• Bo‘lim
  • Klassifikatsiyasi. Muhim vakillari




    Download 0,76 Mb.
    bet6/204
    Sana07.06.2024
    Hajmi0,76 Mb.
    #261363
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204
    Bog'liq
    Mikologiya algologiya majmua 2020 SamVMI

    Klassifikatsiyasi. Muhim vakillari.
    Ko‘k - yashil suvo‘ttoifalari uchta ajdodga bo‘linadi:
    Xrokokksimonlar - Chrococcopsida
    Xamesifonsimonlar - Chamesiphonopsida
    Gormogonsimonlar - Hormogoniopsida
    Xrokokksimonlar ajdodi – Chrococcopsida
    Klassifikatsiya:
    Bo‘lim: Ko‘k – yashil suvo‘ttoifalar – Cyanophyta
    Ajdod: Xrokokksimonlar– Chrococcopsida
    Turkum: Mikrotsistlar – Microsystis
    Turkum: Gleokapsa – Gleocapsa
    Turkum: Merismopediya – Merismopedia
    Bu ajdod asosan kolonial, ba’zan bir hujayrali suvo‘t formalarni o‘z ichiga oladi. Hujayralari bazal va apekal qismlariga differensiallashgandir. Ko‘payishi hujayralarning teng bo‘linishi natijasida sodir bo‘ladi. Bo‘lingan hujayra ajralib ketmasa shilimshiq parda bilan o‘ralib, koloniya hosil qiladi. Koloniyaning shakli dumaloq, sharsimon yoki yassi – plastinkasimon bo‘lishi mumkin. Bu ajdod vakillari bir necha qabila va turkumlarga bo‘linadi. Biz eng muhim turkumlari bilan tanishamiz. Mikrotsistlar Microsystis – chuchuk suvo‘tlarda plankton holatda keng tarqalgan bo‘lib, rivojlanish paytida suvning “gullashi” ni hosil qiladi. Hujayra shakli sharsimon bo‘lib bunday hujayra har tomonlama bo‘linib aniq shaklga ega bo‘lmagan shilimshiqli koloniya hosil qiladi. Mikrotsistis turlari ko‘l suvlarini organik moddalardan tozalashda muhim rol o‘ynaydi va suvdagi mikroorganizmlarga oziq hisoblanadi. Ba’zi turlari, masalan, Janubiy Amerikada uchraydigan M. toxica hayvonlar uchun zaharli hisoblanadi. Gleokapsa turkumi (Gleocapsa). Bu turkumga bir hujayrali va koloniya shaklidagi vakillari kiradi. Ular suvda erkin yoki substratga yopishib o‘sadi. Hujayra shakli sharsimon, bir yoki ko‘p qavatli shilimshiq parda bilan o‘ralgan.
    Merismopediya turkumi (Merismopedia)ning turlari to‘xtab qolgan chuchuk suvlarda plankton holda boshqa suvo‘tlari bilan birgalikda o‘sadi. Sharsimon hujayra ikkita kichkina ko‘lchacha shaklida bo‘lib, bir necha marta bo‘linib, yassi koloniya hosil qiladi.

    Download 0,76 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204




    Download 0,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Klassifikatsiyasi. Muhim vakillari

    Download 0,76 Mb.