|
Bilim sohasi: 100000- gumanitar fanlar Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900- pedagogika va psixologiya
|
bet | 34/81 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #259249 |
Bog'liq portal.guldu.uz-R I V O J L A N I S H P S I X O L O G IY A S I V A P E D A G O G I K - P S I X O L O G I Y ANazorat savollari:
2.1. Operanto’rganishhaqidatushunchabering.
2.2. Torndayko’rgatishningnechtaasosiyqonunini ta’riflagan
3-savol bo’yicha o’quv maqsadi: talabalardaV.Skinnerning radikal bixeviorizmi haqida tushuncha shakllantirish.
3- savolbayoni
B.F.Skinner ham Freyd kabi bixeviorist bo’lib, bixevioristik nazariyaning etakchisidir. Skinner boshqa zamondoshlariga nisbatan o’z-o’zini kuzatishga qarshi bo’lgan. SHuningdek, u xulq-atvor shakllarini o’rganishga hissa qo’shgan.10
Qat`iy bixeviorizmning ko’zga ko’ringan nazariyachisi Skinner 1904-1990 metodlar orqali insonning barcha xulq-atvorini bilish mumkinligini, chunki ob`ektiv ijtimoiy muhit determinallanganligini e`tirof etgan. B.F.Skinner motivlar, maqsadlar, hissiyotlar, anglanmagan fikrlar va shu kabi psixik jarayonlar tushunchasini inkor etgan. Uning ta`kidlashicha, inson xulq-atvori deyarli uni qurshab turgan tashqi muhit ta`sirida butunlay shakllanadi. Ba`zida bunday yondashuvni invayronmentalizm inglenvironment- muhit- atrof deb ataydilar. B.F.Skinner fikriga ko’ra, inson psixikasining qora qutisi empirik tadqiqotlardan chiqarib tashlanishi, bevosita kuzatish mumkin bo’lgan inson xulq-atvorini o’rganishga, oxirgi hisobda inson harakatini aniqlab nazorat qiluvchi muhit omillarini o’rganishga qaratilishi kerak. B.F.Skinner hayvonlar xulq-atvorini kalamush kabutar eksperemental tahili inson va hayvonlar uchun umumiy bo’lgan xulq-atvor tomonlarini ochishga imkon beradi deb hisoblangan. Xulq-atvorning umumiy qonuniyatiga tayanib ta`lim va tarbiyaning muhim amaliy psixologik-pedagogik vazifasini hal etish mumkin. Ijtimoiy muhit o’zgarishlarini manipulatsiya qilib ya`ni bog`liq bo’lmagan o’zgarishlar individning xulq-atvor reaktsiyalarini bog`liq o’zgaruvchilar tahmin qilish va nazorat qilish mumkin.
B.F.Skinner xulq-atvorining 2 ta asosiy turi mavjudligini e`tirof etgan respondent va operent. Biroq uning taxminicha anglash mumkin bo’lgan, birlamchi stimullar mavjud bo’lmagan ichki sabablar natijasida vujudga kelgan harakatlar operant xulq-atvordir. Inson va hayvonlar uchun xulq-atvor natijasida yuzaga keluvchi voqea-hodisalar oqibatlar muhimdir. Natijadan oqibatidan bog`liqlikda kelajakdagi kelgusidagi bunday xulq-atvorga nisbatan ma`lum bir fikr shakllanadi. Operant xulq-atvor asta-sekin ixtiyoriy harakatni egallaydi. O’rgatishning operant turi bo’yicha insoniyat xulq-atvorining ko’pgina shakllarining shakllanishi sodir bo’ladi ya`ni kiyinishni bilish, kitob o’qish odati, tajovvuzkorlikni namoyon qilishdan tiyilish g`azabni jilovlash tortinchoqlikni engib o’tish va boshqalar.
Pirovard ijobiy natijaga olib keladigan reaktsiyani takrorlashga harakat qiladi. SHunday qilib ko’pgina oilalarda yig`lashga operant o’rgatishni kuzatish mumkin.
Hayqiriq va yig`i bolaning jismoniy noqulaylikka nisbatan shartsiz reaktsiyasi sifatida ota-onani bolaga yaqinlashib unga diqqatini qaratib yordam berib, tinchlantirishga undaydi bunday g`amxo’rlik bola yig`isi uchun kuchli ijobiy quvvat bo’ladi va yig`i ota-ona xulq-atvorini nazorat qilishning operant asoslangan omilga aylanadi. SHu vaqtning o’zida, salbiy natija yoki jazolashni yuzaga keltiruvchi reaktsiyalarni takrorlanish ehtimoli kamayadi. Agar tanish kimsa sizning salomingizga javoban labini qisib tanimaslikka olsa, biz tezda u bilan salomlashishni bas qilamiz.
