|
Bilim sohasi: 100000- gumanitar fanlar Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900- pedagogika va psixologiya
|
bet | 15/81 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #259249 |
Bog'liq portal.guldu.uz-R I V O J L A N I S H P S I X O L O G IY A S I V A P E D A G O G I K - P S I X O L O G I Y ANazorat savollari:
1.1. Sharq allomalarining rivojlanish psixologiyasining shakllanishidagi o’rnini izohlang.
2-savolbo’yichao’quvmaqsadi: Talabalarda bolalar psixologiyasini o’rganishtarixihaqidatushunchashakllantirish.
2- savolbayoni
Yosh avlodning ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq psixologik muammolari yirik olimlar, faylasuf va yozuvchilarini ham muntazam jalb etib kelgan. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlar XVII-XVIII diniy-ahloqiy ta’limotlar zamirida yoritilgandir. Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari Shark va G‘arb madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilan bog‘liq turli asarlarda shakllanib kelgan. V.N.Tatishev, A.N.Radishev, N.I.Novikov va boshqalarning asarlaridagi dastlabki qarashlari ham psixik taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyatlari, psixik rivojlanishdagi tafovutlar bilan yo‘g‘rilgandir.
Rus tarixchisi V.N.Tatishevning «Fanlar va bilim yurtlarining foydasi to‘g‘risida suhbat» kitobida fanlarning tasnifi, bilimlarning ahamiyati, til va nutqning mavqei, yosh davrlarining xususiyatlari bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
A.N.Radishev birinchilar qatori bola psixik taraqqiyotini tabiiy-ilmiy yusinda asoslab berishga urindi. Uning «Peterburgdan Moskvaga sayoxat» kitobi bu borada pedagogik-psixologik asarlar sirasidan munosib o‘rin egallaydi. Yozuvchining fikricha,inson tashki muhit haqidagi taassurotlarini sezgilar orqali idrok etadi, shu yo‘sinda uning tafakkuri, ulg‘ayib shakllanadi.
N.I.Novikov bashariyat farovonligini ko‘zlab, yoshlar va bolalar o‘rtasida foydali bilimlarni keng targ‘ibot etish uchun ularni o‘ziga xos yo‘sinda tarbiyalamoq zarur deb aytadi. Uning asarlarida insonning kamoloti uchun tafakkur, xotira, ahloq, his-tuyg‘u va taqlidchanlik alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi.
Rossiyada yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining rivojlanish tarixida K.D.Ushinskiyning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Uning fikricha, psixologiya fanining asosiy vazifasi tarbiyaning maqsadini aniqlashga, ta’lim-tarbiya natijalarini to‘g‘ri baxolashga, shular asosida yangi metod va usullar yaratishga, pedagogik tajribani tahlil qilish va umumlashtirishda muhim o‘rin tutadi deb aytadi. K.D.Ushinskiyning «Inson tarbiya predmetidir» asarida pedagogik ta’sir jarayoni hisoblangan insonning psixologik xususiyatlari, uning o‘ziga xos tomonlari o‘z aksini topgan.
Shuningdek, Rossiyada ilmiy psixologiyani rivojlantirishda N.F.Kapterev, N.A.Sikorskiy, A.P.Nechaev, A.F.Lazurskiy, P.F.Lesgaft, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, P.P.Blonskiy singari olimlar bu borada o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar.
Ta’kidlash joizki, ayniksa, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.R.Luriya, A.N Leontev, M.Ya.Basovlar tomonidan yaratilgan yangi ilmiy nazariyalar, chunonchi psixikaning madaniy-tarixiy rivojlanish va taraqqiyotning o‘zaro munosabat nazariyasi, psixik taraqqiyotda faoliyatning mavqei singari ilmiy-nazariy qarashlari hozirgi kun yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining tayanch tushunchalaridandir.
O‘tgan asrning o‘rtalarida vujudga kelgan turli nazariyalar, qarashlar, o‘quv faoliyati va ta’limning talqinlari (D.N.Bog‘oyavlenskiy, N.A.Menchinskaya, P.Ya.Galperin, Z.I.Kalmikova, N.F.Talizina, D.B.Elkonin V.V.Davidov, L.V.Zankov, L.N.Landa, A.A.Lyublinskaya, N.V.Ko‘zmina va boshqalar) nafakat pedagogik tajribani, balki psixologiya fanining bu tarmog‘i ni ilmiy-amaliy boyitishga asos bo‘ldi.
