Bilim sohasi: 100000- gumanitar fanlar Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900- pedagogika va psixologiya




Download 0,66 Mb.
bet30/81
Sana02.06.2024
Hajmi0,66 Mb.
#259249
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81
Bog'liq
portal.guldu.uz-R I V O J L A N I S H P S I X O L O G IY A S I V A P E D A G O G I K - P S I X O L O G I Y A

Nazorat savollari:

    1. E.Erikson nazariyasining asosiy tushunchalari nimalar

4-savol bo’yicha o’quv maqsadi:SHaxs rivojlanishining ijtimoiy- psixologik bosqichlari
haqida tushuncha shakllantirish.
4- savolbayoni
E.Erikson tomonidan ajratilgan shaxs rivojlanishining ijtimoiy-psixologik bosqichlarini, hayot bosqichlarini batafsil ko’rib chiqamiz.
1. Go’daklik: ichki ishonch ichki ishonchsizlik. Birinchi ijtimoiy psixologik bosqich tug`ilgandan bir yosh oxirgacha Z.Freyd bo’yicha oral bosqichga muvofiq. Bu davrda umumiy ishonch hissi “ishonch, ichki qat`iyatlilik ko’rinishidagi sog`lom shaxsga asos solinadi. E.Erikson odamlarga nisbatan ishonch hissini shakllantirishning asosiy sharti sifatida onalik mehri g`amxo’rlikni e`tirof etgan. Ona o’z farzandining hayotini shunday tashkillashtirishi kerakki, unda izchillik vorislik kechinmalarini sezish hissi yuzaga kelishi kerak. SHakllangan ichki ishonch hissi bilan go’dak o’zining atrofidagilarini aniq va ishonchli qabul qiladi. Bola yonida onasi yo’qligini undan “ajralganligini” haddan ortiq azob uqubatsiz boshdan kechiradi. Agar ona bolani rad qilsa, ishonchsiz qoniqarsiz bo’lsa, shubhalanish qo’rquv ishonchsizlik hissi yuzaga keladi. Bu holat ona uchun bola uni hayotini muhim ob`ekti bo’lishdan to’xtagan dam ya`ni ona vaqtincha tashlab qo’ygan mashg`ulotlariga qaytganda (“aytaylik, uzilgan kar`erani”, (“mansab pog`onalarini”) tiklash yoki keyingi bolani tug`ish”) kuchayishi mumkin. Turli madaniyatlarda ishonch yoki shubhalanishga o’rganish usullari bir-biriga mos kelmaydi, lekin inson onasiga nisbatan bo’lgan ishonch darajasidan kelib chiqib, ijtimoiy olamga ishonadi degan tamoyil universaldir. E.Erikson go’daklik davridagi ritualizatsiya (odat-tusiga kirib qolgan tartib-qoidalar) mexanizimining juda katta ahamiyatini ko’rsatgan. Odat tusiga kirib qolgan tartiblardan asosiysi- o’zaro sezish, tanish, bu butun hayot davomida saqlanib qoladi va boshqa odamlar bilan bo’lgan barcha munosabatlarga singadi. Umid- (o’zining madaniy olamiga nisbatan optimizm) – bu “ishonch va ishonchsizlik” o’rtasidagi nizoni muvaffaqiyatli hal etish natijasida hosil bo’ladigan Egoning birinchi xususiyatidir.
2. Ilk bolalik: avtonomiya (o’zini o’zi boshqarish) va shubhalanish. Bu davr bir yoshdan uch yoshgacha davom etadi va Z.Freyd bo’yicha anal bosqichga muvofiq keladi. Biologik etilish bolani bir qator sohalarda (masalan turish,yurish,tirishib-tirmashib chiqish, yuvinish,kiyinish,ovqatlanish) mustaqil harakat qilish uchun yangi imkoniyatlarni yuzaga kelishiga asos yaratadi.
E.Erikson nuqtai nazariga ko’ra, bolaning jamiyat me`yorlari va talablari bilan to’qnashishi faqat bolani tuvakka o’tkazishga o’rgatishda yuzaga kelishi kerak emas, ota-onalar bolalarda o’zini o’zi nazorat qilishini amalga oshirishi va mustaqil harakat qilish imkoniyatlarini asta-sekin kengaytirishlari kerak. Bu bosqichda bolaning (identiklikligi)muvofiqligini “Men o’zim va “Men va mening” qo’limdan keladigan formulasi orqali ifodalash mumkin. Aqlga asoslangan to’g`ri ijozaat bolada avtonomiya o’zini o’zi boshqarish ko’nikmasini shakllantirishga yordam beradi. Haddan ortiq doimiy g`amxo’rlik yoki aksincha ota-ona bolaning imkoniyat doirasidan tashqarida bo’lgan juda ko’p narsalarni undan kutgan vaziyatlarida bolada o’z-o’zida ishonchsizlik shubhalanish va uyalish hislari, ho’rlik irodasizlik yuzaga keladi.
