Bilim sohasi: 100000- gumanitar fanlar Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900- pedagogika va psixologiya




Download 0,66 Mb.
bet26/81
Sana02.06.2024
Hajmi0,66 Mb.
#259249
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81
Bog'liq
portal.guldu.uz-R I V O J L A N I S H P S I X O L O G IY A S I V A P E D A G O G I K - P S I X O L O G I Y A

Nazorat savollari:
2.1. Z.Freydning klassik psixoanalizida psixik rivojlanish masalasini izohlang.
2.2. Z.Freydbo’yichainsonshaxsitarkibiytuzilmaviyqismlarito’g’risidama’lumotbering.
3-savol bo’yicha o’quv maqsadi: Z.Freydning klassik psixoanalizida psixik rivojlanish masalasi haqida tushuncha shakllantirish.
3- savolbayoni
Hozirgi zamon psixoanaliz va o’yin texnikasi yordamida o’rganish ularning emotsional sohasi haqidagi tasavvurlarni kengaytirdi. Bollar psixoanalitiki Dj.Boulbi bolalarning emotsional rivojlanishiga e’tibor qaratdi`. Uning bog’lanib qolish nazariyasi zamonaviy biologik va psixologik ma’lumotlar hamda rivojlanishning an’anaviy psixoanalitik tasavvurlarini birlashtirishga asoslangan.
Boulbining asosiy g’oyasi shundan iboratki, ona bolaga nafaqat dastlabki organik ehtiyojlarini qondirish uchun emas, muhimi ona bolaga bog’lanib qolish hissini yaratadi. Dastlabki oylarda bolaning yig’lashi, kulishlari onaning g’amxo’rligi, tashqi xavfsizligi, himoyalanganligidan darak beradi. Emotsional himoyalardan bolaning sog’lom psixik taraqqiyot yo’llari ochiq bo’ladi. Ona bilan bola orasidagi dastlabki emotsional “bog’lanishning buzilishi” psixik kasalliklar va shaxsiy muammolarning vujudga kelish xavfini oshiradi (masalan, depressiv holatlar).
Boulbining g’oyalari hayotga tatbiq etilib, 1950 yillardan kichik bolalarni kasalxonalarda onasidan ajratmaslik haqida qaror qabul qilinib, amalda joriy etildi.
E.Fromning bola tarbiyasida ota va onaning roli haqidagi fikrlari ham e’tiborga loyiq. Onaning bolaga muhabbati shartsiz zarur BOLA BORLIGI UChUN YaXShI KO’RILADI. Ona hayotga ishonishi va ortiqcha xavotirlanmasligi zarur, shundagina u bolaga xavfsizlik hissini uzatishi mumkin. Otaning muhabbati-shartli muhabbatdir, uni majburiyatlarni bajarib, tartibga rioya qilib, kutilmalarga mos hrakat qilib qozonish mumkin.
Bolalar psixoanalizi ta’lim va ijtimoiy sohalarda ishni tashkil etishda, ota-onalar biln ishlashda katta ta’sir ko’rsatadi. Uning asosida “xatar guruhi” bolalari uchun turli xil “ota-ona-bola” munosabatlarini tuzatish bo’yicha dasturlar tuzildi. Zamonaviy psixoterapiyaning maqsadlari juda keng sohalarda qo’llanilmoqda nevrotik belgilarni yo’qotishdan, xavotirlanishni kamaytirish, aqliy faoliyatni tashkil etish o’zgarishlarigacha xulq-atvorni yaxshilashdan iborat.

Download 0,66 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81




Download 0,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bilim sohasi: 100000- gumanitar fanlar Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900- pedagogika va psixologiya

Download 0,66 Mb.