Bilim sohasi: 100000- gumanitar fanlar Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900- pedagogika va psixologiya




Download 0,66 Mb.
bet33/81
Sana02.06.2024
Hajmi0,66 Mb.
#259249
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81
Bog'liq
portal.guldu.uz-R I V O J L A N I S H P S I X O L O G IY A S I V A P E D A G O G I K - P S I X O L O G I Y A

Nazorat savollari:

    1. Dj.Uotsonningbixevioristiknazariyasiniizohlang

    2. Klassik bixeviorizmning kontseptsiyasiga ta’rif bering

2-savolbo’yichao’quvmaqsadi:Talabalardaoperanto’rganishhaqidatushunchashakllantirish.
2- savolbayoni
Edvard Torndaykning psixologiya faniga qo’shgan hissalaridan biri “odam shunchaki fikrlay oladigan boshqa bir jonivor” degan ta`kid edi.
Edvard Tolmen o’zining psixologiyadagi tizimini “Maqbul bixeviorizm” deb atagan. Uning fikricha, organizm xulq-atvori ma`lum bir adaptativ maqsadga yo’nalgan. Bixeviorist bo’lgan Tolmen Kurt Levin tufayli geshtalt nazariyasiga qiziqib qoladi.
Klerk Xallning fikrlariga I.P.Pavlov, CHarliz Darvin, E.Torndayk, E.Tolmenlar ishlari o’z ta`sirini ko’rsatgan. Uning nazariyasi ushbu tadqiqotchilarning nazariyalari hamda Nyuton fizikasini siznetlashga urinish edi. U gipnoz bilan qiziqadi hamda 1933 yilda shu mavzuda kitob yozadi9.
Haqiqatdan yangi xulq-atvorni egallash shartlarini eksperemental tadqiqi shuningdek, o’rgatish dinamikasi amerikalik psixolog E.Torndaykning diqqat markazida bo’lgan. E.Torndayk ishlarida hayvonlarda muammoli vaziyatlarni hal etish qonuniyatlari ko’proq o’rganilgan. Hayvonlar mushuk, it, maymun maxsus yasalgan muammoli quti yoki labirintdan mustaqil ravishida chiqish yo’lini topishlari kerak edi. Keyinchalik xuddi shunday tajribalarda sinaluvchi sifatida kichik yoshdagi bolalar ishtirok etgan. Labirint yoki eshikni ochish vazifasini hal etish usulini qidirishini namoyon qiluvchi murakkab, ichki sabab natijasida yuzaga kelgan bunday xulq-atvorni tahlil qilishida ma`lum bir reaktsiyani yuzaga keltiruvchi stimulni ajratish qiyin. E.Torndayk ma`lumotlariga ko’ra dastavval hayvonlar ko’plab tartibsiz harakat sinovlarni amalga oshirgan va tasodifan muvaffaqiyatga olib boradigan kerakli harakatlarni qilgan. Ushbu qutidan chiqishning keyingi harakatlarida xatolar soni kamayib unga sarflangan vaqt ham qisqargan. O’rgatish turi sinaluvchi odatda, xulq-atvorning turli variantlarini operantlarini –ingloperate harakat qilish anglamagan holda sinashi va ulardan ko’proq to’g`ri moskelganini tanlab olishidir, bu operant asoslash nomini olgan. Intelektual vazifalarni hal etishda sinov va xatolar metodi inson va hayvonlar xulq-atvorini tavsiflovchi umumiy qonuniyat sifatida ko’rib chiqila boshlangan.
Torndayk o’rgatishning to’rtta asosiy qonunini ta`riflagan
1.Takrorlash qonuni mashq qilish stimul va reaktsiya o’rtasidagi aloqa qanchalik tez-tez takrorlansa, shunchalik u tezroq mustahkamlanadi va mahkamlanadi.
2.Ta`sir effekt qonuni qo’llab-quvvatlash. Reaktsiyalarni o’rganishda qo’llab-quvvatlash bilan birga kuzatilganlardan ijobiy yoki salbiy biri mustahkamlanadi.
3.Tayyorlik hozirlik qonuni. Sub`ekt holati ochlik suvsizlik hissini his qilayotgan yangi reaktsiyalarni ishlab chiqish uchun ahamiyatsiz emas.
4.Assotsiativ o’zgarish qonuni. Vaqt bilan chegaradoshlik bog`liqlik ahamiyatli muhim bilan assotsiatsiya qilishda bog`liq bo’lgan neytral stimul ham kerakli xulq-atvorni yuzaga keltira boshlaydi. SHuningdek, E.Torndayk tomonidan bolani o’rgatish muvaffaqiyatining qo’shimcha sharoiti stimul va reaktsiyani farqlashdagi engillik hamda ular o’rtasidagi aloqani anglash ajratib ko’rsatilgan. Operant o’rgatish organizmining yuqori faolligida sodir bo’ladi, uning natijalari oqibatlari bilan nazorat qilinadi aniqlanadi. Umumiy fikr shundaki, agar harakatlar ijobiy natijaga, muvaffaqiyatga olib kelsa, unda ular mustahkamlanib takrorlanadi. E.Torndayk tajribalaridagi labirint atrof muhitning soddalashtirilgan modeli bo’lib xizmat qilgan. Labirint metodikasi haqiqatdan ham ma`lum bir doirada organizm va muhitning munosabatini modellashtiradi ifodalaydi lekin juda tor, bir tomonlama chegaralangan bo’ladi. Bu model doirasida aniqlangan qonuniyatlarni inson ijtimoiy xulq-atvoriga o’tkazish juda qiyin.

Download 0,66 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81




Download 0,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bilim sohasi: 100000- gumanitar fanlar Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900- pedagogika va psixologiya

Download 0,66 Mb.