Ўқув фани ўқитилиши бўйича услубий кўрсатмалар




Download 73,08 Kb.
bet12/20
Sana14.01.2024
Hajmi73,08 Kb.
#137240
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Biotexnologiya asoslaridan Dasturlar o’quv-uslubiy majmua-fayllar.org

1.Ўқув фани ўқитилиши бўйича услубий кўрсатмалар

So‘nggi 50 yil mobaynida biotexnologiya taraqqiyoti yuksak darajaga chiqdi. 


Biotexnologiya rivojining hozirgi bosqichini revolyusion deb atash mumkin. Oxirgi yillarda
nuklein kislotalar strukturasi va funksiyasi, DNK restriksiyasi fermentlari, ularning 
hujayradagi ahamiyati gen muxandisligi usullari orqali aniqlandi, gibridomalar va monoklonal
antitelolar olindi, biotexnologik jarayonlarga kompyuter texnologiyalari tadbiq etila 
boshlandi. Insoniyatni tashvishga solib turgan eng yirik muammolar , jumladan, oziq-ovqat,
energetika, atrof-muhitni muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash kabilarni xal etishda 
biotexnologiya o‘zining salmoqli xissasini qo‘shib kelmoqda. Biotexnologiyaning ulkan
yutuqlari jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti uchun tezkor va samarali xizmat 
qilmoqda.
O‘zbekistonda ta’lim tizimining rivojlanishi sababli o‘quv tizimiga anchagina 
o‘zgartirishlar kirgizildi, jumladan O‘quv jarayoniga chet el olimlarining ilmiy izlanishlari
natijalari kiritilib, ular aks ettirilgan adabiyotlardan foydalanildi: Gary Walsh “Pharmaceutical 
biotechnology : concepts and applications” West Sussex PO19 8SQ, England 2007 y. 480p.,
Groves M.J. (ed.) “Pharmaceutical biotechnology”2-nd ed. Textbook. CRC Press Taylor & 
Francis Group, 2006. - 396 p.
Bu talabalarning o‘z navbatida chet el adabiyotlari bilan tanishish imkonini beradi. 
Shuni xisobga olgan xolda «Biotexnologiya asoslari» faniga xam ma’lum yangi mavzular
kiritildi. Bunda Farmatsevtika soxasi rivojlanayotgan ayni payitda biotexnologik 
preparatlarning bozori rivojlanib borayotganini ko‘rish mumkin.

Ta’lim maqsadi davr bilan, ijtimoiy hayot bilan uzviy bog‘liq. Ijtimoiy hayotdagi tub


burilishlar, fanning intensiv rivojlanishi, ta’lim modernizatsiyasi, yangi didaktik imkoniyatlar, 
insonparvarlashtirish shubhasiz ta’lim maqsadini ham tubdan o‘zgartirdi. Ta’lim maqsadining
tubdan o‘zgarishi ta’lim mazmunida o‘z ifodasini topadi.
Fanning vazifalari-talabalarga biotexnologiya ob’ektlari bilan ishlash shuningdek,
ushbu ob’ektlar bilan ishlash davomida biotexnologik usullardan oqilona foydalanish, gen 
muxandisligi, fermentlar muxandisligi nazariy bilimlari yordamida farmatsevtika sanoati
uchun kerakli biologik faol substansiyalarni tabiiy, ekologik toza xolda korxona miqyosida 
ishlab chiqarishni o‘rgatishdan iborat.
Fanni o‘qitishdan maqsad – umumiy biotexnologiya, uning predmeti, o‘rganish 
ob’ektlari, muammolari, sohalari haqida ma’lumot berish xamda egallangan bilimlar bo‘yicha
talabalarda ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. 

«Biotehnologiya asoslari» fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr:


-biotehnologiya haqida umumiy tushuncha, biotehnologiya ob'ektlari, ob'ektlarni 
tanlash va biotehnologiya usullari haqida bilimlarga ega bo'lishi kerak;


Biotexnologiya asoslaridan Dasturlar


o’quv-uslubiy majmua 

219 


- biotehnologiya usullaridan gen muhandisligi, uning kelib chiqishi, hozirgi zamonaviy 
rivojlanish yo'nalishlarini bilishi kerak;
- biotehnologiyaning mahsus boblari haqida etarlicha bilimlarga ega bo‘lishi kerak; 
- biotexnologiya taraqqiyotida fundamental tadqiqotlarning roli, shuningdek,
biotexnologiyaning yo‘nalishlaridan biri – enzimologiya sohasidagi fundamental tadqiqotlar 
natijalari bilan tanishadi;
-virus, hujayra va to‘qima tuzilishiga oid fundamental tadqiqotlar natijalari bilan 
tanishadi;
- genetika va molekulyar biologiya sohasidagi fundamental tadqiqotlar; 
- biotexnologiya sanoatida qo‘llaniladigan apparatlar va jarayonlar bilan tanishadi;
- biotexnologik mahsulotlar uchun GMP va GLP sistemalari bilan tanishadi; 



Download 73,08 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Download 73,08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўқув фани ўқитилиши бўйича услубий кўрсатмалар

Download 73,08 Kb.