Biologiyani o`qitishda bulutli texnologiyalarning ahamiyati jo`rayeva Dildora Yunusovna Navdpi, doktarant




Download 20,7 Kb.
Sana14.01.2024
Hajmi20,7 Kb.
#137220
Bog'liq
JO`rayeva D. Bulutli tex.ahamiyati.


BIOLOGIYANI O`QITISHDA BULUTLi TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
Jo`rayeva Dildora Yunusovna
NavDPI, doktarant
Annotatsiya: Ushbu tezisda axborot kommunikatsion texnolohiyalarining, xususan, bulutli texnologiyalarni biologik ta`limdagi ahamiyati haqida fikr yuritilgan.
Tayanch so`zlar: raqamli pedagogika, AKT, zamonaviy internet texnologiyalar, bulutli texnologiyalar
Аннотация: В данной статье рассматривается важность информационных и коммуникационных технологий, особенно облачных технологий, в биологическом образовании.
Ключевые слова: цифровая педагогика, ИКТ, современные интернет-технологии, облачные технологии.
Abstract: This thesis discusses the importance of information and communication technologies, especially cloud technologies, in biological education.
Key words: digital pedagogy, ICT, modern Internet technologies, cloud technologies.
XXI asr — yuqori texnologiyalar va ommaviy kommunikatsiyalar asri. Hozir hayotimizni elektron qurilmalarsiz tasavvur qilish qiyin. Kompyuter, noutbuk, planshet yoki hatto uyali telefon. Ushbu qurilmalar ko'plab odamlarning hayotini yaxshi tomonga o'zgartirib yubormoqda.
Shu o`rinda ta`lim jarayoniga ham Axborot kommunikatsion texnologiyalarining (AKT) shiddat bilan kirib kelishi bilan birga, ta`lim samaradorligida ham eng qulay vositalardan bo`lib hisoblanmoqda. Sababi, ta`lim tizimida ta`lim sifatini yaxshilashga qaratilgan raqamli o`qitish platformalari, axborot texnologiyalariga asoslangan ta`lim dasturlarining kundan kunga ko`plab yaratilishidir.
O`zbekiston ta`limiga ham shiddat bilan kirib kelayotgan shunday texnologiyalardan biri bulutli texnologiyalar ham zamonaviy bilim oluvchini bilim va ko`nikmalarni to`plabgina emas, balki mustaqil ravishda boshqa odamlar bilan birgalikda mazmunli maqsadlarni qo`yishi, o`z o`zini tarbiyalash vaziyatlarini yaratishi, vositalarini izlash va ishlab chiqarish muammolarini hal qilish usullaridan hisoblanadi
Bulut texnologiyasi bu ommabop texnologiya bo'lib, unda foydalanuvchilar Internet-platformada IT-resurslarda ma'lumotlar va resurslarni onlayn-serverda saqlaydigan va foydalanuvchi to'g'ridan-to'g'ri kompyuterning qattiq diskida saqlash o'rniga xavfsiz foydalanish uchun ishlatiladi. Bulutli texnologiyalarining yana bir yaxshi tarafi bu online serverlardan dunyonining xohlagan nuqtasida turib ma'lumotlarni kiritish yoki qabul qilish mumkin. Bulutli texnologiyalarning turli xil xizmatlari mavjud bo'lib, ular juda mashhur va bugungi kunda dunyoda keng qo'llanilayotgan katta hajmdagi saqlash va uni zaxiralash, dasturlarni sinash va texnik xizmat ko'rsatish, ma'lumotlarni tahlil qilish va kerakli dasturlarni yetkazib berish mumkin.
Ta'limda bulutli texnologiyalardan foydalanishga misol sifatida quyidagilarni aytish mumkin:
—elektron kundaliklar, jurnallar;
—talabalar va o'qituvchilar uchun shaxsiy hisoblar;
—interaktiv qabul qilish:
—o`quv topshiriqlari, uyga vazifalar hamda mustaqil ta`limni bajarish:
—talabalar ma'lumot almashishlari mumkin bo'lgan tematik forumlar;
