Bilim sohasi: 100000- gumanitar fanlar Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900- pedagogika va psixologiya




Download 0,66 Mb.
bet16/81
Sana02.06.2024
Hajmi0,66 Mb.
#259249
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81
Bog'liq
portal.guldu.uz-R I V O J L A N I S H P S I X O L O G IY A S I V A P E D A G O G I K - P S I X O L O G I Y A

Filogenez – (yunoncha, phyle- kabila, genesis- kelib chikish, paydo bo‘lish)- muayyan tirik mavjudot turining yerda hayot boshlanganidan keyingi evolyusion tarakkiyot jarayoni.

Shveysariyalik psixolog E.Klapared «Bola psixologiyasi va eksperimental pedagogika» asarida qizikish, motiv, ehtiyojlarning metodologik asoslari, bolalar tafakkurining xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlari, o‘xshashlik va tafovutning bola ongida sodir etilishi to‘g‘risida mulohaza yuritadi.
Fransuz psixologi E.Dyurkgeym, ulg‘ayish - kishilarning his-tuygularni o‘zlashtirishi ekanligini, shu bois, idrok qilingan tasavvurlar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bolaning tajriba, an’ana, urf-odatlarni taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o‘rin tutishini uqtiradi.
Yana bir fransuz psixologi P.Janening fikriga ko‘ra, inson psixikasi ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq, zotan jamiyat va tabiat o‘rtasidaga turli aloqalar tizimining shakllanishi, insonning ulg‘ayishini belgilaydi. U aloqa sifatida hatti-harakatni tushunadi, bu esa kishining atrof-muhitga shaxsiy munosabatidan boshqa narsa emas, albatta. P.Janening ta’kidlashicha, eng qimmatli, ahamiyatli, ijtimoiy harakat hamkorligidagi faoliyatda o‘z ifodasini topadi, shaxslararo tashqi munosabatlar rivojlanishning muxim tamoyili hisoblanadi.
Amerikalik psixolog Dj.Bruner shaxsning tarkib topishi bilan ta’lim o‘rtasida o‘zaro aloqa mavjudligini ta’kidlab, insonning kamolot sari intilishi bilim olish samaradorligini oshirsa, o‘qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvini jadallashtiradi, deb uktiradi.
Shuningdek, J. Piaje, E.Torndayk, Dj.Uotson, F.Galgton, A.Bine, A.Anastazi, T.Simonlar ham bola psixik taraqqiyotida ta’limning mavqeini, ularning aqliy xususiyatlarini, dasturli ta’lim, ko‘nikma va malakalarning ahamiyatini, mashqlarning o‘rnini ilmiy-amaliy asoslab berishda muhim o‘rin egallaydilar. Bu ta’limotlar hozirgi kunda ham o‘zining ahamiyatini saqlab qolmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda ham yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining muhim muammolariga doir qator ilmiy-amaliy tadqiqotlar psixolog olimlar tomonidan olib borilmoqda.
Respublikamizdagi yetakchi oliygohlarning kafedra va laboratoriyalarida yosh davrlari va ta’lim tarbiyaning psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq jarayonlarni tadqiq etish yuqori malakali mutaxassislar tomonidan maxsus texnikalar bilan jihozlangan sharoitlarda ilmiy tadqiqot ishlari samarali yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur muammolarning yechimi hozirgi zamon fanining metodologik tamoyillari asosida, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarida bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning yutuqlari va g‘oyalari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan holda o‘zining munosib o‘rnini egallab bormoqda. Bu borada T.Qori-Niyoziy, S.Rajabov, P.I.Ivanov, M.Vohidov, MT.Davletshin, E.G‘oziev, R.Gaynutdinov, B.Kodirov, R.I.Sunnatova, A.Jabborov va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarini e’tirof etish mumkin. Jumladan, o‘quvchilarning texnik qobiliyatlari, o‘quv motivlari, zamonaviy maktab o‘quvchisining psixologik qiyofasi M.G.Davletshin va uning izdoshlari A.Jabborov, F.I.Haydarov, M.M.Mavlonovlar tomonidan, tafakkur va ta’limni boshqarish muammosi E.G.G‘ozievning tashabbusida, iste’dodli o‘quvchilar va kasb tanlash muammosi B;R.Qodirov rahbarligida, bolalarning aqliy faoliyat muammosi R.I.Sunnatovalar tomonidan samarali olib borilmoqda.
