9
11.Geometrik optika. Yorug‘lik interferensiyasi
Yorug„likni sinishi va qaytish qonunlariga, shuningdek turli usullarda hosil
bo„ladigan yorug„lik interferensiyasiga oid masalalar ko„rib chiqiladi.
12.Yorug‘lik difraksiyasi. Yorug‘likning qutblanishi
Yorug„likning difraksiya hodisasiga va difraksion panjaraga bag„ishlangan
masalalarda yorug„lik to„lqin uzunligi, spektr tartibi, panjara doimiysi kabi
qiymatlarni aniqlashni o„rganiladi. Tabiiy yorug„likdan qutblangan yorug„lik hosil
qilish va qutblangan yorug„likning intensivligi kabi kattaliklarni aniqlashga doir
masalalar yechish ko„nikmalari hosil qilinadi.
13.Issiqlik nurlanish qonunlari. Yorug‘likning kvant tabiati.
Qizdirilgan jismlarning temperaturasi, energetik yorqinligi, nurlanish quvvati,
spektral zichligi kabi kattaliklarni aniqlashga doir masalalar yechilishi o„rganiladi.
Yorug„likning kvant xossalari ya‟ni Plank formulasi yordamida fotonlarning
energiyasi, chastotasini va massasini topishga doir masalalar ko„rib chiqiladi.
14.Fotoelektrik hodisa. Kompton effekti. Bor nazariyasi.
Fotoeffekt qonunlari asosida hamda Eynshteyn formulasi yordamida turli
metallar uchun fotoeffektning qizil chegarasi, elektronlarning tezligi, energiyasi,
chastotasi va chiqish ishiga oid masalalar yechilishi o„rganiladi. Shuningdek Bor
nazariyasiga asoslangan masalalar ko„rib chiqiladi.
15.Radioaktivlik. Massa defekti. Atom yadrolarining bog‘lanish energiyasi
Radioaktivlik hodisasi, radioaktiv moddalarning yemirilish, yarim yemirilish
davri, yadroviy reaksiyalar hamda bog„lanish energiyasini tahlil etishga
bag„ishlangan masalalarni yechishda ko„nikma hosil qilinadi.