Biologiya (2) — копия cdr




Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/192
Sana07.06.2024
Hajmi5,73 Mb.
#261392
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   192
Bog'liq
AXBOROT XAVFSIZLIGI

 
 
 
 
yozish, kerak joyga uzatish, boshqa qurilmalarning ishlashini 
muvofiqlashtirish vazifasini ham bajaradi. 
Demak, protsessor berilgan dastur va zarur ma’lumotlar asosida 
inson aralashuvisiz kompyuterning avtomatik ishlashini ta’minlovchi 
qurilma ekan. 
Tezkor xotira qurilmasida (TXQ) ishlash jarayonida protsessor 
foydalanadigan barcha axborotlar va dasturlar saqlanadi. Uni tezkor 
deyilishiga sabab boshqa xotiralarga nisbatan axborot almashinuvi 
minglab yoki millionlab marotaba tezdir. Tezkor xotira qurilmasida 
saqlanayotgan ma’lumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki 
qayta yuklanganda o‘chib ketadi. 
Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. Registr – 
ma‘lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun 
mo‘ljallangan qurilma. Har bir registr o‘z navbatida triggerlardan tashkil 
topadi. Trigger mitti elektron sxema bo‘lib, u elektr toki bilan 
zaryadlangan holda «1» ni, zaryadlanmagan holatda «0» ni ifodalaydi.
Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha razryadli 
ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi. 
Uyachalarning har bir razryadida bir bit axborot joylashadi (ya‘ni 0 yoki 
1). 8 bit axborot birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi.
Har bir bayt o‘z tartib raqamiga, ya‘ni adresiga ega bo‘ladi. 
Uyachaning sig‘imi mashina so‘zi uzunligini belgilab beradi. Mashina 
so‘zining uzunligi baytlarda o‘lchanadi. Mashina so‘zining uzunligi 2, 4, 
8 baytga teng bo‘lishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, to‘rt 
yoki sakkiz bayt birlashib, bitta mashina so‘zini tashkil etishi mumkin 
ekan. Har bir xotira uyachasi ham o‘z adresiga ega, u esa shu uya-
chadagi boshlang‘ich bayt adresi bilan ifodalanadi. Tezkor xotira 
qurilmasining boshqacha nomi – RAM (Random Access Memory – 
tanlov bo‘yicha ixtiyoriy kirishli xotira), chunki undagi istalgan adresli 
uyachaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish imkoniyati mavjud. 
Tovush, video va tarmoq platalari asosiy plataga joylashtirilgan yoki 
alohida bo‘lishi mumkin. Bu platalar protsessor ishini tezlashtirish 
hamda zaruriy sifat ko‘rsatkichiga erishish maqsadida ishlatiladi. 
Tovush platasi (ing. Sound adapter, adapter - moslashtiruvchi) – 
axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audioaxborotni tovushlarga 
aylantirib beruvchi qurilma. Qurilmaning chiqish qismiga ovoz 
kuchaytirgich yoki karnaylarni ulash mumkin. Tovush platasi o‘z 



Download 5,73 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   192




Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish