Biologik xususiyatlari. Chigitning hayot faoliyati boshlanishi uchun minimal harorat 10—12° hisoblanadi. Yetarli namlik, aeratsiya, yorugʻlik boʻlganda harorat 13—14° da murtak una boshlaydi; chigit ekilgandan 5—7—15 kun keyin nihollar qiygʻos toʻliq unib chiqadi. Nihollar unib chiqqandan taxminan bir oy oʻtgach, birinchi shona hosil boʻladi, yana 25—30 qundan keyin gul koʻrinadi. Gʻ. Oʻzidan changlanadigan oʻsimlik (chetdan changlanish kamdan-kam kuzatiladi). Navning biologik xususiyatlariga qarab, gullagandan 50—60 kun keyin birinchi koʻsak pishib ochiladi. Vegetatsiya davri oʻrtacha 110—145 kun davom etadi. Vegetatsiya davrida Gʻ.ga (gʻoʻza navi va oʻstirish rayoniga qarab) jami 3100°—4900° faol (1700-2200° samarador) harorat zarur. —1—2° da nihollari nobud boʻladi. Oʻsish, rivojlanish va hosil toʻplash uchun sutkalik oʻrtacha harorat 25—30° optimal hisoblanadi. Gʻ. qisqa kun oʻsimligi, lekin 13—15 soatlik yorugʻ kunda ham normal oʻsib rivojlanadi. [[Gullash va hosil toʻplash davrida maksimal suv talab qiladi. Suvga boʻlgan umumiy talab gektariga 8—10 ming m3ni tashkil kiladi. Gʻ. sur, qumloq va oʻtloqibotqoqi va boshqa har xil tuproqlarda oʻsib rivojlanishi mumkin, lekin soya joy, namni yoqtirmaydi, quchli shamolga, ayniqsa, garmselga chidamsiz. Shoʻrlangan tuproqlarda oʻsmaydi.
Xoʻjalik ahamiyati. Gʻ. qimmatlitexnika oʻsimli-gi; Gʻ.dan olinadigan mahsulotlardan toʻqimachilik, tikuvchilik, kimyo, aviatsiya, avtomobil, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida keng foydalaniladi. Paxta tolasidan kiyim-kechak va texnika gazlamalari tayyorlanadi. Chigitidan lingp, paxsha moyi, kunjara, shulxa, shrot olinadi. Paxta moyi (chigit tarkibida 22—29%) qimmatli oziq mahsuloti boʻlib, glitserid, Ye, A vitaminlari va D provitamini hamda linolat kislotaga boy. Paxta shulxasi va shroti chorvachilik uchun yuqori sifatli toʻyimli ozuqa hisoblanadi. Paxta shrotidan ajratib olingan oqsilli ozuqa yosh hayvonlarga sut oʻrnida beriladi. Gʻoʻzapoyadan sellyuloza, qogʻoz, karton, mebellar uchun plita materiallari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Barglaridan limon, olma kislotalari, oʻsish stimulyatorlari olinadi, chanoqlari ksilit ishlab chiqarishga yaraydi.
Yetishtirish texn ol ogiyas i. Gʻ. almashlab ekish dalalariga ekiladi, ulardan gʻoʻza-beda va gʻoʻza-don al-mashib ekish keng tarqalgan. Agrotexnika tadbirlari orasida kimyolashtirish muhim oʻrin egallaydi. Mineral oʻgʻitlar normalari, ularning nisbati tuproqiqlim zonalariga, dala sharoitiga, nav va uning hosildorligiga bogʻliq. Oʻrta tolali Gʻ. 1 t paxta toʻplashi uchun tuproqdan 50–60 kg azot va kaliy, 12–20 kg fosfor; ingichka tolali Gʻ. esa oziq moddalarni bunga nisbatan 20 — 25% koʻproq oladi. Mikroelementlar (bor, marganets, rux, mis, molib-den), organik va mahalliy oʻgʻitlar ishlatiladi. Chigit ekish tuproq harorati 10 kun davomida 12—14° boʻlganda mart oxiri—aprel boshlarida boshlanadi. Ekishda tuksizlantirilgan (chigitni aniq ekish) yoki tukdor chigitlardan foydalaniladi. Qoʻsh qatorlab, keng qatorlab (qator orasi 60, 90 sm) ekiladi. Koʻchat qalinligi tuproq sharoitlari va navning biologik xususiyatlariga qarab har gektarda 110—170 minggacha niholni tashkil etadi. Oʻrta Osiyoda Gʻ. faqat sugʻoriladigan zonalarda ekiladi.
Hosilni yigʻib olish paxta terish mashinalariga moʻljallangan dalalarda defoliatsiya yoki desikatsiya qilingandan keyin boshlanadi. Gʻ. agrotexnikasining barcha kompleksi, paxtani terib olish, qisman sugʻorish va boshqa baʼzi agrousullar mexanizatsiyalashtirilgan.
Navlari. 20-asrning 20-yillaridan boshlab Oʻzbekistonda 800 dan ortiq Gʻ. navlari yaratildi, shundan 130 ga yaqini rayonlashtirildi (oʻrta tolali navlardan 80 ta, ingichka tolali navlardan 50 ta). 90-yildan boshlab eki-layotgan asosiy navlari: oʻrta tolali gʻoʻza navlaridan S—4727, S—6524, 175—F, An—Boyovut 2, Namangan 77, Oq oltin, ANOʻzbekiston 3, Toshkent 6, Chimboy 3010, 138—F, Qirgʻiziston 3, Yulduz, Buxoro 6 va boshqa; ingichka tolali navlardan Termiz 24, Ter-miz 31, Surxon 5, 6249-V, 9883-I, 9871-I,S-6037, 6465-V va boshqa
|