- modul. 3DS MAX. 3 o‘lchamli texnologiyalar




Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/134
Sana23.11.2023
Hajmi10,51 Mb.
#103795
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   134
Bog'liq
portal.guldu.uz-kompyuter Grafikasi

4- modul. 3DS MAX. 3 o‘lchamli texnologiyalar  
Mavzu: № 11. Macromedia Flash muhitida interfaol animatsiya 
yaratish  
  
ISHNING MAQSADI: Talabalarda Macromedia Flash muhitida interfaol 
animatsiya yaratishga doir tushunchalarni hosil qilish
NAZARIY QISM:
Natijada obyekt Movie Clip holatiga o‘tadi. Obyektning ustiga sichqonchaning 
chap tugmasini 2 marotaba bosamiz. Timeline oynasiga o‘tib doira joylashgan
Layer 1 ni 10-kadrgacha uzaytiramiz (F5 tugmasi orqali). Doirani belgilab 
Modify-Convert to Symbol-Button-OK amalini bajaramiz. Properties oynasini 
faollashtirib bo‘limiga enter_btn so‘zini kiritamiz. Keyin esa 
Timeline oynasiga o‘tib Layer 2 ni hosil qilamiz. Ushbu qatlamda “tugma” so‘zini 
oq rangda hosil qilamiz (so‘z doiraning chap tomoniga joylashadi). So‘zni 
belgilab Modify-Convert to Symbol-Movie Clip-OK amalini bajaramiz. 1-kadrni 
belgilab 10-kadrgacha uzaytiramiz, 10-kadrni belgilab F6 tugmasini bosamiz va 
“tugma” so‘zining rangini qoraga (rang ihtiyoriy tanlanadi) o‘zgartiramiz. 1-
kadrni belgilab kontekstli menyuni chaqiramiz va Create Motion Tween ni 
tanlaymiz. Natijada “tugma” so‘zining rangi avtomatik tarzda oqdan qoraga 
o‘zgaradigan holatga o‘tadi.
Timeline oynasiga o‘tib Layer 3 ni hosil qilamiz. Ushbu qatlamda 3 ta bo‘sh kadr 
yaratamiz(1-kadr belgilanib F5 tudmasi 2 marotaba bosiladi). 4-kadrga o‘tib F6 
tugmasi bosiladi va ishchi oynada “tugma” so‘zining ostiga doiraga qadar chiziq 
chizamiz. Chiziqni belgilab olib
Modify-Convert to Symbol-Movie Clip-OK amalini bajaramiz. Ketma-ket 4-
kadrdan boshlab 10-kadrgacha 7 ta kadr yaratamiz. 5-,7- va 9- kadrlardan chiziqni 
o‘chirib tashlaymiz. Buning uchun kerakli kadrni belgilab Delete tugmasini 
bosamiz. Natijada chiziq “lippillovchi” holatga keladi. Ishchi oynaning bo‘sh 
joyiga sichqonchaning chap tugmasini 2 marotaba bosamiz. Natijada Timeline 
oynasida faqat Layer 1 paydo bo‘ladi. Ishchi sohadagi obyektni belgilab Actions 
oynasiga o‘tamiz. Actions oynasining ishchi sohasiga quyidagi dastur kodini 
kiritamiz.


173 

onClipEvent (enterFrame) {  

if (go) {nextFrame();} else { prevFrame(); } }  

onClipEvent (load) { var go; stop();
 
enter_btn.onRollOver = function() { go = 
true; };
enter_btn.onRollOut = function() {go 
= false; }; }  
Hosil bo‘lgan animatsiyani Ctrl+Enter tugmalarini bosgan holda ko‘rishimiz 
mumkin.

Download 10,51 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   134




Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- modul. 3DS MAX. 3 o‘lchamli texnologiyalar

Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish