• 1.Mavzular bo‘yicha konspekt (referat, taqdimot) tayyorlash.
  • 2.O‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash.
  • 3.Fan bo‘yicha qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash.
  • III.Kvant optikasi. Atom fizikasi




    Download 399,05 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet18/22
    Sana04.10.2024
    Hajmi399,05 Kb.
    #273476
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
    Bog'liq
    03

    III.Kvant optikasi. Atom fizikasi. 
    3.1.Frank–Gers tajribasini o„rganish. 
    3.2.Vodorod atomining nurlanish spektrini o„rganish. 
     
    V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar 
    Mustaqil ishlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar 
    Mustaqil ta‟limni tashkil etishda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga 
    olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi va joriy nazorat sifatida 
    baholanadi: 

    1.Mavzular bo‘yicha konspekt 
    (referat, taqdimot)
    tayyorlash.
    Nazariy 
    materialni puxta o„zlashtirishga yordam beruvchi bunday usul o„quv materialiga 
    diqqatni ko„proq jalb etishga yordam beradi. Talaba konspekti turli nazorat ishlariga 
    tayyorgarlik ishlarini osonlashtiradi, vaqtni tejaydi; 

    2.O‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan 
    ishlash. 
    Olgan bilimlarini o„zlashtirishlari, turli nazorat ishlariga tayyorgarlik 
    ko„rishlari uchun tavsiya etilgan elektron manbalar, innovatsion dars loyihasi 
    namunalari, o„z–o„zini nazorat uchun test topshiriqlari v.b; 

    3.Fan bo‘yicha qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash. 
    Mustaqil o„rganish 
    uchun berilgan mavzular bo„yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan 
    tashqari qo„shimcha o„quv, ilmiy adabiyotlardan foydalanadilar. Bunda xorijiy 
    tillardagi adabiyotlardan foydalanish rag„batlantiriladi; 
    1)INTERNET tarmog„idan foydalanish. Fan mavzularini o„zlashtirish, kurs 
    ishi, bitiruv malakaviy ishlarini yozishda mavzu bo„yicha INTERNET manbalarini 
    topish, ular bilan ishlash nazorat turlarining barchasida qo„shimcha reyting ballari 
    bilan rag„batlantiriladi; 
    2)Mavzuga oid masalalar, keys–stadilar va o„quv loyihalarini ishlab chiqish va 
    ishtirok etish; 
    3)Amaliyot turlariga asosan material yig„ish, amaliyotdagi mavjud 
    muammolarning yechimini topish, hisobotlar tayyorlash
    4)Ilmiy seminar va anjumanlarga tezis va maqolalar tayyorlash va ishtirok 
    etish; 
    5)Mavjud laboratoriya ishlarini takomillashtirish, masofaviy (distansion) ta‟lim 
    asosida mashg„ulotlarni tashkil etish bo„yicha metodik ko„rsatmalar tayyorlash va 
    h.k. 
    Yangi bilimlarni mustaqil o„rganish, kerakli ma‟lumotlarni izlash va ularni 
    topish yo„llarini aniqlash, Internet tarmoqlaridan foydalanib ma‟lumotlar to„plash va 
    ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to„garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy 
    manballardan foydalanib ilmiy maqola (tezis) va ma‟ruzalar tayyorlash kabilar 
    talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va 
    ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Vazifalarini tekshirish va baholash amaliy 
    mashg„ulot olib boruvchi o„qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni 
    o„zlashtirishni ma‟ruza darslarini olib boruvchi o„qituvchi tomonidan har darsda 
    amalga oshiriladi. 


    14 
    Mustaqil ishni tashkil etish bo„yicha uslubiy ko„rsatma va tavsiyalar, keys 
    stadi, vaziyatli masalalar to„plami ishlab chiqiladi. Ma‟ruza mavzulari bo„yicha
    amaliy topshiriq, keys–stadilar yechish uslubi va mustaqil ishlash uchun vazifalar 
    belgilanadi. 

    Download 399,05 Kb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




    Download 399,05 Kb.
    Pdf ko'rish