Biologiya (2) — копия cdr




Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/192
Sana07.06.2024
Hajmi5,73 Mb.
#261392
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   192
Bog'liq
AXBOROT XAVFSIZLIGI

 
 
 
 
Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini kvadratdan ham 
kichik yuzali yagona yarim o‘tkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) 
joylashgan millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topgan 
mikroprotsessor, ya‘ni o‘ta zich integral sxema, bajarmoqda. Misol 
sifatida ko‘radigan bo‘lsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori o‘z ichida 
5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi. 
Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va raz-
ryadlar soni bilan belgilanadi. Tezlik protsessorning 1 sekundda bajargan 
amallar miqdori bilan belgilanadi va Gs (gers) bilan ifodalanadi. Masalan, 
i8086 protsessori 10 MGs (sekundiga 10 million amal) tezlikka ega bo‘lsa, 
Intel Pentium IV protsessori uchun bu ko‘rsatkich 1700 MGs va undan 
yuqoridir. Protsessorning razryadlari soni uning bir vaqtning o‘zida 
baravariga ishlashi mumkin bo‘lgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi. 
Hozirgi kunda 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng 
qo‘llanilmoqda. Protsessorning tezligini oshirish maqsadida hozirgi 
vaqtda kesh-xotira, turli matematik soprotsessorlar kabi vositalardan 
foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Shu kunlarda protsessorlarning ko‘p 
yadroli turlari ishlatilmoqda. 
Protsessor, asosan, quyidagi qismlardan iborat: 

arifmetik-mantiqiy qurilma; 

ma’lumotlar va adreslar shinasi; 

registrlar; 

buyruq jamlagichi; 

kesh, ya’ni kichik hajmli o‘ta tezkor xotira; 

qo‘zg’aluvchan vergulli sonlar matematik soprotsessori. 
Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi, ushbu protsessor 16 
razryadli berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega 
ekanligini, ya’ni bir vaqtning o‘zida 16 bit axborot va 2
32
= 4 Gbayt 
hajmdagi adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash imkoniyati mavjudligini 
bildiradi. 
Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan 
dasturdan navbatdagi buyruqni o‘qish va bajarish, natijani yozib qo‘yish 
hamda keyingi bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi 
jarayondir. Bundan tashqari protsessor dastur mazmunidagi boshqa-
rishni amalga oshirish, ma’lumotlarni zarur joydan o‘qish, lozim joyga 



Download 5,73 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   192




Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish