|
Biologiya (2) — копия cdrBog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGI
mikroprotsessoriga ega bo‘lib, tovushni kiritishda analog-raqamli
o‘zgartirish va chiqarishida diskret-analogli o‘zgartirishni ta’minlaydi.
Video-plata (ing. Graphics adapter) – murakkab tasvirlar va
millionlab ranglarni qayta ishlashni ta’minlab beruvchi plata. Bu plata o‘z
mikroprotsessori va tezkor xotirasiga ega bo‘ladi. Zamonaviy video-
karta hajmli va uch o‘lchovli grafika bilan ishlash imkoniyatiga ega.
Hozirgi kundagi juda ko‘p dasturlar va o‘yinlar 64 Mb yoki 128 Mb
sig’imli video-kartalar bilangina ishlaydi.
4-MAVZU: KOMPYUTERNING MANTIQIY QURIL-
MASI VA ARXITEKTURASI. KOMPYUTERNING APPARAT
TA’MINOTI. PERIFERIYA QURILMALARI
1.
Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti
Shaxsiy kompyuterning foydalanuvchi uchun qulay va samarador
bo‘lishi unda qanday dasturiy ta‘minoti mavjudligi bilan aniqlanadi.
Lekin dasturiy ta‘minotning qanday turlari foydalanuvchi uchun zarur
bo‘lishi uning qaysi soxada faoliyat kqrsatishi bilan aniqlanadi.
Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta‘minoti xususiy EXM-larni
qo‘llash samaradorligini oshirish, undan foydalanishni osonlashtirish va
foydalanuvchilar dasturlarini tayyorlashning mehnat sarfini kamaytirishi
uchun mo‘ljallangan dasturlar sistemasidan iborat.
Shaxsiy kompyuter dasturlar ta‘minotining to‘plami quyidagi
guruxlarga ajraladi:
1. Tizimli dasturlar
2. Amaliy dasturlar
3. Dasturlashtirish muhiti Kompyuterda har xil turdagi ma‘lumotlar
saqlanadi. Ular bilan ishlash uchun biz har xil maxsus dasturlar bilan
foydalanishimiz zarur, chunki kompyuter uzi hech qanaqa harakatlar
bajarmaydi u faqat bizning buyruklarimizni va ko‘rsatmalarimizni
bajaradi. Buyruklar va ko‘rsatmalar ketmaketligi esa dastur deb
nomlanadi (dastur tushunchasi yuqoridagi mavzularda utilgan).
Dasturlar 3 turga bulinadi:
1)
Tizimli (tizim) dasturlar. Tizimli dasturlar bu kompyuter ishini
boshqaruvchi va har xil yordamchi amallarni bajaruvchi dasturlar.
|
| |