|
Bilim sohasi: 700 000–Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari Ta’lim sohasi: 710 000–Muhandislik ishiBog'liq 03
I. FANNING MAZMUNI
“Fizika” fani tabiatdagi fizikaviy hodisalar haqidagi umumiy qonunlarni ochib
beradi va bu qonunlar o„z navbatida boshqa fanlar, hamda texnika sohasida amaliy
jihatdan foydalaniladi. “Fizika” fani texnika rivojlanishi bilan bog„langan, shuning
uchun ham bu fan dolzarbdir.
Fanni o‘qitish maqsadi.
Fanni o„qitishdan maqsad “Fizika” kursini
o„qitishning asosiy maqsadi talabalarda tabiatdagi hodisa va jarayonlarga ilmiy nuqtai
nazaridan qarash madaniyatini shakllantirish, shuningdek, nazariy va eksperimental
materiallar asosida fizik qonuniyatlarning obyektiv ekanligini, o„zlashtirish
imkoniyatining mavjudligini isbot etishdir.
Fanning vazifasi –
bu bir tomondan tabiat va texnikadagi fizik hodisalar
mohiyatini fizika fanidagi fundamental tushunchalar orqali tushuntirish bo„lsa,
ikkinchi tomondan nazariy bilimlarni talabalar kelgusida oladigan mutaxassisliklari
bo„yicha yuzaga keladigan muammolarning, jumladan texnologik sikllarda modda va
issiqlik balansini hisoblash, materiallarning issiqlik, elektr o„tkazuvchanligi,
elastiklik modullarini aniqlash, kimyoviy reaksiyalar kinetikasini hisoblash kabi
masalalarni yechish uchun ularning fizik modelini yaratish yo„lidagi o„quvlarni
shakllantirishdir.
Fanning oʻquv rejasidagi boshqa fanlar bilan oʻzaro bogʻliqligi va uslubiy
jihatdan uzviy ketma–ketligi.
“Fizika” fani boshqa barcha tabiiy fanlar uchun
poydevor bo„lib, o„z navbatida fizika fani bilan matematika, nazariy mexanika,
elektrotexnika, kimyoviy fizika va biofizika kabi fanlar bog„liqdir. Shuni alohida
ta‟kidlash lozimki, fizika kursini o„rganishda oliy matematika fani muhim rol
o„ynaydi. Oliy matematika apparati, differensial va integral hisob bo„limlari bilan
tanishmay, fizikaviy kattaliklarni tushuntirish va qonunlarni keltirib chiqarish
mumkin emas.
|
| |