Ayniksa, so‘nggi yillarda o‘quv materialini o‘zlashtirishning mexanizmlari (S.L.Rubinshteyn, N.Kabanova-Meller, L.B.Itelson); xotira haqida (P.I.Zinchenko, A.A.Smirnov, V.Ya.Lyaudis); tafakkur (N.F.Shemya-kin, A.M.Matyushkin); idrok (Yu.B.Gippenreyter); bolalarda nutqning rivojlanishi (M.I.Lisina, A.A.Venger); shaxsning rivojlanishi (B.G.Ananev, L.I.Bojovich, V.S.Muxina); muloqot va nutq (V.A.Artemov, A.A.Leontev, V.A.Kan-Kalik); psixik rivojlanishning davrlari (P.P.Blonskiy, A.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, D.B.Elkonin, B.G.Ananev, A.V.Petrovskiy); o‘quvchilarning aqliy faoliyati va iste’dod muammolari (A.A.Bodalev, N.S.Leytes, N.D.Levitov, V.A.Kruteskiy) ga bagishlangan qator ilmiy tadqiqotlar bu fanning yanada rivojlanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shibkelmokda.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va AKShda inson psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq tajribalarga asoslangan ilmiy nazariya va yo‘nalishlar vujudga keldi. Odam psixik tabiatini turlicha talqin qilinishiga qaramay, bu nazariyalar ma’lum darajada yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning rivojlanishiga turtki bo‘ldilar. Bu borada E.Meyerman, S.Xoll, K.Byuler, E.Klapared, E.Dyurkgeym, P.Jane, J.Piaje, A.Vallon, Dj.Bruner va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarini e’tirof etish mumkin.
Olmon psixologi E.Meyerman bolaning o‘quv maskani davrida uning ruhi va tanasida kechayotgan o‘zgarishlarni to‘liq bilmay turib, unga buyruq yoki tazyiqo‘tkazib bo‘lmaydi, deb ta’kidlaydi. Uning fikricha eksperimental pedagogikaning maqsadi ayni shu muammolarga qaratilmog‘i darkor.
Amerikalik psixolog-olim S.Xoll harqanday bola o‘zining individual taraqqiyotida filogenezni ontogenezda takrorlaydi, shu bois bolalarga ibtidoiy instinktlarni og‘riqsiz, yengil kechishi uchun qo‘lay imkoniyatlar yaratib berish zarur deb aytadi. S.Xoll o‘z tajribalari asosida boy ashyoviy dalillar to‘plab, bola haqida psixologik, fiziologik hamda pedagogik bilimlarning kompleks dasturini yaratish g‘oyasini olg‘a suradi.
Shveysariyalik psixolog E.Klapared «Bola psixologiyasi va eksperimental pedagogika» asarida qiziqish, motiv, extiyojlarning metodologik asoslari, bolalar tafakkurining xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlari, o‘xshashlik va tafovutning bola ongida sodir etilishi to‘g‘risida mulohaza yuritadi.
Fransuz psixologi E.Dyurkgeym, ulg‘ayish - kishilarning his-tuyg‘ularni o‘zlashtirishi ekanligini, shu bois, idrok kilingan tasavvurlar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bolaning tajriba, an’ana, urf-odatlarni taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o‘rin tutishini uqtiradi.
Yana bir fransuz psixologi P.Janening fikriga ko‘ra, inson psixikasi ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq, zotan jamiyat va tabiat o‘rtasidagi turli aloqalar tizimining shakllanishi, insonning ulg‘ayishini belgilaydi. U sifatida hatti-harakatni tushunadi, bu esa kishining atrof-muhitga shaxsiy munosabatidan boshqa narsa emas, albatta. P.Janening ta’kidlashicha, eng qimmatli, ahamiyatli, ijtimoiy harakat hamkorligidagi faoliyatda o‘z ifodasini topadi, shaxslararo tashki munosabatlar rivojlanishning muhim tamoyili hisoblanadi.
Amerikalik psixolog Dj.Bruner shaxsning tarkib topishi bilan ta’lim o‘rtasida o‘zaro aloqa mavjudligini ta’kidlab, insonning kamolot sari intilishi bilim olish samaradorligini oshirsa, o‘qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvini jadallashtiradi, deb uktiradi.