SHunday qilib egodagi nizolarni muvaffaqiyatli hal qilish iroda, o’z-o’zini nazorat qilishni aksincha salbiy oqibatlarda irodasizlikni o’z ichiga oladi. Bu bosqichda yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik ta`qiqlanganlik va ta`qiqlanmaganlik, go’zallik va xunuklikning aniq usullariga asoslanadigan ritualizatsiya ya`ni (odat tusiga kirib qolgan tartiblar) muhim mexanizm hisoblanadi.
3. O’yin yoshi: tashabbuskorlik aybdorlik E.Erikson maktabgacha yosh davrini o’yin yoshi deb atagan bo’lib, uch yoshdan olti yoshgacha davom etadi. Bu davrda tashabbuskorlik va aybdorlik o’rtasida nizo yuzaga keladi. Bolalar turli xildagi mehnat mashg`ulotlarga qiziqishi yangidan sinab ko’rishni, tengdoshlari bilan aloqa o’rnatishni boshlaydilar. Bu davrda ijtimoiy olam boladan faollikni yangi vazifalarni hal etishini va yangi malakalarga ega bo’lishini talab qiladi unda o’ziga undan kichkina bolalarga va uy hayvonlariga nisbatan qo’shimcha mas`uliyat javobgarlik hissi yuzaga keladi. Bu yoshda muvofiqlikning (identiklikning) asosiy hissi “Men-men” qila oladigan bo’ladi. O’yinli tuzilgan ritual odam shakllanib uning yordamida bola yaratadi, to’g`irlaydi va voqea-hodisalarni boyitishni o’rganadi. Tashabbuskorlik-mustaqil harakat va faoliyatdan quvonchni his qilib, vazifani hujum qilishiga intilish udabburonlik va faollik xususiyatlari bilan bog`liq. Bu bosqichda bola ahamiyatli odamlar bilan (nafaqat ota-ona bilan) o’zini oson idenfikatsiya qiladi, aniq maqsadga yo’nalib tayyorgarlik bilan ta`lim va tartibga beriladi.
Bu bosqichda ijtimoiy ta`qiqlarni qabul qilish natijasida super ego shakllanadi. O’zini o’zi chegaralashning yangi shakli hosil bo’ladi. Ota-ona bolaning shijoati va mustaqil harakatlarini rag`batlantirib uning tirishqoqligi va fantaziyalariga beriluvchanligini qabul qilib, tashabbuskorlikni shakllanishiga mustaqillik chegaralarining kengayishiga ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradi. Bolalarni haddan ortiq jazolovchi tanlov erkinligini qattiq chegaralovchi yoshi katta yaqin insonlar ularda juda kuchli aybdorlik hissini yuzaga keltiradi. Aybdorlik hissi qamrab olgan bolalar harakati sust, uyatchan va kelgusida samarali mehnat qilishga kamroq darajada qodir bo’ladilar.
4 .Maktab yoshi: mehnatsevarlik o’z-o’zidan qoniqmaslik. To’rtinchi ijtimoiy –psixologik davr Z.Freyd nazariyasida yashirin latent davrga mos keladi. O’z jinsidan ota- ona bilan raqiblik bartaraf etilgan bo’ladi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bolani oila chegarasidan chiqishi sodir bo’ladi va tizimli ta`lim xususan madaniyatning texnologik tomonlariga qo’shilishi boshlanadi. E.Eriksonning kontseptsiyasida ushbu madaniyat doirasida ahamiyati bo’lgan qurol – aslahalar,hosiblik faxriy va ilmiy unvonlar bilan munosabatda bo’lishini bilish nimanidir o’rganishga aynan intilish va tez o’zlashtirishi universal deb tan olingan.
Mehnatsevarlik, ishdan zavqlanish atamalari bu davrning asosiy mavzularni ifodalaydi bu davrda bolalar nimadan nima hosil bo’lishini va u qanday ishlashini bilishga intilishi bilan band bo’ladilar. Bolaning “Ego” muvofiqligi endi bunday ifodalanadi: “Men” – men nimaga o’rgangan bo’lsam. Bolalar maktabda o’qib, faol ishtirok anglangan tartib – intizom qoidalariga qo’shiladi. Maktab tartib-qoidalari bilan bog`liq bo’lgan odam mukammal ijrodir. Bu davrning qaltisligi shundaki, o’z-o’zidan qoniqmaslik hissini, o’z qobiliyatlari yoki tengdoshlari orasidagi mavqeidan shubhalanish tajribasizlikni namoyon qilishdan iborat.
