175
Kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalarini topish bo‘yicha o‘yin
tayyorlaymiz. Buning uchun bizga kompyuter qurilmalarining
rasmlari va javob
to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini bildiruvchi audio fayl kerak bo‘ladi. Quyidagicha
sahifani tayyorlaymiz:
Har bir qurilma rasmini button obyektiga aylantiramiz. Asosiy qurilmalar
tugmalarining Down kadriga javob to‘g‘ri ekanligini
anglatuvchi audio faylni,
qo‘shimcha tugmalarga esa javob noto‘g‘ri ekanligini anglatuvchi audio fayllarni
joylashtirib chiqamiz.
Hosil bo‘lgan loyihani Ctrl+Enter tugmalarini bosish orqali ko‘rish
mumkin. Agar asosiy qurilmalar tanlansa javob to‘g‘ri ekanligini bildiruvchi ovoz
ijro etiladi. Agar qo‘shimcha qurilmalar tanlansa javob noto‘g‘ri ekanligini
bildiruvchi ovoz ijro etiladi.
Bu loyihani kompyuterning qo‘shimcha qurilmalari
uchun ham tayyorlash
mumkin. Bunda faqat audio fayllarning joyi almashadi.
Flashning audio imkoniyatlaridan foydalanib bog‘cha tarbiyalanuvchilari
uchun ham turli loyihalar tayyorlash mumkin.
Masalan mevalar, hayvonlar,
ranglar va hokozalarning nomini aytadigan dasturlar yaratish mumkin. Biz quyida
mevalar haqida loyiha tayyorlashni aytib o‘tamiz.
Mevalar o‘yini
Buning uchun bizga turli mevalarning tasvirlari
hamda ularning nomini
aytuvchi audio fayllar kerak bo‘ladi. Barcha kerakli obyektlarni Flashning
kutubxonasiga yuklab olamiz. Mevalarning tasvirlarini ishchi
oynaga joylashtirib
176
ularni buttonga aylantiramiz. Buttonlarning Down kadriga tegishli audio fayllarni
joylashtirib chiqamiz.
Hosil bo‘lgan loyihani Ctrl+Enter tugmalarini bosish orqali ko‘rish
mumkin. Mevalar sichqoncha yordamida chertilsa, ularning nomi aytiladi. Bu
loyihani chet tilini o‘rgatishda ham qo‘llash mumkin.
Bunda mevalarning
inglizcha nomini aytuvchi audio fayllar kerak bo‘ladi.