|
Biologiya (2) — копия cdrBog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGI
Kompyuterning asosiy qurilmalariga sistema bloki, monitor va
klaviatura kiradi. Qo‘shimcha qurilmalarga sichqoncha manipulyatori,
printer, plotter, skaner, modem, web-kamera va boshqalar misol bo‘ladi.
Sistema bloki, asosan, g’ilof, asosiy plata (ona plata yoki sistema
platasi), protsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat blokidan
iborat.
Asosiy plata yaxlit asosga yig’ilgan elektron sxemalar bo‘lib, unga
ba’zi qurilmalar axborot almashish sistema magistrali – shinalar
(simlarining o‘ramlari) yordamida bog’lanadi. Shinalar kompyuter-ning
hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishida uch xil
shina xizmat ko‘rsatadi: berilganlar (berilgan ma’lumotlar) shinasi,
adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Asosiy platada mikroprotsessor,
xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va tarmoq platalari ham
joylashadi. Ular asosiy plataning maxsus slot (qirqim)lariga ulanadi.
Diskyurituvchi, printer, flash-xotira kabi qurilmalar portlar deb
yuritiluvchi asosiy platadagi maxsus joylarga ulanadi. Bu qurilmalarni
boshqarish uchun asosiy platada kontrollerlar deb ataluvchi elektron
sxemalar mavjud. Portlar parallel (LPT), ketma-ket (COM) va universal
ketma-ket (USB) turlarga bo‘linadi. Ketma-ket port protsesordan
ma’lumotlarni baytlarda oladi va qurilmalarga bitlarda uzatadi, paralelel
port esa baytlarda olib baytlarda uzatadi. Odatda, sichqoncha va
modem ketma-ket portlarga, printer parallel portga ulanadi. Juda ko‘p
asosiy platalarda sichqoncha va klaviatura doiracha shaklidagi PS/2
bo‘lmaga ulanadi. Hozirgi kunda universal ketma-ket portga
sichqoncha, klaviatura va boshqa qurilmalarni ulash imkoni bor.
Odatda, asosiy plataning ajralmas qismi sifatida qaraladigan doimiy
xotira qurilmasi (DXQ, ing. ROM – Read Only Memory – faqat o‘qish
uchun xotira) mikrosxema ko‘rinishida tashkil etilgan bo‘lib, quvvat
manbaiga bog’liq bo‘lmagan holda ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat
qiladi. Doimiy xotira qurilmasida kompyuterning kiritish-chiqarish asosiy
sistemasi (BIOS – Basic Input-Output System) haqidagi doimiy axborot
saqlanadi.
Protsessorni mikroprotsessor yoki CPU (ya’ni, Central Processing
Unit - markaziy protsessor) deb ham atashadi. Protsessor arifmetik va
mantiqiy amallar bajaradi, xotira bilan bog‘lanadi va barcha qurilmalar
ishini boshqaradi.
|
| |