5. O’spirinlik: ego- muvofiqlik identiklik rollarni qorishib aralashib ketishi. E.Eriksonning hayot davrlari chizmasida o’spirinlik beshinchi bosqich bo’lib, insonning ijtimoiy psixologik rivojlanishida eng muhim davr hisoblanadi: o’spirinlik bu – egoning ustuvor bo’lgan ijobiy muvofiqligini identikligini tamomila qat`iyan qaror topish yoshidir. Aynan bu davrda ko’zga ko’rinadigan darajadagi kelajak hayotning anglangan rejasini bir qismiga aylanadi. E.Erikson insonning psixologik va ijtimoiy farovonligini shakllanishida o’smirlik va o’spirinlik yoshlarini muhim hisoblab, bu yosh davrlariga katta ahamiyat qaratgan. Endi o’smir bola ham emas biroq katta ham emas – amerika hamjamiyatida 12-13 yoshdan 19- 20 yoshgacha aynan shu ta`rif o’smirlik davrining muhim xarakterini ifodalaydi, o’smir yangi ijtimoiy rollari va ular bilan bog`liq bo’lgan talablarga to’qnash keladi. O’smirlar olam va unga bo’lgan munosabatni baholaydi. Ular fikr-mulohaza yuritib, ideal oila, din, falsafiy tizimi, ijtimoiy tuzumini o’ylab topishlari mumkin.
Men kimman, men qaerga qarab ketayapman, men kim bo’lishni xohlayman kabi muhim savollarga yangi javoblar topishga harakat qiladi. O’smirning vazifasi bu davrga qadar o’zi haqidagi mos bo’lgan barcha bilimlarni bir erga jamlab ular qanday o’g`il qiz yoki talaba, sportchi, musiqachi kabilar, ham o’tishi ham taxmin qilinayotgan kelajakni anglashni o’z ichiga qamrab oluvchi o’zining yagona obrazini yaratishdan iborat. O’zini yosh yigit yoki qizday qabul qilishi shaxslararo muloqot tajribasi bilan tasdiqlanishi kerak. Odam tusiga kirib qolgan tartib-qoidalar ritualizatsiya improvizatsiyaga ya`ni tayyorgarliksiz kutilmaganda amalga oshirishga aylanadi.Bundan tashqari unga g`oyaviy nuqtai-nazar qo’shiladi. E.Eriksonga muvofiq g`oya bu u yoki bu madaniyatning diniy, ilmiy va siyosiy tafakkurini aks ettiruvchi qadriyatlar va asoslarning anglanmagan to’plamidir. G`oya yoshlarga identiklik muvofiqliq nizosi bilan bog`liq bo’lgan asosiy savolga sodda ammo juda aniq javob beradi.
E.Erikson keskin ijtimoiy, siyosiy va texnologik o’zgarishlarni umum qabul qilingan ijtimoiy qadriyatlardan qoniqmaslikni, muvofiqlikni rivojlanishiga jiddiy to’sqinlik qilib olam bilan bog`liq o’zgarishlar xavotirlanish va noaniqlik hislarini yuzaga kelishiga ta`sir ko’rsatuvchi faktlar sifatida ko’rib chiqqan. O’smir o’zining foydasizligi ruhiy ittifoqsizligi va maqsadsizligidan kuchli hislarni boshidan o’tkazadi, ba`zan salbiy muvofiqlik delekvent xulq-atvor tomonga burilib ketadi. Inqirozni salbiy hal etish vaziyatida rollarni qorishib – aralashib ketishi individda noaniq muvofiqlik yuzaga keladi.
Muvofiqlik identiklik inqirozi yoki rollar chalkashligi o’qishini davom ettirish yoki kasb tanlashga to’sqinlik qiladi ba`zan o’zining jinsiy muvofiqligidan shubhalanishga olib keladi. Buning sababi mashhur qahramonlar –kino yulduzlar, rok musiqachilar, superatletik yoki madaniyatga qarshi vakillar inqilobchilar sardori sochi qirdirilgan delikvent shaxslar bilan o’zini haddan ortiq tenglashtirish bo’lishi mumkin. Bu holat yuksalgan muvofiqlikni uning ijtimoiy muhitidan chiqarib tashlab ustunlik qilishi va uni chegaralashi mumkin.