—o'qituvchi yo'qligida yoki uning rahbarligida talabalar muayyan ta'lim muammolarini hal qilishlari mumkin bo'lgan ma'lumotlarni qidirish;
—bulutli ma'lumotlarni saqlash.
Ta'lim tizimida bulutli texnologiyalardan foydalanish ta'lim maydonini ochiq qilish imkonini beradi. Ta'lim jarayonida bulutli yechimlardan foydalanish imkoniyatini hisobga olgan holda, amalga oshirishning mumkin bo'lgan qiyinchiliklari va mavjud kamchiliklarni ta'kidlash kerak. Talabalarga o'qiladigan fan o'qituvchisi har doim ham ta'lim jarayonini ta'minlash vazifasining bir qismi sifatida bulutli resurslarni boshqarishga qodir emas. Tarmoq ulanishiga bog'liqlik mavjud va muhim ma'lumotlar bilan ishlashda mahalliy kompyuterlarda va portativ ommaviy axborot vositalarida zaxira nusxalarini yaratish kerak. Innovatsion IT-ilovalarga e'tibor qaratish lozim, masalan, hozirda ta'lim jarayonida foydalanish mumkin bo'lgan ko'plab bulutli xizmatlar mavjud. Google korporatsiyasi Internetga ulangan istalgan brauzer (Mozilla Firefox, Google Chrome, Opera, Internet Explorer va boshqalar) oynasida foydalanish mumkin bo'lgan ko'plab ilovalar va xizmatlarni ishlab chiqadi va taqdim etadi.
an'anaviy pedagogikadan XXI asrning raqamli pedagogikasiga raqamli ko'prik qurish, barcha uchun ochiq ta'limning yangi davrini boshlab berish bo'yicha butun pedagogik hamjamiyatning ishini hisobga olish zarur.
Aynan Biologiyani o`qitishda ham bulutli texnologiyalardan foydalanish talabalarga bir qancha qulayliklar va ijodiy erkinlikni namoyish etish imkonini beradi. Bunda ayrim talabalar bilan bajariladigan topshiriqlar xususiy bulutlarda (Private cloud), guruh holatda bajarilishi talab etiladigan vazifalar jamoaviy bulutlarda (Community cloud), ommaviy yo`nalishdagi topshiriq yoki ma`lumotlar ommaviy bulutlarda (Public cloud) tarqatilishi mumkin.
Biologiyadan bulutlarga joylashtirilgan o`quv, uy vazifalari va mustaqil bajarish uchun berilgan topshiriqlar ayniqsa tadqiqot harakterida bo`lsa, o`quvchini “keng maydon”da erkin, faol, kreativ yondashuvi va ijodiy qobilyatlarini shakllanishiga, hamda talabalarning keyingi faoliyatida ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug`ullanish, shu o`rinda ilmiy tadqiqot ishi davomida internet texnologiyalarga asoslanishi bir qancha qulaylik, tezkorlik, aniqlik, ma`lummotlarning saqlanishida va uzatilishida ishonchlilik yaratadi.
Hulosa o'rnida — axborot va kommunikatsion texnologiyalariga asoslangan innovatsion ta'lim texnologiyalari va didaktik modellarni ommaviy va samarali qo'llash orqali ta'lim tizimini raqamli avlodga moslashtirish zarur. Shu bilan birga, ta'lim jarayonida tadqiqotga asoslangan yondashuvdan faol foydalanish lozim va bu bilan ilmiy tadqiqotga talabalarning ko'nikmalarini rivojlantirish va IT-kompetensiyaga asoslangan ijodiy qobiliyatlarini va ijodiy fikrlashlarini shaklantirish mumkin.
Foydalingan adabiyotlar ro`yhati:

  1. Молодой ученый. Международный научный журнал. № 6 (401) / 2022

  2. http://www. cnews. ru/reviews/new/oblachnye servisy 2013/articles/zash chishchaem oblachnuyu sredu novye tehnologii bezopasnosti


Download 20,7 Kb.




Download 20,7 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biologiyani o`qitishda bulutli texnologiyalarning ahamiyati jo`rayeva Dildora Yunusovna Navdpi, doktarant

Download 20,7 Kb.