|
Biologiya o`quv xonasini jihozlash va uning ta`lim-tarbiya jarayonida tutgan o`rni
|
Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 305,97 Kb. | | #147828 |
Bog'liq Luqmonova Muxlisa BOM kamoliddin112-21 Qurilish qorishmalari texnologiyasi, 2-deadline, 8-amaliy mashg\'ulot, 1 - tajriba ishi, Mirsoliyeva Zulxumor Mavzu ; Inson borlig‘ining xususiyatlari falsafa, Test texnologiya, oVqf3heAMoIJF5r3uEfhi4twkLxlnLs6gknAvyOQ, 6-mavzu. O’zbеkiston еr rеsurslari va va muhofazasi, 1.18.-Yuksak-osimliklar, nodirbek (1) Biologiya o`quv xonasini jihozlash va uning ta`lim-tarbiya jarayonida tutgan o`rni Tayyorladi: Azimjonova S. U. Biologiya oʻquv dasturi asosida oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini egallash jarayoni, oʻquv faoliyatining asosiy qismi boʻlgan biologiya kabineti va uning jihozlanish darajasiga bogʻliq. Fanlarni chuqur oʻzlashtirish borasida oʻquvchilarga beriladigan bilim va koʻnikmalardan tashqari, uning tasavvurini shakllantirish uchun didaktik-koʻrgazmalarni takomillashtirish davr talabiga aylanib bormoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M.Mirziyoyev 2020-yil 12-avgustdagi ―Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi PQ-4805-sonli Qarorida ham biologiya fanini oʻqitish boʻyicha tegishli tashkilotlarga bir necha vazifalar yuklatildi. Qarorning ilova qismida ―Xalqaro tajriba, zamonaviy innovatsion texnologik jarayonlar va olimlarning fikrlaridan kelib chiqib, maktablarda tabiiy fanlarni oʻqitish uchun laboratoriya jihozlari boʻyicha yangi talablar yuzasidan takliflarni ishlab chiqish ham belgilandi. Biroq biologiya xonasi va laboratoriyasini zamonaviy, didaktik-koʻrgazmali koʻrsatmalar bilan jihozlanishiga boʻlgan talablar hali yetarlicha ishlab chiqilmadi. Psixologlar A.N. Leontiev, Naumov va boshqalar isbotladilarki, odam koʻrgan narsasining 50 foizini eslab qoladi, eshitgan narsasi esa atigi 20 foiz takrorlanadi, oʻqituvchilarni charchatmasdan, diqqatni darsning bir elementidan ikkinchisiga oʻtkazishga majbur qiladi ADABIYOTLAR SHARHI VA METODOLGIYA Oʻrta taʼlim tizimida Biologiya xonasining jihozlanishiga oid talablar masalasi bir qator tadqiqotchilar tomonidan ilmiy tahlil qilingan. Jumladan, rus tadqiqotchilardan A.I.Nikishov, V.M. Panamareva, V.M.Konstantinov va boshqalar biologiyani oʻqitishning oʻquv-moddiy bazasini oqilona tashkil etilgan va jihozlangan xona deb hisoblaydilar, unda oʻquv jihozlarini joylashtirish, saqlash va ishlatish uchun sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, tadqiqotchi G.T. Ruziyevaning maqolasida biologiya xonasini zamonaviy jihozlanishiga boʻlgan talablar hususida fikr bildirgan. Rossiya oʻquv muassalarida 10-11 sinflarda ―Umumiy biologiya‖ fanini oʻqitish boʻyicha Yu.V.Zotyevning koʻrsatmalari ham muhim xisoblanadi. Yuqorida keltirilgan tadqiqotlarda biologiya xonasini jihozlanishiga boʻlgan zamonaviy talablar haqida kompleks yoritilmagan. Shu bois, biologiya xonasini jihozlanishiga boʻlgan talablarni glaballashuv va modernizatsiyalashgan jamiyatlar negizi asosida tadqiq qilinmogʻi lozim. Biologiya xonasiga qoʻyilgan umumiy talablar: Biologiya kabineti biologiya oʻqitish jarayonini tashkil etish uchun moʻljallangan maxsus jihozlangan xonadir. Biologiya kabineti ham oʻziga xos tarixga ega. Dastlabki fan kabinetlari oʻsimlik gerbariylari va hayvonlarning mulyajlalarini shisha shkaflarga joylashtirgan muzeyga oʻxshardi. Umumtaʼlim maktablarida biologik taʼlimning samaradorligi darsda taʼlim jarayonini, sinfdan va sinfdan tashqari ishlarni, ekskursiyalarni talab darajasida tashkil etishga bogʻliq. Bu mashgʻulotlarni talab darajasida tashkil etish, avvalo, biologiya kabineti, laboratoriya, hayvonot olami burchaklarining toʻliq jihozlanishiga bogʻliq. Biologiya xonasi yaqinidagi foyeda iloji boricha tirik tabiat burchagini tashkil qilish mumkin. Maxsus joyni tashkil qilishda tirik organizmlarni saqlash va joylashtirish biologik talablarga javob berishini hisobga olish kerak. Har bir saqlanadigan oʻsimlik va hayvonning oldiga pasport qoʻyiladi. Bu tajriba va nazorat obyektlari boʻyicha maʼlumotlarni oʻlchash va qayd etish orqali tanishish, shuningdek kuzatishlar oʻtkazish imkoniyatini beradi, tirik tabiat burchagi talabalarda oʻsimliklar va hayvonlarni parvarish qilish boʻyicha mehnat madaniyatini: ijtimoiy_x0002_tashkiliy koʻnikmalar va ularga gʻamxoʻrlik bilan munosabatda boʻlishni tarbiyalaydi. ijtimoiy-maktab mulki oʻsimliklar va hayvonlarni parvarish qilish orqali ularni saqlash koʻpayish tuygʻusini shakllantirishga yordam beradi. NATIJALAR. Biologiya xonasining derazalaridan quyosh nuri tushishi kerak, chunki rang_x0002_barang xona, shuningdek, gullar oʻstirilishi va bezatilgani oʻquvchilarning tabiatga boʻlgan qiziqishini oshiradi. Xonani tematik ingl. Biologiya xonasini jihozlash va uni yil davomida boyitishini hisobga olish, uni doimo foydalanishga tayyor boʻlishini taʼminlash asosiy vazifalardan hisoblanadi. Biologiya - bu asosan tirik organizmlarni oʻrgatadigan fan. Biologiyani DTS talablari asosida oʻqitish koʻrgazmali va amaliy usullardan foydalanish asosida tirik organizmlar boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish imkonini beruvchi moddiy bazani yaratishni taqozo etadi. Biologiya xonasi 2 ta xonadan iborat boʻladi: dars xonasi, laboratoriya ishlari xonasi, zarur jihozlar, asboblar, buyumlar, stollar saqlanadigan ―tirik tabiat‖ xonasi. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining moddiy — texnika bazasini mustaxkamlash orqali oʻquvchilarda DTS talablariga mos holda bilimlar shakllantirish, koʻnikma va malakalarni tarkib toptirish jarayoniga amaliy metodik yordam koʻrsatish maqsadida ushbu metodik qoʻllanma tayyorlangan. Unga koʻra, Oʻzbekistondagi maktablarda biologiya xonasini jihozlanishiga quyidagi talablar keltirilgan: 1. Pedagogik talablar. 2. Ilmiy talablar. 3. Ruhiy-fiziologik talablar. 4. Xavfsizlik va gigiyena talablar. 5. Texnikaviy talablar E`tiboringiz E`tiboringiz uchun rahmat!
|
| |