O’spirinlik davridagi inqirozdan muvaffaqiyatli chiqish bilan bog`liq bo’lgan ijobiy xususiyatlar –bu sodiqlik,ya`ni o’z tanlovini qilish, hayotda o’z o’rnini topish va o’z bo’yniga olgan majburiyatlarga sodiq qolish, jamiyat negizini qabul qilish va ularga tayanish qobiliyatidir.
6. YOshlik yaqinlikka erishishi yakkalanib qolish izolyatsiya ijtimoiy- psixologik bosqich kechki o’spirinlikdan ilk etuklikkacha davom etadi 20 dan 25 yoshgacha katta hayot rasman boshlanganligini anglatadi . Umumiy olganda,bu davrda kasb egallash, ko’ngil olish erta nikoh mustaqil oilaviy hayotni boshlanishi yuz beradi. E.Erikson o’z –o’zini yo’qotib qo’yishdan qo’rmasdan boshqa odam bilan qo’rqmasdan muvofiqlikka kirishib ketish munosabatlardagi o’zaro hamjihatlikni qo’llab-quvvatlashda – yaqinlik atamasini ko’p rejali ammo asosiy sifatida qo’llagan.
E.Erikson aynan ushbu intellikt nuqtai- nazarini mustahkam nikoh uchun zarur bo’lgan shart sifati ko’rib chiqqan. Ushbu ijtimoiy – psixologik bosqichda eng xavflisi o’ziga ortiqcha jalb qilish yoki shaxslararo munosabatlardan qochishdir. Xotirjam va ishonchli shaxsiy munosabatni o’rnata olmaslik ijtimoiy vakuum ikkilanish va yakkalanib qolish inqirozidan muvaffaqiyatli chiqish bilan bog`liq bo’lgan, ijobiy xususiyat – bu muhabbatdir.
E.Erikson romantizm ruhidagi shahvoniy, jinsiy masalalar muhimligini e`tirof etadi, ammo chin muhabbat va yaqinlikni keng doirada- ya`ni o’zini boshqa insonga ishonib topshirib, bu munosabatga sodiq qolish, hatto agar ular yon berish yoki o’z manfaatidan kechishni talab qilinganida ham u bilan barcha qiyinchiliklarni bo’lishishga tayyorlik qobiliyati sifatida talqin qiladi. Muhabbatning bu tipi boshqa insonga o’zaro hurmat mas`uliyat va g`amxo’rlik munosabatlarida namoyon bo’ladi.
7. Etuklik: serharakatlik sustlik (harakatsizlik) ettinchi bosqich hayotining o’rta yoshlariga (26 yoshdan 64 yoshgacha) to’g`ri keladi: uning asosiy muammosi serharakatlik va harakatsizlik o’rtasidagi tanlovdir. Katta avlod vakillari ularning o’rniga kim kelishi – ularga hayotda o’z o’rnilarini topishga va to’g`ri yo’nalishni tanlashlariga qanday yordam berish mumkinligi haqida qayg`urish sifatida serharakatlilik namoyon bo’ladi. Ushbu vaziyatga yaxshi namuna – avlodlar muvaffaqiyati bilan bog`liq bo’lgan insondagi o’z-o’zini rivojlantirish hissidir. Agar kattalarga serharakat faoliyatga qobiliyat harakatsizlikdan ustun bo’lib, yaqqol ifodalansa ushbu bosqichning ijobiy xususiyati g`amxo’rlik namoyon bo’ladi. Serharakat bo’lishni udalay olmaydigan kattalar o’ziga yo’nalganlik holatiga asta-sekin o’tib bunda g`amxo’rlikning asosiy predmeti- ularning shaxsiy ehtiyoj va qulayligi bo’ladi. Bunday odamlar hech kim va hech nima haqida qayg`urmaydi, ular faqatgina o’z hoxishlarigaa erk beradilar. Serharakatlikni yo’qotish bilan jamiyatning faol a`zosi sifatida shaxs shakllanish to’xtaydi, hayot shaxsiy ehtiyojlarni qondirishga aylanadi, shaxslararo munosabatlar birlashadi. Bu hodisa “katta yosh inqirozi” mazmunsiz umidsiz hayot hissida namoyon bo’ladi.
