Takrorlash uchun savollar




Download 12.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/81
Sana04.02.2023
Hajmi12.71 Mb.
#41000
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81
Bog'liq
umk-loyihalash-lotin
8 MARUZA Ko’pyoqliklar haqida umumiy ma`lumotlar Ko’pyoqlar va, Akad yozuv 11-mavzu., qish, YANGI 2-kurs TEXNOLOGIK TA\'LIM Sirtqi...., harflar, proektnaya-kultura-studentov-v-kontekste-hudozhestvennogo-obrazovaniya, tasodifiy miqdorning sonli xarakteristikalari reja, C da massivlar, Pul massasi va pul agregatlari-fayllar.org, Mamtqulova Mamura Turdavoy, Taqriz, меҳиржон байрами, 9-sinf monit. 1-ch Buxoro tuman Xaydarova Iroda, baliqlardi aziqlandiriw h osiriw tabiyiy h jasalma aziqlardan paydalaniw
 
Takrorlash uchun savollar: 
1. Binolarining qavatlar planlarini bajarishda qanday tartib-qoidalarga ahamiyat 
beriladi? 
2. Binolarning qirqim chizmalari qanday tayyorlanadi? 
3. Zinalarning hisobi va chizmalari haqida nimalar bilasiz? 
4. Fasad nima va ularni bajarish qoidalari qanday? 
5. Poydevor plani qanday tayyorlanadi? 
6. Devor va pardadevorlar chizmalari qanday tayyorlanadi? 
7. Orayopma va tom yopma chizmalari qanday tayyorlanadi? 
 
 
2-AMALIY MASHG‘ULOT: QURILISH IQLIMSHUNOSLIGI. QURILISH 
IQLIMSHUNOSLIGINING VAZIFALARI VA METODLARI. 
Reja: 
1. Qurilish iqlimshunosligining mohiyati. 
2. Binolar va ularning tashqi to‘siq konstruksiyalarini loyihalashda iqlimning 
ta’siri. 
3. Tashqi havo harorati 


25
4. Tashqi havoning nisbiy va absolyut namligi 
5. Qurilish joylarini tanlash. SHamol yo‘nalishi. 
6. Bino xonalaridagi mikroiqlim ko‘rsatkichlari. 
 
Tayanch iboralar: iqlimshunoslik, tashqi to‘siq konstruksiyalar, tashqi 
havo harorati, nisbiy namlik absolyut namlik, shamol yo‘nalishi, mikroiqlim 
ko‘rsatkichlari. 
Har qanday bino va inshootlar loyihasini bajarishda qurilish joyining iqlimi birinchi 
navbatda e’tiborga olinadi. Qurilish issiqlik fizikasi bilan iqlimshunoslik bir-biri bilan 
uzviy bog‘langan. Iqlim, “KLIMAT”, grek so‘zidan olingan bo‘lib (naklon) “qiyalik” 
degan ma’noni anglatadi, ya’ni er sathiga nisbatan quyosh nurlari qanday qiyalikda 
tushishini ko‘rsatadi. 
Demak er sathidagi havoning harorati quyoshning er sathiga nisbatan holatiga 
bog‘lik. Agar quyosh nurlari er sathiga nisbatan perpendikulyar ravishda tushsa, er 
sathidagi havo harorati baland bo‘ladi. Bundan tashqari havo haroratiga joyning 
jug‘rofiy o‘rni, rel’efi va okean sathidan balandligi ham ta’sir etadi. 
Iqlimshunoslik qadimiy fanlarning bir turi bo‘lib, olimlar quruvchilar, sayohatchilar, 
dengizchilar va tijoratchilar, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanib kelgan 
butun insoniyat tomonidan qullanilib kelingan. 
Eramizdan III-asr ilgari yashab o‘tgan grek tarixchisi va geografi Gerodot Kavkaz 
iqlimi bilan Gretsiya iqlimini solishtirgan. Eramizdan ilgari II-asrda yashagan grek 
olimi va faylasufi Aflotun (Aristotel) “Meteorologiya” kitobida atmosfera iqlimi 
haqida qimmatli ilmiy ma’lumotlar qoldirgan. 
Ensiklopedik olim A.R.Beruniy “Hindiston” deb ataluvchi kitobida va boshqa 
asarlarida iqlim to‘g‘risida avlodlar uchun bebaho ma’lumotlar yozib qoldirgan. 
Iqlimshunoslik insonlarning tabiiy ehtiyoji va yashash shart-sharoitlari talabi orqali 
vujudga kelgan. 
Bino xonalarida insonlarga yashash va ishlashi uchun mo‘‘tadil iqlim sharoitini 
yaratish uchun quyidagi tabiiy iqlim ko‘rsat-kichlarini e’tiborga olish kerak: havo 
harorati va namligi, shamol tezligi va takrorlanishi, quyosh radiatsiyasi va 
yog‘ingarchiliklar. 
Binolarni loyihalashda iqlim ko‘rsatkichlarining ta’siri to‘g‘risida qurilish 
iqlimshunosligi shug‘ullanadi. 
Qurilsh iqlimshunosligini rivojlantirishda B.F.Vasilev, A.V.Ershov, V.M.Ilinskiy, 
M.V.Zavarina, R.Leru kabi olimlarning xizmati kattadir. 
Hozirgi davrda er sathining iqlimini kuzatib o‘rganish uchun dunyoda yuzlab 
metrologik stansiyalar ishlab turibdi. Bundan tashqari kosmosdan ham er sathidagi 
iqlim muntazam kuzatilib, o‘rganilib borilmoqda. 
1936 yilgacha sobiq ittifoqda va O‘rta Osiyoda metrologik stansiyalarda bir sutkada 3 
marta iqlim kuzatilgan. 1936-1965 yilgacha bir sutkada to‘rt marta iqlim kuzatilgan 
bo‘lsa, 1965 yildan hozirgi davrgacha bir sutkada sakkiz marta er sathida iqlim 
kuzatiladi. 
Tekis vodiyda 50-60 km. masofada havoning harorati kuzatiladi. YOg‘ingarchilik 
to‘g‘risida ma’lumotlar olish uchun bu masofa yanada qisqa bo‘lishi kerak, chunki 
yomg‘ir, qor, do‘l, tuman va boshqalar kichik maydonlarda kuzatiladi. 


26
O‘rta Osiyo iqlimi quruq va kontinentaldir. O‘rta Osiyoda ba’zi joylarning iqlimi 
kam o‘rganilgan. Buni sobiq ittifoqning ilovada keltirilgan, iqlim rayonlari kartasidan 
ham ko‘rish mumkin. 
SHu sababli O‘rta Osiyo iqlimi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar to‘plash va ularni 
o‘rganish ko‘p mehnat talab qiladi. SamDAQI ning bir guruh olimlari tomonidan 
ushbu ilmiy yo‘nalish bo‘yicha ham tadqiqotlar olib borilmoqda. 

Download 12.71 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81




Download 12.71 Mb.
Pdf ko'rish