar, ota – onalar ya’ni jamoatchilar o‘rtasida keng yoyishdan iborat. Bolalar psixologiyasining amaliy vazifasi - keng jamoatchilik bola ruhiy taraqqiyotiga, yoshlik xususiyatlari orasidagi farqlar va ulargaindividual munosabatda bo‘lish yo‘llariga doir, ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir psixologik bilimlardan bahramand bo‘lmoqlarini ta’minlashdan iborat. Jamoatchilikni psixologik bilimlardan xabardor qilish, ro‘znoma va oynomalarga maqolalar yozish,radio va teleko‘rsatuvlarda turli eshittirishlar tashkil qilish,ota–onalar bilan suhbatlashish, mahallalarda bola tarbiyasi haqida ma’ruza, suhbat va bahslar uyushtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu vazifalarni amalga oshirish komil insonni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Bola psixikasini o‘rganishda tadqiqotchi bir qator prinsplar – qoidalarga tayanishi, ularga rioya etishi lozim bo‘ladi.
Bu qoidalar quyidagilardan iborat;
1). Ob’ektivlik prinsipi – bu tadqiqotchidan ma’lumotlar bilan ularning talqinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. Masalan: mashg‘ulot davomida “ bola oynadan tashqariga qarayotgan edi” – deb aytilsa, bu muayyan hodisa haqidagi ma’lumot bo‘lib hisoblanadi. Lekin, “bola e’tiborsiz” – deb aytish hodisaning talqinidir. Hodisaning o‘zi bilan uning talqinini aralashtirib yubormaslik kerak chunki yuqoridagi misolda ham bola oynaga qarab turgan bo‘lsada, tarbiyachining so‘zlariga katta e’tibor berayotgan bo‘lishi mumkin.
2). Sababiylik prinsipi – bu bola shaxsi va ongida yangi sifatlarning hosil bo‘lishini ta’minlovchi barcha shart – sharoit va omillarni imkon qadar o‘rganishni talb qiladi. Masalan: mashg‘ulot davomida bola tez – tez oyna tarafga qaragan bo‘lsa, bu hodisaning iloji boricha sababini aniqlash kerak: ko‘chadagi biror narsa bola e’tiborini o‘ziga tortdimi? Mashg‘ulotda bola charchab qoldimi? O‘tilayotgan material bolaga yaxshi tanishmi? va h.k;
3). Sinchkovlik va muntazamlik prinsipi – bu bola psixikasini shakllanishi jarayoni, bunda psixolog va pedogoglar ta’siri sinchkovlik bilan kuzatib borishni talab qiladi.
Ushbu prinsiplarga muvofiq oldindan;
a) tadqiqot joyi va qilaladigan ish mazmuni aniqlanishi kerak:
b) tadqiqotda o‘rganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi tuzilishi lozim:
s) tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oralig‘ida o‘tkazilishini belgilash zarur. Ushbu bandlar belgilangach, ulardan chetga chiqmaslik kerak, ya’ni qandaydir sub’ektiv sabablar bilan shoshilinch xulosalar chiqarmaslik, tadiqotni bevaqt tugatish hollariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Aks holda ob’ektivlik prinsipi buzilgan bo‘ladi.
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy metodlaridan biri kuzatish metodidir. Kuzatish metodi 2 ga bo‘linadi:
1) ob’ektiv ; 2) sub’ektiv kuzatish metodi.
Bolalar psixologiyasida sub’ektiv, ya’ni o‘z–o‘zini kuzatishdan foydalanilmaydi. Bolalar psixologiyasining asosiy metodlaridan biri sub’ektiv, ya’ni bolalarni tashqaridan kuzatib o‘rganish metodidir. Ob’ektiv kuzatish metodi har doim ma’lum maksadga qaratilgan bo‘lib, uning yordamida kishilarning turli psixik protsesslari hamda shaxsiy psixologik xususiyatlari o‘rganiladi. Bunda tarbiyachi va tekshiruvchi psixolog bolalarning xulq – atvorlari va xatti harakatlarini ularning turli – tuman faoliyatlarida tabiiy sharoitda mavzuli tarzda kuzatadi. Ob’ektiv kuzatish metodi quyidagi koidalarga asoslanib tashkil qilinishi kerak: 1) Har kanday kuzatishning aniq maksadi, rejasi bo‘lishi kerak. Masalan: bolalar diqqatining barqarorligini yoki tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan analiz qila olish qobiliyatini kuzatish. 