|
Bilim sohasi: 700 000–Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari Ta’lim sohasi: 710 000–Muhandislik ishi Pdf ko'rish
|
bet | 11/22 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 399,05 Kb. | | #273476 |
Bog'liq 03 5.Termodinamika
Termodinamika qonunlariga bag„ishlangan ichki energiya, issiqlik
mashinasining F.I.K. kabi kattaliklarni aniqlashga oid masalalarni yechish.
6.Mexanik tebranishlar va to‘lqinlar
Garmonik tebranma harakat va ularning tenglamalari yordamida tebranma
harakatda amplituda, chastota, tezlik va tezlanish, tebranuvchi sistemaning
energiyasini aniqlashga oid masalalar yechilishi o„rganiladi.
7.Elektrostatika. Kulon qonuni. Elektr maydon kuchlanganligi. Potensial.
Gauss teoremasi. Elektr sig‘im. Kondensatorlar. Zaryadlangan o‘tkazgich
energiyasi.
Elektrostatik maydon to„g„risidagi tushunchalarni yanada chuqurlashtirish
uchun masalalar yechish usullari beriladi. Kulon qonunini qo„llashga hamda elektr
maydonining kuchlanganligini aniqlashga oid masalalar beriladi.
Gauss teoremasi vositasida turli xil zaryadlangan jismlar atrofidagi elektr
maydonni aniqlash, hamda elektr sig„imi, kondensatorlarga oid masalalar ushbu
bo„limda keltirilgan.
8.O‘zgarmas tokning asosiy qonunlari. Zanjirning bir qismi va to‘liq
zanjir uchun Om qonuni. Kirxgof qoidalari. Tokning ishi va quvvati. Joul Lens
qonuni.
O„zgarmas tok qonunlari jumladan tok kuchi, tok zichligi, elektr yurituvchi
kuch kabilarni aniqlashga doir masalalar yechish ko„nikmasi hosil qilinadi. Elektr
toki ta‟sirini belgilovchi tok ishi, quvvatni hisoblash, shuningdek turli zanjirlar uchun
Kirxgof qonunlarini qo„llashga oid masalalar yechilishi o„rganiladi.
9.Magnit maydoni. Bio Savar Laplas qonuni va uning turli
o‘tkazgichlarga tatbiqi. Tokli o‘tkazgich magnit maydonida. Amper kuchi.
Lorens kuchi.
Turli shakldagi, ya‟ni to„g„ri, aylanma va tokli solenoidllar atrofida yuzaga
keladigan magnit maydon induksiyasi yoki kuchlanganligi qiymatini hisoblashga oid
masalalar ishlanishi ko„rib chiqiladi. Magnit maydon bilan tokli o„tkazgich orasidagi
o„zaro bog„lanishni aniqlash, shuningdek magnit maydonda harakat qiluvchi zaryadli
zarralarga ta‟sir etuvchi kuchlar qiymatini hisoblashga bag„ishlangan masalalar o„rin
olgan.
|
| |