Qo’llab-quvvatlash B.F.Skinner kontseptsiyasining tayanch tushunchasidir. Qo’llab-quvvatlash reaktsiyani kuchaytirib uni hosil bo’lish ehtimolini ko’paytiradi. Bixevioral o’qitishda qo’llab-quvvatlashning ikki turi tan olingan birlamchi yoki shartsiz suv, ozuqa, jinsiy munosabat ikkilamchi yoki shartli pul ahamiyatli bo’lgan boshqalar tomonidan e`tibor ota-ona, tengdoshlar va o’qituvchilarning maqtovi ma`qullashlari B.F.Skinnerga ko’ra, ikkilamchi qo’llab-quvvatlash stimullari avvalgi tajriba natijasida quvvatlovchiga aylanadi.
Ular ko’pchilik odamlar uchun umumiy bo’lib,ularning xulq-atvoriga kuchli ta`sir ko’rsatadi. SHuningdek, B.F Skinner ijobiy va salbiy qo’llab-quvvatlovchini ajratib ko’rsatgan. Ijobiy quvvatlovchi (quvvatlash) birgalikda reaktsiyani kuchaytiradi. Salbiy quvvatlovchi (quvvatlash) ham faqatgina qo’zg`atuvchi stimullarni bartaraf qilish hisobiga (o’rtoqlarning “kichkintoy” “onasini o’g`li” kabi mazaxlaridan qochib intilishga haqoratlovchi so’z va iboralarni qo’llashni boshlaydi). Xulq-atvor reaktsiyasini kuchaytiradi. SHuningdek, xulq-atvor jazolash yordamida ham (o’smirning onasi haqoratli so’zlar uchun uni labiga urishi yoki cho’ntak pulidan mahrum qilish mumkin) nazorat qilishi mumkin.
Bunday oqibatga chek qo’yish, xulq-atvor reaktsiyasiga barham berish talab etiladi.
Zamonaviy jamiyatda jazolash texnikasi ko’proq qo’llaniladi, lekin B.F Skinner xulq-atvorning bunday nazorati samarasiz (faqat vaqtincha istalmagan xulq-atvorni to’xtatib turadi) ekanligini va undan ham yomoni salbiy zararli ta`sirni (qo’rquv, xavotirlanish o’z-o’ziga bahosini pasayishi, (asotsial) antijtimoiy xulq-atvorning qo’pol shakllari) yuzaga keltirishga harakat qilgan. B.F.Skinner ijobiy qo’llab-quvvatlash (kutilmagan natijalarni rag`batlantirish) kattalar xulq-atvorini shakllantirishning juda ham ishonchli usuli (metodi) ekanligini ta`kidlagan. Murakkab xulq-atvorga o’rgatish holatida (masalan xat yozish, ko’nikmasi, shaxslaro muloqot tartiblilikni hosil qilish) izchil yaqinlashish yoki shakllantirish metodidan foydalaniladi. Qadam – baqadam bosqichma-bosqich qo’llab-quvvatlash xulq-atvorini kutilgan yo’nalishga o’zgartirishga bir necha marotaba qo’shiladi. O’rgatishning boshqa tamoyili- qo’llab-quvvatlashning beto’xtovligidir. Bolani mustaqil tartibli ovqatlanishga o’rgatishga muntazam qo’llab-quvvatlanadi: boshida bola o’rgatilganlarni tezda yodidan chiqarib qo’ysada, uni ruhlantirish har bir harakatlaridan faxrlanish masalan, bola qo’liga qoshiqni olib og`ziga olib borish harakati uchun uni maqtash kerak. Kutilgan natijaga faqatgina asta-sekin yaqinlashish natijasida bolada kiyim-kechak va stol ozodaligiga hamda tartibligiga erishish mumkin. B.F Skinnerning ta`kidlashicha hatto verbal xulq-atvor yoki og`zaki nutq ham muvaffaqiyatli yoki izchil yaqinlashish orqali egallanadi. Lekin ko’pgina psixologlar operant asoslash tamoyilidan kelib chiqib tushuntirib bo’lmaydigan, ilk bolalik davrida nutqning bu qadar tez rivojlanishiga alohida urg`u berib, bunday tarzda tilni o’zlashtirish mumkinligiga mutlaqo qarshilar.
