• Jinsiy ko‘payish
  • Jinssiz ko‘payish maxsus sporalar yordamida sodir bo‘ladi. Ko‘pchilik suvo‘ttoifalarida jinssiz ko‘payish zoosporalar




    Download 0,76 Mb.
    bet4/204
    Sana07.06.2024
    Hajmi0,76 Mb.
    #261363
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204
    Bog'liq
    Mikologiya algologiya majmua 2020 SamVMI

    Jinssiz ko‘payish maxsus sporalar yordamida sodir bo‘ladi. Ko‘pchilik suvo‘ttoifalarida jinssiz ko‘payish zoosporalar vositasida bo‘ladi. Zoospora yalang‘och, protoplazma, bitta yoki bir qancha yadro va xromotoforaga ega. Zoospora monad shaklida, u harakatchan, uni harakati (1-2-4) xivchinlari yordamida bo‘ladi. Edogonium degan ipsimon suvo‘tning hujayrasidan bitta yirik zoospora, boshqa suvo‘ttoifalarning hujayrasi bir necha marta bo‘linib, ikki, to‘rt, sakkiz va undan ham ortiq zoosporalar hosil qiladi. Ko‘pchilik suvo‘ttoifalarda zoospora hosil qiluvchi hujayra, differensiyalanmagan, lekin yashil suvo‘ttoifalari bo‘limining terentipoliya va qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalarida sporangiy deb ataladigan maxsus hujayra bo‘ladi. Sporangiy shakli va katta-kichikligi bilan boshqa hujayralardan farq qiladi. Ko‘pchilik suvo‘ttoifalar harakatsiz xivchinlari reduksiyalangan sporangiospora, aplanospora vositasi bilan ham ko‘payadi. Qizil suvo‘tlari - mono va tetrospora qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalarining diktiotalar qabilasi ham tetrosporalar yordamida ko‘payadi. Yashil suvo‘ttoifalaridan xlorokoknamolar qabilasining vakillari hujayra ichida juda ko‘p bo‘linib, avtosporalar deb ataladigan sporalar hosil qiladi va shu sporalar vositasida ko‘payadi. Monad va kokkoid shaklidagi koloniyali suvo‘ttoifalari jinssiz ko‘payish vaqtida qiz koloniya hosil qiladi. Yashil suvo‘ttoifalaridan (matashuvchilar, xaralar ajdodi va sifonnomalar qabilasi), diatom, qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalarining hayotida jinssiz ko‘payish umuman uchramaydi.
    Jinsiy ko‘payish ko‘k – yashil suvo‘ttoifalardan tashqari hamma suvo‘ttoifalarning hayotida uchraydi. Jinsiy ko‘payish gametalarning bir-biri bilan qo‘shilishi (kopulatsiya) natijasida sodir bo‘ladi:
    1. Bir xil gametalar qo‘shilsa, bu jinsiy jarayoni – izogamiya.
    2. Bir gameta yirik, ikkinchisi mayda bo‘lsa, bu jinsiy jarayon – geterogamiya.
    3. Tuxum hujayra bilan gameta qo‘shilsa, bu jinsiy jarayon – oogamiya.
    4. Ikkita qarama-qarshi ipdan bir-biriga qarab o‘simtalar hosil bo‘lib, bitta hujayraning protoplasti ikkinchisiga qo‘shilib, zigota hosil qiladi. Bu jinsiy jarayon konyugatsiya. Gametalar gametangiyda yetiladi va suvga tushgandan so‘ng, harakat qilib qo‘shiladi va zigota hosil bo‘ladi. Zigota ichida avvalo gametalarning sitoplazmasi (plazmogamiya), keyinchalik ularni yadrolari (kariogamiya) qo‘shiladi. Pirovordida ularni xromosomalari birikib diploidli fazaga ega bo‘lgan zigota hosil bo‘ladi. Zigota tinchlik davrini o‘tgandan so‘ng, uni diploidli yadrosi reduksion (meyoz) bo‘linib, xromosomalar soni ikki barobar kamayadi. Shundan so‘ng gaploidli faza boshlanadi. Suvo‘ttoifalar hayotida bir necha xil jinsiy ko‘payish uchraydi. Jinsiy ko‘payishning eng sodda (primitiv) shakli - izogamiya dir. Bu protsess morfologik jihatdan farq qilmaydigan harakatchan gametalarning qo‘shilishidan sodir bo‘ladi. Yashil suvo‘ttoifalari bo‘limining vakillarida izogametalar vegetativ hujayra protoplastining bo‘linishi natijasida bunyodga keladi. Ammo, qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalari bo‘limining ektokarpusnamolar va sfatsellyariyanamolar qabilasining vakillarida vujudga keladigan izogametalar ko‘p kamerali gametangiy yoki ko‘p uyali sporangiydan hosil bo‘ladi. Ko‘pchilik suvo‘ttoifalarning izogamiya yo‘li bilan sodir bo‘ladigan jinsiy ko‘payish vaqtida, qo‘shiluvchi gametalarning biri aktiv, ikkinchisi esa passiv harakat qiladi. Masalan, ektokarpus va sfatsellyariyaning urg‘ochi gametasining harakat etish muddati qisqa bo‘lib, erkak gametalarning harakati uzoq vaqt davom etadi. Urg‘ochi gameta harakatdan to‘xtagandan so‘ng, erkak gameta ham harakatdan to‘xtaydi. Shakli har xil, ya’ni biri kichikroq va serharakat, ikkinchisi kattaroq va sust harakat qiluvchi gametalarni bir-biri bilan qo‘shilishiga anizogamiya yoki geterogamiya deyiladi. Yirik harakatsiz gameta urg‘ochi gameta yoki tuxum hujayra deb, kichik harakatchan gameta erkak yoki spermatozoid deb ataladi. Ana shunday gametalarni qo‘shilishiga oogomiya deyiladi. Qizil suvo‘ttoifalarining oogoniysi karpogon deb ataladi. Uni ichida harakatsiz tuxum hujayra joylashadi. Erkak gameta - spermatsiy harakatsiz bo‘lib, bir hujayrali anteridiydan yetiladi. Ipsimon suvo‘tlarda oogoniya keng tarqalgan bo‘lib, monad va kokoid shakldagi sodda tuzilgan suvo‘tlarda ham uchraydi. Ipsimon suvo‘ttoifalarni tuxum hujayrasi va spermasi oogoniya (karpogon) va anteridiy deb ataladigan maxsus organlarda yetiladi, ular vegetativ organlardan keskin farq qiladi. Ayrim hollarda (masalan, matashuvchilar ajdodi) vakillarida jinsiy ko‘payish kon’yugasiya, ya’ni jinslarga differensiyalangan ikkita vegetativ hujayra moddalarining qo‘shilishi bilan bo‘ladi. Kopulyatsiya paytida qo‘shilishga ishtirok etayotgan hujayralarda kanalchalar hosil bo‘lib, bu kanalchalar orqali bir hujayra moddasi ikkinchi hujayra moddasiga qo‘yilib, zigota hosil bo‘ladi.

    Download 0,76 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204




    Download 0,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jinssiz ko‘payish maxsus sporalar yordamida sodir bo‘ladi. Ko‘pchilik suvo‘ttoifalarida jinssiz ko‘payish zoosporalar

    Download 0,76 Mb.