8. Qarilik egoning yaxlitligi umidsizlik oxirgi ijtimoiy-psixologik bosqich (65 yoshdan to umrini oxirgacha) inson hayotini yakunlaydi. Deyarli barcha madaniyatlarga bu davr qarilik boshlanishini anglatadi, bunda inson bir qator ehtiyojlarni engib o’tadi: jismoniy kuch so’nib, sog`liqni yomonlashishiga moslashishga yolg`iz hayot tarzi va birmuncha sipo darajadagi moddiy holatga o’tishiga moslashuviga shuningdek, o’z tengdoshlari bilan munosabat o’rnatishga to’g`ri keladi.YOlg`iz hayot tarzi va birmuncha sipo darajadagi moddiy holatga ko’nikishga turmush o’rtog`i va yaqin do’stlari moslashishga,shuningdek, o’z tengdoshlari bilan munosabat o’rnatishga to’g`ri keladi. Bu davrda insonning diqqat markazi kelajak haqida qayg`urishdan o’tmish tajribasiga ko’chadi, odamlar ortiga nazar tashlab o’zining hayotiy qarorlarini qaytadan ko’rib chiqib o’z yutuqlari va omadsizliklari haqida eslaydilar. E.Eriksonni bu ichki kurash qiziqtirgan ushbu ichki jarayon shaxsiy hayot qaytadan o’ylab ko’rishadi. E.Eriksonni ta`kidlashicha, hayotning oxirgi bu fazasi uchun yangi ijtimoiy-psixologik inqirozdan ko’ra, Ego rivojlanishining barcha oldingi bosqichlari yig`indisi bir butunligi va bahosi xarakterlidir. Faqatgina kim odamlar va shular haqida qandaydir tarzda qayg`urgan bo’lsa kim hayotda g`alaba va mag`lubiyatni boshidan kechirgan bo’lsa, kim boshqalar uchun ruhlantiruvchi va g`oyalarni ilgari suruvchi bo’lsa- faqatgina ularda oldingi ettita bosqich mevasi asta-sekin etiladi. Men buning uchun ego yaxlitligidan ko’ra yaxshiroqtavsifni bilmayman.
Ego yaxlitligi xissi insonning butun o’tmish hayotiga nazar tashlab – nikoh, farzand, nevara, kar`era,muvaffaqiyat, ijtimoiy munosabatlarni o’z ichiga oladi o’z-o’ziga so’zsiz ammo qat`iy tarzda men mamnunman deb ayta olish qobiliyatiga asoslanadi. Muqarrar o’lim endi qo’rquvga solmaydi chunki bunday odamlar o’zining davomchilarini yo avlodlarida yo ijodiy yutuqlarida ko’radi. E.Eriksonning taxminicha, qarilik davridagina haqiqiy etuklik va yashab o’tilgan yillar donishmandligining ijobiy his-tuyg`ulari kuzatiladi.Lekin shu o’rinda e`tirof etilishicha, qarilikdagi donishmandlik bir tarixiy davrdagi hayot davomida inson tomonidan o’zlashtirilgan barcha bilimlar nisbiyligi haqida o’ziga hisob beradi. Donishmandlik bu- o’lim bilan yuzlanganda hayotning asl ma`nosini anglashdir. Bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan ikkinchi tomonda o’z hayotiga nisbatan amalga oshirilmagan imkoniyat va xatolar ketma-ketligi sifatida munosabatda bo’luvchi odamlar turadi. Endi ular hayoti oxirlab, umri tugayotganda hammasini boshidan boshlashga yoki o’z menining yaxlitligini his qilish uchun qandaydir yangi yo’llarni izlashga juda ham kech bo’lganligini anglaydilar.
Bunday odamlarda yaxlitlikni etarli darajada emasligi yoki mavjud emasligi doimiy omadsizlikni his qilish va sodir bo’lishi mumkinligidan tashvishlanishda yashirin o’lim qo’rquvida namoyon bo’ladi. E.Erikson asabiy va g`azabdor keksa odamlarda ko’p kuzatiladigan ikkita kayfiyat turini ajratgan afsuski, hayotni yana boshidan boshlab yashashning iloji yo’q hamda shaxsiy kamchilik va nuqsonlarni tashqi olamga chiqarib tashlash yo’li orqali ularni inkor etish. SHaxs rivojlanishining ijtimoiy-psixologik nazariyasi. Misol uchun bir xil didli va xulq-atvorli mutloq bir xil insonlar yoki har birini alohida sohalarda mutaxassis shifokor savdogar yoki o’g`ri qilish mumkin.

Download 0,66 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81




Download 0,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bilim sohasi: 100000- gumanitar fanlar Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900- pedagogika va psixologiya

Download 0,66 Mb.