Insonning ijtimoiylashuvi muammosi B.F.Skinnerning “Erkinlik va qadr-qimmatning boshqa tarafi” (1971) “ jamiyat va bixeviorizm haqida fikr-mulohazalar” (1978) kitoblarida kelib chiqilgan. B.F.Skinner ta`limotida bolaning rivojlanish- bu qo’llab-quvvatlash yo’nalishi bilan muvofiqlikda uni me`yoriy xulq-atvorga o’rgatishdir. Ilk bosqichlarda ijtimoiylashuv omillari va qo’llab–quvvatlash manbalari bo’lib, ota-ona hisoblanadi, keyinchalik, qo’llab–quvvatlash manbalarining soni ortadi: bular qo’ni-qo’shnilar maktab tengdoshlar fikridir. B.F.Skinner “Inson xulq-atvori uning hayoti davomida o’zgaradi va vaqti-vaqti bilan inqirozlar yuzaga keladi degan fikrni qo’llab-quvvatlagan. Inqiroz holati muhitining shunday bir o’zgalari ta`sirida yuzaga keladiki unda individ xulq-atvor reaktsiyalarining adekvat to’plamiga ega bo’lmaydi. Muhit bolaning xulq-atvorini doimiy, uzluksiz va ketma-ketlikda shakllantiradi deb hisoblagani uchun bixeviorizmda rivojlanishni yosh davrlarga ajratish (bo’lish) muammosi ko’rib chiqilmaydi. Rivojlanishni davrlashtirish muhitga bog`liq. Ushbu yosh davrida barcha bolalar uchun yagona rivojlanish qonuniyati mavjud emas: muhit qanday bo’lsa ushbu bolaning rivojlanishi qonuniyati ham shunday bo’ladi. Gap faqat ma`lum bir ko’nikmani shakllantirish o’rgatish bosqichlarini belgilash imkonini beradigan (o’yinni rivojlanish bosqichlari yozishga yoki tennis o’ynashga o’rgatish) funktsional davrlashtirishni yaratish haqida ketishi mumkin. O’rgatishning doimiy tajribasi boshqa psixologik maktablarda “SHaxs” deb nomlanuvchini yaratdi. SHaxs-bu insonning butun umri (hayoti) davomida egallagan tajribasidir. Insonning (noyobligi) o’ziga xosligi irsiyat tavsif va o’rgatishning individual repertuarini o’ziga xos uyg`unligi bilan belgilanadi. Bunday tarzda psixik rivojlanish o’rgatish bilan tenglashtiriladi ya`ni, har qanday bilim, ko’nikma, malakani egallash bilan maxsus o’qitish sharoitlarida va tasodifiy yuzaga kelgan holatlarda bilishga o’rgangan.
B.F.Skinner g`oyalari juda keng amaliy ahamiyatini topdi. Muvaffaqiyatli izchil yaqinlashish strategiyasi va ijobiy qo’llab-quvvatlash texnikasi bixevioral treningining individ xulq-atvorini modifikatsiya qilish metodlari asosini tashkil qilgan. Ular taklifining aniq sohalari o’rtasida turli xil ko’rinishdagi qo’rquv xavotirlanish va “yopishqoq” (miyaga o’rnashib qoladigan) holatlarni engib o’tish destruktiv xulq-atvorni o’zgartirish muloqot ko’nikmalariga o’rgatish, o’ziga ishonchni mashq qilish, gipertenziya, muskul zo’riqishlari, migren, xavotirni davolashda qayta aloqa bilan treninglar o’tkazish. Operant metodikalar hali maktablarda tarbiya yoshidagi bolalarga ya`ni ruhiy kasalxona bemorlarga, hali qamoqxona mahbuslariga qo’llaniladi. “Jetonli taqdirlash”“Senzibilitatsiya va desensibilyatsiya” “to’xtatilgan vaqt” yoki “taym- aut” metodikalari keng mashhurlikka erishdi. Kompyuterdan foydalanilgan holda dasturlashtirilgan o’qitish B.F.Skinner tomonidan o’ylab chiqilgan tamoyillarga asoslanadi. Ko’pgina mutaxassislar “Xulq-atvor ko’rinishi texnologiyasi”ning samaradorligini tan oladilar biroq, bunda metodning mexanikligini rahbarning avtoritarizmiga moyilligini va rivojlanishning ichki omillarini (inson fikri, hissiyoti,qiziqishi) rad etilishini ta`kidlaydilar va bu metodni haddan ziyod keng qo’llashda qo’llanilishidan ogohlantiriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bilim sohasi: 100000- gumanitar fanlar Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900- pedagogika va psixologiya
|