2) Bola shaxsining yaxlitligi prinsipiga asoslanib, ya’ni analitik – sintetik nuqtai nazardan kuzatish. 3) Bolani jamoada va jamoa a’zosi sifatida o‘rganish; 4) Kuzatish tabiiy sharoitda olib borilar ekan, bolalar o‘zlarining kuzatilayotilganlarini mutlaqo bilmasliklari kerak. 5)Kuzatishdan yaxshi natijalar olish uchun, ularni turli sharoitlarda (shaxsning xislatlarini turli xilda namoyon bo‘lishni nazarda tutib) sistemali tarzda kun sayin o‘rganish kerak.
Kuzatish metodidan foydalanilganda bolalar turli uyin faoliyatlari, didaktik mashg‘ulotlar, mehnat faoliyatlarida xilma–xil psixik– protsesslarning va individual xususiyatning namoyon bo‘lishini o‘rganish mumkin.
Kuzatish metodi uzluksiz yoki faoliyatni tanlab vaqti – vaqti bilan o‘tkazilishi mumkin. Bolalarni uzluksiz kuzatish metodi bilan o‘rganilganda ularning barcha fe’l – atvorlari va xatti – harakatlari kundalik faoliyatlari davomida kompleks xolda o‘rganiladi. Uzluksiz kuzatish bir necha kun yoki bir necha oy davom etgandan so‘ng to‘plangan ma’lumotlar analiz qilinib, bolaga psixologik xarakteristika tuziladi, vaqti – vaqti bilan tanlab kuzatilganda bolaning barcha xulq – atvori va hatti – harakatlari emas, balki faqat ma’lum hatti – harakatlari (diqqati yoki xotirasi) bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlari o‘rganiladi.
Bolalar psixologiyasida kuzatish metodining alohida turli bolalar taraqqiyotini sermazmun qirralarini kuzatish va unda olingan dalillarni kundaliklarga yozib borish o‘rganishdan iboratdir. Bola taraqqiyoti haqidagi birinchi kundalik XIX asrning ikkinchi yarmida Ch.Darvin tomonidan nashr etilgan. Undan so‘ng I.Mado’ginakote, N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinalar bolalar psixik taraqqiyoti yuzasidan sistemali tarzda olib borgan o‘z kundaliklarini nashr etganlar.
Bolalar psixologiyasida keng qo‘llaniladigan yana bir asosiy metod – eksperiment metodidir. Eksperiment metodi kuzatish metodiga nisbatan aktiv metod xisoblanadi. Eksperiment metodida u yoki bu psixik protsessni kachon yuzaga kelishini kutib o‘tirmay, bu protsessni eksperimentatorning o‘zi yuzaga keltiradi. Shuningdek o‘rganilayotgan psixik protsessni bolalarda bir necha marta takrorlab o‘rganish mumkin, yana kulay tomoni shundaki, bu metod kuzatish metodi singani ko‘p vaqt talab qilmaydi. Eksperiment metodi 3 ga bo‘linadi: 1) laboratoriya eksperimenti, 2) tabiiy eksperiment. 3) pedagogik- psixologik eksprement metodi. Laboratoriya eksperimenti maxsus tashkil kilingan laboratoriyalarda turli asboblar yordami bilan o‘tiladi. Tabiiy eksperimentda biror psixik protsess o‘rganilayotganda maxsus sharoit yuzaga keltiriladi. Bolalar psixologiyasida eksperimentning har ikkala turidan keng foydalaniladi. Biroq bu metodlardan bolalar psixiologiyasida foydalanishning o‘ziga xos tomoni shundaki, bog‘cha yoshidagi bolalar laboratoriya sharoitida o‘tkaziladigan eksperimentlar bilan tabiiy sharoitda o‘tkaziladigan eksperimentlarning farqiga bormaydilar.
Har ikkila holda ham, tajribalar vazifa tarzida emas, balki o‘yin tarzida o‘tkazilsa yaxshi natija beradi. Eksperiment metodidan guruhlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar paytida keng foydalanish mumkin. Masalan: turli yoshdagi bog‘cha bolalar bilan o‘tkaziladigan didaktik mashg‘ulotlarda tabiiy eksperiment metodini qo‘llash mumkin. Bunda bolalarga xar xil hayvonlar, parrandalar, mevalar, sabzavotlar tasvirlangan rasmli kartochkalarni aralash xolda berib, ularni guruhlarga ajratish topshiriladi. Bolalar bu narsalarni qanday belgilariga qarab guruhlarga ajratishlarida ularning umumlashtirish xususiyatlarini o‘rganish mumkin. Odatda, guruh sharoitida o‘tkaziladigan bunday eksperimentni tabiiy eksperiment deb yuritiladi. Bolalar psixologiyasida tarkib toptiruvchi eksperiment metodidan ham foydalaniladi.