Shuningdek, J.Piaje, E.Torndayk, Dj.Uotson, F.Galgton, A.Bine, A.Anastazi, T.Simonlar ham bola psixik taraqqiyotida ta’limning mavqeini, ularning aqliy xususiyatlarini, dasturli ta’lim, ko‘nikma va malakalarning ahamiyatini, mashklarning o‘rnini ilmiy-amaliy asoslab berishda muhim o‘rin egallaydilar. Bu ta’limotlar hozirgi kunda ham o‘zining ahamiyatini saqlab kolmokda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda ham yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining muhim muammolariga doir qator ilmiy-amaliy tadqiqotlar psixolog olimlar tomonidan olib borilmoqda.
Respublikamizdagi yetakchi oliygoxlarning kafedra va labortoriyalarida yosh davrlari va ta’lim tarbiyaning psixologik xususitlari bilan bog‘liq jarayonlarni tadqiq etish yukori malakali mutaxassislar tomonidan maxsus texnikalar bilan jixozlangan sharoitlarda ilmiy tadqiqot ishlari samarali yulga kuyilgan.
Mazkur muammolarning yechimi hozirgi zamon fanining metodologik tamoyillari asosida, yakin va uzoq xorijiy mamlakatlarida bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning yutuqlari va g‘oyalari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan xolda o‘zining munosib o‘rnini egallab bormokda. Bu borada T.Kori Niyoziy, S.Rajabov, P.I.Ivanov, M.Vohidov, M.G.Davletshin, E.G‘oziev, R.Gaynutdinov, B.Qodirov, R.I.Sunnatova, A.Jabborov va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarini e’tirof etish mumkin. Jumladan, o‘quvchilarning texnik qobiliyatlari, o‘quv motivlari, zamonaviy o‘quv maskani o‘quvchisining psixologik kiyofasi M.G. Davletshin va uning izdoshlari A.Jabborov, F.I. Xaydarov, M.M.Mavlonovlar tomonidan, tafakkur va ta’limni boshqarish muammosi E.G.G‘ozievning tashabbusida, iste’dodli o‘quvchilar va kasb tanlash muammosi B.R.Kodirov rahbarligida, bolalarning aqliy faoliyat muammosi R.I.Sunnatovalar tomonidan samarali olib borilmoqda.
Fanning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonida unga ta’sir ko‘rsatib kelgan barcha nazariyalar, ilmiy va amaliy ma’lumotlar, yo‘nalishlar hozirgi kunga qadar o‘zining ahamiyatini saqlab kelmokda va fanning istiqbolida muhim ilmiy-nazariy manba hisoblanib qolishi, tabiiydir.
Yosh avlodning ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq psixologik muammolari yirik olimlar, faylasuf va yozuvchilarini ham muntazam jalb etib kelgan. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlar X-XI asrlar diniy-axloqiy ta’limotlar zamirida yoritilgandir. Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari Sharq va g‘arb madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilan bog‘lik turli asarlarda shakllanib kelgan. V.N.Tatishev, A.N.Radishev, N.I.Novikov va boshqalarning asarlaridagi dastlabki qarashlari ham psixik taraqqiyotniig o‘ziga xos xususiyatlari, psixik rivojlanishdagi tafovutlar bilan yo‘g‘rilgandir. Rus tarixchisi V.N.Tatishevning «Fanlar va bilim yurtlarining foydasi to‘g‘risida suhbat» kitobida fanlarning tasnifi, bilimlarning ahamiyati, til va nutqning mavqei, yosh davrlarining xususiyatlari bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
A.N.Radishev birinchilar qatori bola psixik taraqqiyotini tabiiy-ilmiy yo‘sinda asoslab berishga urindi. Uning «Peterburgdan Moskvaga sayohat» kitobi bu borada pedagogik-psixologik asarlar sirasidan munosib o‘rin egallaydi. Yozuvchining fikricha, inson tashqi muhit haqidagi taassurotlarini sezgilar orqali idrok etadi, shu yo‘sinda uning tafakkuri, ulg‘ayib shakllanadi.
N.I.Novikov bashariyat farovonligini ko‘zlab, yoshlar va bolalar o‘rtasida foydali bilimlarni keng targ‘ibot etish uchun ularni o‘ziga xos yo‘sinda tarbiyalamoq zarur deb aytadi. Uning asarlaridainsonning kamoloti uchun tafakkur, xotira, axloq, his-tuyg‘u va taklidchanlik alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Rossiyada yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining rivojlanish tarixida K.D.Ushinskiyning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Uning fikricha psixologiya fanining asosiy vazifasi tarbiyaning maqsadini aniqlashga, ta’lim-tarbiya natijalarini to‘g‘ri baholashga, shular asosida yangi metod va usullar yaratishga, pedagogik tajribani tahlil qilish va umumlashtirishda muhim o‘rin tutadi deb aytadi. K.D.Ushinskiyning «Inson tarbiya predmetidir» nomli asarida pedagogik ta’sir jarayoni hisoblangan insonning psixologik xususiyatlari, uning o‘ziga xos tomonlari o‘z aksini topgan.
