|
Biosfera tirik moddasining funksiyalari
|
bet | 4/5 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 3,26 Mb. | | #242365 |
Bog'liq Biosfera. Biosferaning asosiy funksiyalari va tarkibiBiosfera tirik moddasining funksiyalari: 1. Gaz almashinish funksiyasi fotosintez va nafas olish jarayonlari natijasidir. Fotosintez va nafas olish natijasida atmosferada gazlar tarkibi idora qilinadi. Tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo‘lgan atmosfera ular faoliyati tufayli saqlanib turadi.
Konsentratsiyalash (jamg‘arish) funksiyasi — tirik organizmlarda atrof-muhitdagi kimyoviy elementlar to‘planadi. O‘simliklar tuproqdan, havodan kaliy, fosfor, azot, vodorod va uglerod kabi elementlarni olib organik moddalar tarkibiga kiritadi. Cho‘kma jinslar, bo‘r, ohak jinslari ham jamg‘arilish funksiyasining mahsulidir.
Oksidlanish-qaytarilish funksiyasi — o‘zgaruvchan valentlikka ega bo‘lgan kimyoviy elementlar— temir, oltingugurt, marganes, azot va boshqalarning aylanishlarini ta’minlaydi. Masalan, xemosintezlovchi bakteriyalar faoliyati natijasida H2S, temir rudasi, har xil azot oksidlari hosil bo‘ladi.
Biokimyoviy funksiyalar — tirik organizmlarning hayoti davomida oziqlanishi, nafas olishi, ko‘payishi, o‘lgan idan keyin parchalanishi va chirish jarayonlarini amalga oshir adi.
Biosferaning biomassasi. Biosferadagi tirik moddalarning umumiy massasi biomassa deyiladi. Hozirgi davrda Yerda yashaydigan o‘simliklarning 500 mingga yaqini, hayvonlar ning 2,0 milliondan ortiq turi aniqlangan. Shularning 93%i quruqlikda, 7% suvda yashaydi. Quyidagi jadvalda suvda va quruqlikdagi organizmlarning quruq massasi tonnalarda ifodalangan.
28-jadval Yerdagi organizmlar biomassasi
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, okeanlar yer yuzining 70 foizini egallashiga qaramasdan, uning biomassasi Yer biomassasin ing 0,13 foizini tashkil qiladi.
Quruqlikda o‘simliklar biomassasi (fitobiomassa) umumiy biomassaning 99 foizidan ortig‘ini tashkil etadi. Hayvonlar biomassasi (zoobiomassa) esa 1 foizdan ham kamroq.
Okeanlar biomassasining asosiy qismini (93,7%) zoobiomassa tashkil etadi.
|
| |