Bunda bolalarning u yoki bu xususiyati (psixologik xususiyati) tarkib toptiriladi va mustahkamlanadi. Masalan: bog‘cha yoshidagi bolalar ayni bir vaqtning o‘zida butunni va uning tarkibiy qismlarini to‘la idrok qila olmaydilar. Ular o‘z diqqatlarini yoki bir butun narsaning o‘ziga yoki uning bo‘laklariga qarata olmaydilar.
Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali bolalarni bir butun narsani uning qismlari bilan bir paytda idrok qilishga o‘rgatiladi. Buning uchun bolalarga bir butun narsaning obrazini yarata olish mashqqildiriladi. (turli geometrik figuralar – doira, kvadrat, kub, foydalaniladi)
Pedagogik eksperiment orqali biron ta’lim – tarbiya metodining effektivligi aniqlanadi. Masalan: Biron tadqiqotchi bolalarni son – sanoqqa o‘rgatishning kandaydir yangicha metodini ishlab chiqqan bo‘lsa, uni pedagogik eksperiment metodi orqali sinab ko‘radi. Buning uchun oldindan bog‘cha ma’muriyati bilan kelishib 1 ta eksperimental va 1 ta nazorat guruhini belgilab oladi. Shundan so‘ng tadkikotchi eksperimental guruhda yangicha metod bilan elementar mavhum tasavvurlarni o‘stirish mashg‘ulotini o‘tkazadi. Nazorat guruhida esa bu mashg‘ulotlar odatdagi eskicha metod bilan davom ettirilaveradi. 1-2 oydan so‘ng har ikkala guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishlari taqqsolab ko‘riladi. Agarda eksperimental guruh bolalar yangicha metod bilan o‘zlashtirishlari nazorat guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishlaridan anchagina samarali bo‘lib chiqsa, bu metod boshqa hamma bog‘chalarga ham tarqatiladi. Bordi-yu, agar natija nazorat guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishlaridan yomon, ya’ni past bo‘lib chiqsa, yangicha metod bilan mashg‘ulot o‘tish darhol to‘xtatiladi.
Bolalar psixologida asosiy metodlardan tashqari yordamchi metodlardan ham keng foydalaniladi. Bolalar psixiologiyaning yordamchi metodlaridan – faoliyat mahsulotlarini o‘rganish metodidir. Bolalar ham xuddi katta odamlar singari doim ma’lum faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Faoliyatlari jarayonida turli narsalarni, mahsulotlarni yuzaga keltiradilar. Ana shu narsalarda, mahsulotlarda bolalarning psixik protsesslari va psixologik xususiyatlari o‘z aksini topadi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning faoliyatlari – uyin, rasm chizish, plastilin yoki loydan biron narsa yasash, applikatsiya, qurish –yasash kabilardan iboratdir. Ana shu faoliyatlarining natijasiga qarab bolalarning mayl va istaklari, ehtiyoj va qiziqishlari, qobiliyat va layoqatlarini o‘rganish mumkin. Masalan: bolalarning chizgan rasmlarida ular idrokining xususiyatlari va atrofdagi narsa va hodisalar haqidagi tasavvurlarini ko‘rish mumkin. Shu sababli bu metoddan bolalar psixologiyasida keng foydalaniladi.
Bolalar psixologiyasi so‘rash – suhbat metodidan keng foydalaniladi. Bu metodni 5-6 yoshli bolalarga nisbatan qo‘llash mumkin. Bunda bolalarga turli mavzularga doir savollar beriladi va ulardan og‘zaki suhbatning mavzui va suhbat paytida bolalarga beriladigan savollar oldindan yaxshilab uylab olinadi. Suhbat jarayonida javoblarni yozib olib, keyinchalik javoblarni taxlil qilish mumkin. Suhbat metodini o‘tkazishda quyidagilarga rioya qilish talab etiladi:

