15
–mexanik, elektromagnit va yadro kuchlari to„g„risidagi tushunchalar
shakllanadi;
–issiqlik jarayonlarini molekulyar kinetik nazariya asosida tushuntira oladi;
–murakkab bo„lmagan elektr zanjirlarni hisoblash usullarini egallaydi;
–turli optik effektlarni elektromagnit to„lqin nazariyasi asosida tushuntira oladi;
–moddalarning tuzilishini va ularning fizik–kimyoviy xossalarini zamonaviy
atomistik va kvant nazariyasi asosida tushuntira oladigan bilimlarga ega bo„ladi.
Fanni o‘zlashtirish asosidda olinadigan ko‘nikmalar:
–qattiq jismlarning mexanik xossalarini (zichligi, elastikligi) aniqlashda fizik
usullarini qo„llay oladi;
–suyuqliklarning ichki ishqalanish koeffitsiyentini Stoks usulida aniqlay oladi;
–o„tkazgichning qarshiligi va elektr sig„imini Uitson ko„prigi yordamida
aniqlay oladi;
–suyuqliklarning yorug„lik yutish koeffitsiyentini va eritmalarning
konsentratsiyasini aniqlashda optik usullarni qo„llay biladi;
–shaffof jismlarning sindirish ko„rsatkichini mikroskop yordamida aniqlay
oladi; yorug„likning to„lqin uzunligini difraksion panjara yordamida aniqlay oladi.
Fanni o‘zlashtirgan talabalar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
–kelgusida oladigan mutaxassisliklari bo„yicha yuzaga keladigan masalalarda
voqeaning fizik mohiyatini ajrata bilishlari;
–hozirgi zamon fizik tajriba asboblari (mikroskop, spektrograf kabilar) bilan
yaqindan tanish bo„lib, turli fizik tajribalarni o„tkazishda yetarli ko„nikmaga ega
bo„lishlari;
–fizik qonunlarning qo„llanilish chegarasini ajrata bilishlari va bunda fizika
fanining turli qismlariga nazariy yondoshishning umumiyligini hisobga ola bilishlari
kerak.