Fanning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonida unga ta’sir ko‘rsatib kelgan barcha nazariyalar, ilmiy va amaliy ma’lumotlar, yo‘nalishlar hozirgi kunga qadar o‘zining ahamiyatini saqlab kelmoqda va fanning istiqbolida muhim ilmiy-nazariy manba hisoblanib qolishi, tabiiydir.
O‘tgan ajdodlarimiz yosh psixologiyasining muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo‘nalishda, ma’lum konsepsiya asosida o‘rganmagan bo‘lsalar ham, allomalarning asarlarida mazkur holatlarning aks etishi, namoyon bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zgarishlari to‘g‘risida qimmatli fikrlar bildirganlar. Bular to‘rt xil manbalarda uchraydi. Ularning biri – xalq ijodiyoti; rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar; ikkinchisi – maxsus ijodkor kishilira (hatto, xukmdorlar) muayyan shaxsga bag‘ishlab yozgan o‘git-nasihat va hikoyalar, uchinchisi - qomusiy, o‘rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlari; to‘rtinchisi - turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullari, ya’ni badiiy asarlardir.
Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi ahloqiy-falsafiy mushohadalari “Ideal shahar aholisining fikrlari”, “Masalalar mohiyati”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Jism va aksidensiyalarning shakllariga qarab bo‘linishi”, “Sharhlardan”, “Xikmat ma’nolari”, “Aql ma’nolari to‘g‘risida” kabi qator asarlarida bayon etilgan. Abu Rayhon Beruniy o‘zining “o‘tmish yodgorliklari” kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma’lumotlarni keltiradi. Shu jumladan,, olim kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarning uzun-qisqaligi to‘g‘risida bildirgan mulohazalar diqqatga sazovordir. Beruniy odam uzoq vaqt yashashining sababini biologik va irsiy omillar bilan bog‘laydi. Bu jihatdan uning “Hindiston”, “Mineralogiya” asarlari, Ibn Sino bilan yozishmalari alohida ahamiyatga ega.
Ibn Sinoning 5 tomlik “Tib qonunlari” asarida organizmning tuzilishi, undagi nervlar va nerv yo‘llari, fiziologik jarayonlar bilan bog‘liq psixik jarayonlar bilan bog‘liq psixik jarayonlar haqida ancha muhim ma’lumotlar bor. Uning “Odob haqida” risolasi ham inson shaxsini shakllantirish to‘g‘risidagi jiddiy asardir.
Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig” asaridagi ma’lumotlar ham hozirgacha o‘z qimmatini yo‘qotmagan.
AQShlik psixolog Dj. Bruner (1915) shaxsning tarkib topishi bilan ta’lim o‘rtasida ikkiyoqlama aloqa mavjudligi aytib, insonning kamolot sari intilishi bilan olish samaradorligini oshirsa, o‘qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvi jarayonini tezlashtiradi, deb uqtiradi.
Shu tariqa yosh psixologiyasi fani qator rivojlanish bosqichlaridan o‘tib, bugungi darajasiga erishdi. Uning rivojlanishiga o‘rta Osiyo allomalari, rus va chet el psixologlari munosib hissalarini qo‘shdilar. Yuqorida aytilgan nazariyalar, amaliy va ilmiy ma’lumotlar, tadqiqotchilar yaratgan metodikalarning o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.

Download 0,66 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81




Download 0,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bilim sohasi: 100000- gumanitar fanlar Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900- pedagogika va psixologiya

Download 0,66 Mb.