  1. Suhbatning mavzusi va mazmuni bolalarning taraqqiyot darajalariga va yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak.

  2. Savollar rejali va maksad asosida tuzilishi kerak.

  3. Suhbat paytida «ha» yoki «yo‘q» demay, tuliq javob olish kerak.

  4. Suhbatni haddan tashqari cho‘zib yubormaslik kerak.

Suhbat orqali bolalarning bilishlari, narsa va hodisalar haqida tasavvurlari, qiziqishlari va odamlar bilan bo‘lgan munosabatlarni o‘rganish mumkin.
Bolalar psixologiyasida so‘nggi yillarda test metodi qo‘llanila boshlandi. Test so‘zi inglizcha bo‘lib, o‘lchash degan ma’noni bildiradi. Test metodi orqali bolalarning umumiy aqliy taraqqiyot darajalari va ayrim psixik protsesslarining (tafakkur, xayol, xotira) qanchalik rivojlanganlik darajasi aniqlab taqqoslanadi. Test metodi yordami bilan bolalarning o‘z yoshlariga nisbatan normal taraqqiy etganliklari yoki orqada qolganliklarini ham aniqlash mumkin. Qo‘llaniladigan testlar orasida intellektual testlar deb (ataladigan) testlar katta ahamiyatga ega. Intellektual testlar – bolalarning umumiy aqliy taraqqiyot darajalari aniqlanadi.
Test vazifalari bolalarning uyin faoliyatlari bilan bog‘lansa, bolalar bunday vazifalarni bajonu dil bajaradilar. Masalan: biron butun narsaning mayda bo‘laklarga ajratib tashlangan qismlarini birlashtirish, mayda bo‘lakchalardan murakkab va chiroyli annimatsiyalar yasay olish, turli labirintli suratlardan tug‘ri yulni topa bilish vazifalaridan foydalanish mumkin.
Masalan: test metodida bolalarga topshirilidigan vazifalar bir necha variantda bo‘lib, ular kuchlari yetgan variantlardagi vazifalarni bajaradilar. Xar bir bajarilgan vazifaga ball sismasida baho quyib boriladi. Vazifalardan qanchasini bajarganligi va tuplagan baliga qarab, bolalarning o‘rtacha taraqqiyot darajasi belgilanadi, aniqlanadi.
Bolalar psixologiyasida so‘nggi yillarda sotsiometriya metoddan foydalanila boshlandi. Sotsiometriya metod yordamida shaxslarning kollektivdagi munosabatlari masalasi o‘rganiladi. Bolalar psixologiyasida esa sotsiometriya metod yordami bilan xar bir guruhda bolalarning o‘z tengqurlari urtasida yuzaga kelayotgan o‘zaro munosabatlari va ularning guruhda tutgan mavqeilari o‘rganiladi.
Bolalar psixologiyasida tadqiqot metodlari bilan tanishish tarbiyachilar va pedagoglar uchun amaliy ahamiyatga egadir. Bu metodlardan ta’lim – tarbiya ishlarida bolalarning psixik protsesslarini taraqqiyotini bilib olish uchun, shuningdek bolalar bilan individual munosabatda bo‘lishda, ularning individual – psixologik xususiyatlarini bilib olishda keng foydalaniladi. «Agar pedagogika odamni xar jixatdan tarbiyalamokchi bo‘lsa, u oldin usha odamni xar jixatdan bilib olishi kerak» - deb yozgan edi. K.D.Ushinskiy. Shuning uchun ta’lim – tarbiyaviy ishlarni tug‘ri tashkil qilish uchun bu metodlar bilan tanish bo‘lish lozim.

Download 0,66 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   81




Download 0,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bilim sohasi: 100000- gumanitar fanlar Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900- pedagogika va psixologiya

Download 0,66 Mb.