|
Biologiya (2) — копия cdrBog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGI
tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Murakkab masalalarni yechishda
kuchli qurilmalar oʻrnatilgan K.dan, xujjatlarni bosishda harf bosish
qurilmasi boʻlgan K.dan foydalaniladi. Istalgan K. tizimlar bloki, monitor
va klaviaturadan iborat boʻladi. Kerak boʻlganda bulardan tashqari
boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar bloki da K.ning ishlashi uchun
zarur muhim qismlar (diskni yuritkich, vinchester — qattiq disk, mantiqiy
amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) boʻlib, unga qolgan qurilmalar
ulanadi. Monitor {displey) matn va turli tasvir kurinishidagi axborotlarni
ekranda aks ettiradi. Klaviatura K.ga buyruq va turli axborotlarni kiritadi.
Koʻpincha, K. tarkibiga "sichqon" manipulyatori va printer kiritiladi.
"Sichqon" ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib,
uning yordamida K. ishini osonlashtiradi. Printer esa axborotlarni
qogʻozga tushirish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy K.lar, asosan, toʻrt
qurilma: boshqarish, protsessor, xotira va kiritish-chiqarish
qurilmalaridan iborat. Boshqarish qurilmasi K.ning barcha qurilmalari
ishini muvofiklashtiradi va boshqaradi. Protsessor K.ning asosiy
qurilmasi boʻlib, axborotlarga ishlov beradi, yaʼni hisoblash amallari,
solishtirish va uzatish kabi arifmetikmantiqiy amallarni bajaradi. Bu
qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi. Xotira
qurilmasi axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat
qiladi. Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat
saqlanadigan axborotlar tashqi xotira (disketalar)da saqlanadi. Ichki va
tashqi xotiralarda axborot almashinuvi kiritish - ch iqarish qurilmalari
yordamida amalga oshiriladi.
K. oʻyinlari ham keng tarqalgan. Ularning mingdan ortiq xili mavjud;
ular yordamida koʻp narsalarni amaliy bilib olish va amaliy tajribalarni
orttirish mumkin (qarang Kompyuter oʻyinlari). K.ning universalligi
axborotni aniq maqsad yoʻlida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining
turli sohalarida ishlab chiqarishni tubdan oʻzgartirishga, kishilarning
ishini osonlashtirishga imkon beradi. Ob-havoni oldindan aytib berishda
meteostansiyalar va sunʼiy yoʻldoshlardan keladigan axborotlarni yigʻib
va tahlil qilib, juda katta hisoblash ishlarini bajaradi va inson uchun qulay
boʻlgan shaklda ifodalaydi (qarang Intranet, Internet, Kompyuter
tarmogʻi).
|
| |