• Biogaz olishning qadimiy Xitoy uskunasi
  • Biogazni kelib chiqish tarixi




    Download 1.17 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/6
    Sana16.03.2023
    Hajmi1.17 Mb.
    #45660
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Biogaz haqida tushuncha
    Bioxilma-xillikni saqlash masalalari. Reja, Tat, Makroiqtisodiyot tahlili va pragnozlash, Nizomiy nomidagi toshkent davlat, MENGA JUDA ZARUR, курс иши баённомаси (1), ЮТУҚЛАР РЎЙХАТИ , 4-kurslarga buyruqdan ko\'chirma (5), Andijon davlat universiteti rektori, METHODOLOGY GUIDE, iqtisodda tezis, 11-sinf darslik 2018, sintaktik aloqa, pratsedura, foydalanuvchim prat va funk
    Biogazni kelib chiqish tarixi

    Biogaz texnologiyasidan dastlab eramizdan avvalgi XVII asrda Xitoy, Hindiston, Assiriya 
    va Persiya davlatlarida turli xil ko’rinishlarda foydalanishganligi qayd etiladi. Ammo, 
    oradan 3,5 ming yil o’tgachgina ya’ni XVIII asrdagina biogaz texnologiyasi bo’yicha tizimli 
    ilmiy tadqiqotlar boshlandi.

    Bu haqida dastlabki ma’lumotlar 1764 yilda Bendjamin Franklinning Djozefu Pristliga 
    AQSH dagi Nyu Djersi shtatida amalga oshirgan tajribalari haqida yozgan xatida 
    uchraydi.
    Biogaz olishning qadimiy Xitoy uskunasi



    1776-yilda Aleksandr Volt botqoqlikdan alangalanuvchi gaz hosil bo’lishini va 
    buning metan gazi ekanligini ilmiy isbotlab berdi. 1804-yilda esa metan gazining 
    formulasini Dalton ochdi va shundan so’nggina biogaz bo’yicha amaliy tadqiqotlar 
    boshlandi.

    Biogaz hosil bo’lishini o’rganishda Rossiyalik olimlarning hissasi katta bo’ldi, 
    jumladan Popov 1875-yilda haroratning ajraladigan gaz miqdoriga ta’sirini o’rganib 
    chiqdi. Natijada, biogaz ajralishi 3
    0
    C dan boshlanib harorat 60 gacha oshirilganda, 
    ajraladigan gaz miqdori oshishi ammo gaz tarkibi o’zgarishsiz qolishini aniqladi 
    (metan-65%, karbonat angidrid -30%, oltingugurt -1% va juda kam miqdorda azot
    kislorod, vodorod).

    V.L.Omelyanskiy esa anaerob bijg’ish jarayonining tabiati va unda ishtirok etuvchi 
    bakteriyalarni mukammal o’rganib chiqdi. 1881-yildan boshlab yevropalik olimlar 
    binolarni qizdirish va ko’chalarni yoritishda biogazdan foydalanish bo’yicha amaliy 
    tajribalarni boshlab yubordilar.

    1895-yilda Ekseter shahrida oqova suvni yopiq idishlarda bijg’itish orqali biogaz 
    olinib, ko’cha chiroqlari yoritila boshlandi. Oradan ikki yil o’tib, Bombeyda biogaz 
    olinib, kollktorlarda saqlanayotganligi va motor yoqilg’isi sifatida turli xil 
    dvigatellarda foydalanish mumkinligi to’g’risida ma’lumotlar chop etildi.

    Germaniyalik olimlar Imxoff va Blanklar 1914-1921-yillarda bijg’ish amalga 
    oshadigan idishni qizdirish orqali jarayonni tezlashtirish va biogaz miqdorini 
    oshirish mumkinligini isbotlab berishdi.

    Yevropada biogaz uskunasidan keng ko’lamda foydalanish ikkinchi jahon urushi 
    davrida paydo bo’lgan yoqilg’i tanqisligi muammosidan keyingina rivojlandi. 
    Ammo ushbu uskunalar takomillashmaganligi va bijg’ish uchun mo’tadil sharoitlar 
    tanlanmaganligi sabab yetarli samara bermadi.




    Download 1.17 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1.17 Mb.
    Pdf ko'rish