|
Biosfera. Biosferaning asosiy funksiyalari va tarkibi Reja: Biosfera haqida umumiy tushuncha
|
bet | 5/5 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 3,26 Mb. | | #242365 |
Bog'liq Biosfera. Biosferaning asosiy funksiyalari va tarkibiQuruqlik biomassasi. Qutblardan ekvatorgacha biomassa miqdori va turlar xilma-xilligi, hayot zichligi ortib boradi. Ekvator biotsenozlarida yashash joyi, oziq-ovqat, yorug‘lik, kislorod uchun kuchli raqobat kuzatiladi. Inson ta’sirida biomassa hosil bo‘ladigan maydonlar keskin o‘zgaradi. Quruqlik yuzasining asosiy qismini tuproq biogeotsenozlari egallaydi. Tuproq biogen va abiogen usulda hosil bo‘ladi, u anorganik va organik moddalardan tashkil topadi. Biosferadan tashqari tuproqning hosil bo‘lishi mumkin emas. Tog‘ jinslariga mikroorganizmlar o‘simlik va hayvonlarning ta’sirida Yerning tuproq qatlami asta-sekin shakllanadi. Organizmlar tarkibida to‘plangan biogen elementlar ular o‘lganidan keyin yana tuproq tarkibiga o‘tadi.
Tuproqda kechadigan jarayonlar moddalarning biosferadagi davriy aylanishining tarkibiy qismidir. Odamning xo‘jalik faoli- yati tuproq tarkibining o‘zgarishiga, undagi mikroorganizmlar nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Okean biomassasi. Suv biosferaning muhim tarkibiy qismla- ridan bo‘lib, tirik organizmlarning yashashi uchun eng zarur omillardan biri hisoblanadi. Suvning asosiy qismi okean va de- ngizlarda. Okean va dengiz suvlari tarkibiga 60 ga yaqin kimyo- viy elementlardan tashkil topgan mineral tuzlar kiradi. Organizmlar hayoti uchun zarur bo‘lgan kislorod va karbonat angidrid gazlari suvda yaxshi eriydi. Suvdagi hayvonlar nafas olishi jarayonida karbonat angidrid ajratadi, o‘simliklar esa fotosintez natijasida suvni kislorod bilan boyitadi.
Okean suvlarining 100 m gacha bo‘lgan yuqori qatlamida bir hujayrali suvo‘tlari va mikroorganizmlar ko‘p tarqalgan, ular mikroplanktonni (yunoncha planktos — sayyor, ko‘chib yuruvchi degan so‘zdan olingan hosil qiladi.
Sayyoramizdagi fotosintez jarayonining 30 foiziga yaqini suvda kechadi. Suvo‘tlari quyosh energiyasini o‘zlashtirib, kim- yoviy reaksiyalar energiyasiga aylantiradi. Suvda yashaydigan hayv onlarning oziqlanishida plankton asosiy ahamiyatga ega.
Suvning tubida hayot kechiradigan organizmlar bentos (yu- noncha bentos — chuqurdagi degan so‘zdan olingan) deb ataladi.
Okean tubidagi bakteriyalar organik moddalarni minerallashtirib, anorganik moddalarga aylantiradi.
Gidrosfera sayyoradagi issiqlik va namlikning taqsimlanishida, moddalarning aylanishida muhim rol o‘ynagani uchun o‘z navbatida biosferaga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Adabiyotlar
1. G’afurov A. T. Darvinizm Toshkent, o’qituvchi1992 yil.
2. Воронцов Н. П.,Сухорукова Л.Н. Эволюционная органического мира. М. Просвешение 1991
3. To’raqulov Yo. X. malekulyar biologiya. Toshkent, o’qituvchi1993 yil
4. Иорданскис Н. Н. Эволюция жизни. М.Издательский центр “Академия” 2001
5. Inge-Vechtomov S.G. Genetika s osnovami selektsii. Moskva., «Vsshaya shkola», 1989 g.
6. Lobashev M.Ye., Vatti K.V., Tixamirova M.M. Genetika s osnovami selektsii. Moskva, «Prosveshenie», 1979 god.
|
| |