Bilim sohasi: 100000- gumanitar fanlar Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900- pedagogika va psixologiya




Download 0,66 Mb.
bet29/81
Sana02.06.2024
Hajmi0,66 Mb.
#259249
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81
Bog'liq
portal.guldu.uz-R I V O J L A N I S H P S I X O L O G IY A S I V A P E D A G O G I K - P S I X O L O G I Y A

Nazorat savollari:
2.1. E.Eriksonningtadqiqotishlaridatadqiqotmetodlari haqida tushuncha bering.
2.2. E.Erikson kontsepsining epigenetik tamoyili nima
3-savol bo’yicha o’quv maqsadi:E.Erikson nazariyasining asosiy tushunchalari haqida tushuncha shakllantirish.
3- savolbayoni
E.Eriksonning “Ego” rivojlanishi haqidagi fikr-mulohazalari asosan quyidagi kitoblarida bayon etilgan: “Bolalik va jamiyat” (1950) “Tenglik o’spirinlik inqirozi” (1968) “Tenglik va umr davrlari” (1979) “Etuklik” (1979) “Keksalikdagi hayotiy qiziqishlar” (1986) va boshqalar. Sanab o’tilgan kitoblardan ko’rinib turibdiki, E.Erikson uchun asosiy tushuncha – identiklik (muvofiqlik) tushunchasidir. SHaxs identikligi (muvofiqligi) – xususiyatlar to’plashi yoki individual tavsiflar bo’lib (vaqt va makon bo’ylab doimiy yoki izchil) o’z-o’ziga o’xshashiga yordam beradi, bu shaxsning “eng o’zagi yadrosi” hisoblanadi. Ego identiklik (muvofiqlik) bu o’z shaxsini bir butunligini sub`ektiv hissi o’z “Men”ining uzluksizligi va barqarorligidir. Guruhiy identiklik – ushbu ijtimoiy guruhga tegishlilik hissi Ego identiklik (muvofiqlik) hayot davomida va kelishilgan tarzda shakllantiriladi. Bugungi kunda ego-identiklik (muvofiqlik) ega bo’lish, Men kontseptsiyasi, “Men” obrazini shakllantirish Z.Freyd talqinidagi jinsiy muammolarga qaraganda yoshlar uchun juda muhim.
E.Erikson identiklikni (muvofiqlikni) shakllantirishning muhim mexanizmlaridan biri – ritualizatsiya ya`ni odat tusiga kirib qolgan tartib, qoidalar deb hisoblaydi, u xulq-atvor shakllarini takrorlaydi, odamlar o’rtasidagi o’zaro aloqa, xabarlar almashinuvini ta`minlaydi. Ritualizatsiya- tug`ma asosga ega bo’lib hayot davomida asta-sekin murakkablashadi va boyib boradi. E.Erikson nazariyasining markazida har bir inson hayoti davomida 8 bosqichni bosib o’tishi, ularni har birida unga nisbatan ijtimoiy talablar qo’yilishi turadi. Individ oldida turgan muammolar uning ijtimoiy rivijlanishida inqiroz holatini yuzaga keltiradi. Inqiroz bu- rivojlanishning burilish holatidir bundan inson yo kuchli moslashgan bo’lib, yo ojiz nizoni hal etolmay chiqishi mumkin. Inqirozni muvaffaqiyatli bartaraf etish og`ir vaziyatlar o’rtasida ma`lum bir murosani, ongning qarama-qarshi holatlarini,ijobiy komponent hisobiga muvozanatni o’rnatish bilan bog`liq. Ma`qbul natija “Ego”ga yangi ijobiy xususiyatni (tashabbuskorlik yoki mehnatsevarlik) qo’shiladi. Hal etilmagan vazifa omadsiz bo’lishi mumkin va bunda “Ego” tuzilishiga negativ (salbiy) tarkibiy qismi (ishonchsizlik va aybdorlik) qo’shiladi. Hal etilmagan vazifa keyingi bosqichga o’tkaziladi, bunga uni uddalash mumkin, lekin bu judaham qiyin va katta kuch sarflashini talab qiladi. Bunday tarzda odamlar qarama-qarshi xarakterdagi bosqichlar turli muvaffaqiyat va har xil tezlik bilan engib o’tadilar – Erikson kontseptsiyasining epegenetik tamoyili shundan iboratdir.
Jamiyat inson imkoniyatlarini kengaytirishni ma`qullaydi, uni bu rivojlanish taraqqiyotida qo’llab-quvvatlashga harakat qiladi. E.Erikson har bir madaniyatda individ rivojlanishi va uning ijtimoiy muhiti o’rtasida “hal etuvchi muvofiqlash” “hayot davrlarining tinim g`ildiragi” mavjudligini e`tirof etgan. Kelishilgan rivojlanish qonuniga muvofiq jamiyat rivojlanayotgan shaxsga yordam beradi va uni ayniqsa, yordamga muhtoj bo’lgan damlarda qo’llab-quvvatlaydi (bola g`amxo’rlikka muhtoj bo’lganida ota-ona qayg`urib, g`amxo’rlik ko’rsatishga harakat qiladilar). SHunday qilib E.Erikson nuqtai-nazariga ko’ra, avlodlarning ehtiyoj va imkoniyatlari bir xil, bu uning o’zaro bog`liqlik kontseptsiyasida aks ettirilgan. E.Erikson bo’yicha har bir inqirozni muvaffaqiyatli hal etish shartlarini o’rganish zarur, chunki faqat bir butunlikka erishish natijasida sog`lomlashgan shaxs shakllanadi. “Psixologik muvofiqlik (identiklik) barcha muvofiqliklarni asta-sekin birlashtirishdan rivojlanadi”. Individning biologik ehtiyojlari va jamiyat talablari o’rtasidagi o’zaro ta`sir rivojlanish mazmuni va yo’nalishini belgilaydi.

Download 0,66 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81




Download 0,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bilim sohasi: 100000- gumanitar fanlar Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900- pedagogika va psixologiya

Download 0,66 Mb.