Shuningdek, Rossiyada ilmiy psixologiyani rivojlantirishda N.F.Kapterev, N.A.Sikorskiy, AP.Nechaev, A.F.Lazurskiy, P.F.Lesgaft, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, P.P.Blonskiy singari olimlar bu borada o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar.
Ta’kidlash joizki, ayniqsa, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, AR.Luriya, A.N Leontev, M.Ya.Basovlar tomonidan yaratilgan yangi ilmiy nazariyalar, chunonchi, psixikaning madaniy-tarixiy rivojlanish va taraqqiyotning o‘zaro munosabat nazariyasi, psixik taraqqiyotda faoliyatning mavqei singari ilmiy-nazariy qarashlari hozirgi kun yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining tayanch tushunchalaridandir.
O‘tgan asrning o‘rtalarida vujudga kelgan turli nazariyalar, qarashlar, o‘quv faoliyati va ta’limning talqinlari (D.N.Bogoyavlenskiy, N.A.Menchinskaya, P.Ya.Galperin, Z.I.Kalmikova, N.F.Talizina, D.B.Elkonin V.V.Davidov, L.V.Zankov, L.N.Landa, A.A.Lyublinskaya, N.V.Kuzmina va boshqalar) nafaqat pedagogik tajribani, balki psixologiya fanining bu tarmog‘ini ilmiy-amaliy boyitishga asos bo‘ldi.
Ayniqsa, so‘nggi yillarda o‘quv materialini o‘zlashtirishning mexanizmlari (S.L.Rubinshteyn, N.Kabanova-Meller, L.B.Itelson); xotirahaqida (P.I.Zinchenko, A.A.Smirnov, V.Ya.Lyaudis); tafakkur(N.F.Shemyakin, A.M.Matyushkin); idrok(Yu.B.Gippenreyter); bolalarda nutqningrivojlanishi (M.I.Lisina, A.A.Venger); shaxsning rivojlanishi(B.G.Ananev, L.I.Bojovich, V.S.Muxina); muloqot va nutq(V.A.Artemov, A.A.Leontev, V.A.Kan-Kalik); psixik rivojlanishning davrlari(P.P.Blonskiy, A.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, D.B.Elkonin, B.G.Ananev, A.V.Petrovskiy); o‘quvchilariing aqliy faoliyati va iste’dod muammolari(A.ABodalev, N.S.Leytes, N.D.Levitov, V.A.Kruteskiy) ga bag‘ishlangan qator ilmiy tadqiqotlar bu fanning yanada rivojlanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqda.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida g‘arbiy Yevropa mamlakatlari va AQShda inson psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq tajribalarga asoslangan ilmiy nazariya va yo‘nalishlar vujudga keldi. Odam psixik tabiatini turlicha talqin qilinishiga qaramay, bu nazariyalar ma’lum darajada yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning rivojlanishiga turtki bo‘ldilar. Bu borada E.Meyerman, S.Xoll, K.Byuler, E.Klapared, E.Dyurkgeym, P.Jane, J.Piaje, A,Vallon, Dj.Bruner va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarini e’tirof etish mumkin.
Olmon psixologi E.Meyerman bolaning maktab davrida uning ruhi va tanasida kechayottan o‘zgarishlarni to‘liq bilmay turib, unga buyruq yoki tazyiq o‘tkazib bo‘lmaydi, deb ta’kidlaydi, Uning fikricha eksperimental pedagogikaning maqsadi ayni shu muammolarga qaratilmog‘i darkor.
Amerikalik psixolog-olim S.Xoll har qanday bola o‘zining individual taraqqiyotida filogenezni ontogenezda takrorlaydi, shu bois bolalarga ibtidoiy instinktlarni og‘riqsiz, yengil kechishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib berish zarur deb aytadi. S.Xoll o‘z tajribalari asosida boy ashyoviy dalillar to‘plab, bola haqida psixologik, fiziologik hamda pedagogik bilimlarning kompleks dasturini yaratish g‘oyasini olg‘a suradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bilim sohasi: 100000- gumanitar fanlar Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900- pedagogika va psixologiya
|