|
Biologiya (2) — копия cdrBog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGI
gеomеtrik shakl (blok) ma`lum ma`noni anglatadi. Bloklar o`zaro
strеlkalar yordamida bog`lanadi.
Agar masalani blok-sxеma shaklidagi yechish algoritmi bеrilgan
bo`lsa, undan foydalanib dastur tuzish osonlashadi. Buning uchun har
bir blokni shu til qoidalari asosida ko`chirib yozish yetarli.
3-MAVZU: KOMPYUTERLARNING UMUMIY
MA’LUMOTI VA TASNIFI. AVTOMATLASHTIRILGAN
BOSHQARUV TIZIMLARIDA HISOBLASH
TEXNIKASINING ROLI.
Kompyuter (ing. computer — hisoblayman), EHM (
Elektron
Hisoblash Mashinasi
) — oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha
ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan
bir xildagi atama. Birok, K. hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning
funksiyasi ancha keng . EHMlarning rivojlanishida K. ning bir necha
avlodlarini koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-
texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur taʼminoti, texnik
tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan
farq qiladi. K.ning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy
element elektron lampa boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi.
Soʻngra bu lampa oʻrnida tranzistorlar ishlatilgan K. (Razdan-2, M-220,
Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan K. (IBM-360,
1BM-370, (AQSH), YESEVM (Rossiya) va boshqa, integratsiya darajasi
katta boʻlgan integral sxemalar urnatilgan shaxsiy K.lar paydo boʻldi.
Shaxsiy K. (mikro va -mikro EHM) tushunchasi 20-asr 70-yillar
oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy K.ning keyingi
avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanildi; ularning
hajmi kitob kattaligidek hajmgacha kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha
kamaydi. 1981 yil IBM (Ay-Bi-Em) firmasi shaxsiy K.ning yanada
takomillashgan modellarini ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik boshqa
firmalar IBM bilan PC biriktirilgan K.ni, Apple firmasi esa Macintosh
("Makintosh") yoki oddiygina "maki" deb ataladigan K. ni yaratishdi. 21-
asr boshlarida dunyoda oʻnlab mln. shaxsiy K.lar, 1 mln.ga yaqin EHM
(shu jumladan, bir necha oʻn superEHM) boʻlgan. K.lar masalalarni
yechishda foydalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va
|
| |