174
holatida saqlash uchun Fayl menyusi Export – Export movie buyrug‘ini yoki
klaviaturadan Ctrl+Alt+Shift+S tugmalarini bosamiz. Faylga nom berib, saqlanish
joyini ko‘rsatamiz. Fayl turiga Flash Movie (*.swf) ni tanlab сохранить tugmasini
bosamiz. Fayl turi sifatifa *.gif, *.avi, *.mov, *.eps, *.jpg, … turlarni tanlash
mumkin. Yaratilgan faylni *.exe ko‘rinishida ham saqlash mumkin. Buning uchun
Fayl menyusining Publish Settings… bo‘limi tanlanadi.
Ochilgan muloqot
oynasining Formats bo‘limiga kiramiz. Oynaning Windows Projector (*.exe)
yozuvi oldidagi katakchasiga belgi (bayroqcha) qo‘yamiz va Publish tugmasini
bosamiz. Natijada fayl saqlangan papkada *.exe fayl kengaytmasidagi fayl paydo
bo‘ladi. Bizning misolda esa ovoz1.exe fayli yaratiladi.
Misol. Button obyektida audio fayllardan foydalanish.
Flash dasturiga zaruriy audio faylni yuklab olamiz va Button tugmasi
yaratamiz. Button yaratish uchun birorta shakl chizib olamiz.
Shaklni belgilab
kontekstli menyuni chaqiramiz va Convert to Symbol amalini bajaramiz. Hosil
bo‘lgan oynadan button bandini belgilaymiz, obyektga nom berib (tugma) OK
tugmasini bosamiz. Button tayyorlash yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan.
Bilamizki
buttonda uchta kadr mavjud. Bu uchala kadrga ham ovozli fayllarni joylashtish
mumkin. Uchta kadrda ovozning ijro etilishi xolati turlicha bo‘ladi. Ya’ni, Up
kadriga faylni joylashtirsak audio fayl doimiy ijro etiladi. Agar Down kadriga
joylashtirsak audio fayl tugma bosilganda ijro etiladi.
Agarda audio faylni Over
kadriga joylashtirsak, sichqoncha tugma ustiga borganda fayl ijro etiladi.
Hosil bo‘lgan loyihani Ctrl+Enter tugmalarini bosish orqali ko‘rish mumkin.
Odatiy musiqa1 fayli ijro etiladi. Ok tugmasi ustiga sichqoncha belgisi chiqsa
musiqa2 fayli va Ok tugmasi bosilsa musiqa3 fayli ijro etiladi.