|
Biologiya (2) — копия cdrBog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGI
4-avlod
1975 -…
Katta
integral
sxema
1 sekundda
10
8
va yuqori
Rangli
grafik
displey
Ma’lumotla
r ombori,
ekspert
sistemasi
PRAVET
S, IBM,
Pentium
Narxi qimmat hamda o‘lchami katta EHMlarga ko‘p sonli
muhandislar va dasturchilar xizmat ko‘rsatishgan. Bunday hisoblash
mashinalarining oddiy inson xonadoniga kirib kelishi uchun narxini
arzonlashtirish, o‘lchamlarini kichiklashtirish, o‘rnatilgan dastur asosida
dasturchilarsiz mustaqil ishlatilishi mumkin bo‘lgan holatga keltirish
zarur bo‘ldi. Bu rivojlanish shaxsiy kompyuter (PC – Personal
Compyuter) atamasi bilan bog’langan.
Kompyuter deganda dastur asosida axborotlarni katta tezlikda
qayta ishlashni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish
mumkin.
Birinchi shaxsiy kompyuter 1973-yilda Fransiyada Truong Trong Ti
tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga mazkur shaxsiy kompyuter
elektron o‘yinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977-yilda
amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi «Apple Computer» firmasi
tomonidan mukammallashtirildi hamda dasturlarning katta majmuini
tatbiq etib ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlandi. Shundan beri
kompyuter hayotimizda mustahkam joylashib, axborotni qayta
ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi.
Hozirgi kunda xilma-xil zamonaviy kompyuterlar insonga xolis
xizmat qilmoqda. Ularning tashqi ko‘rinishlari ham turlicha. Lekin
kompyuterlarni tashkil etuvchi qurilmalar (ya’ni apparatli ta’minoti) bilan
yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda
o‘xshashlik borligini ko‘ramiz. Har qanday kompyuterning apparatli
ta’minoti asosiy va qo‘shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy
qurilmalar kompyuter ishlashini ta’minlasa, qo‘shimcha qurilmalar
kompyuterdan foydalanishda qulayliklar va qo‘shimcha imkoniyatlar
beradi.
|
| |