• 9-amaliy mashg‘ulot: Ulotriksning tuzilishi va ko‘payishi.
  • -amaliy mashg‘ulot: Oedagoniumning tuzilishi va ko‘payishi




    Download 0,76 Mb.
    bet71/204
    Sana07.06.2024
    Hajmi0,76 Mb.
    #261363
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   204
    Bog'liq
    Mikologiya algologiya majmua 2020 SamVMI

    8-amaliy mashg‘ulot: Oedagoniumning tuzilishi va ko‘payishi.
    Qabila: Edogonienamolar - Oedogoniales
    Turkum: Edogonium – Oedogonium
    Bu qabilaga ipsimon shakldagi shoxlangan, bir yadroli, substratga yopishib o‘sadigan suvo‘tlar kiradi. Hujayrasi yirik, o‘yilgan xromatoforali va ko‘p pirenoidlidir. Ularni o‘ziga xos bo‘linishi natijasida, hujayra po‘stida "qalpoqcha" deb ataladigan halqasimon ilmoqlar vujudga keladi. "Qalpoqchalar" miqdoriga qarab ularni boshqa yashil suvo‘tlardan osonlik bilan ajratish mumkin. Bundan tashqari, monad hujayralari (zoospora, spermatozoidi) ko‘p xivchinli bo‘lib, xivchinlari zoosporani old qismida tojga o‘xshab joylashgan. Bunday shakldagi monad hujayra stefanokant deb ataladi. Bu tartibning eng xarakterli vakili edogoniy bilan tanishamiz. Edogonium (Oedogonium) ni zoospora tuzilishi elektron mikroskopda yaxshi o‘rganilgan. Edogonium chuchuk suvo‘t bo‘lib, butun yer yuzida keng tarqalgan. Tallomi shoxlangan ip shaklida bo‘lib, yoshligida suv ostidagi substratga maxsus bazal hujayra yordamida yopishib o‘sadi, keyinchalik uzilib suv betida suzib turadi. Tez oqar suvlarda o‘sadigan turlari butun hayoti davomida substratga birikan holda o‘sadi. Edogoniumni jinsiy ko‘payishi oogoniya yo‘li bilan boradi. Oogoniya sharsimon yoki ellipsoid shaklda, yirik, ko‘pincha burtgan hujayra bo‘lib, 1-2 tadan, ba’zilarida qanchasi tizilgan holda joylashadi. Har qaysi oogoniyada bittadan tuxum hujayra bo‘ladi. Anteridiysi qisqa disksimon bo‘lib, hujayrasi reduksiyalangan xromatoforaga ega. Har qaysi anteridiy hujayrasidan ikkitadan sariq ko‘p xivchinli spermatazoid yetishadi


    9-amaliy mashg‘ulot: Ulotriksning tuzilishi va ko‘payishi.
    Qabila: Uloktriksnamolar - Ulotrichales
    Turkum: Uloktriks – Ulotrix
    Turkum: Ulva - Ulva
    Bu qabilaga kiruvchi yashil suvo‘tlarni tallomi ipsimon, shoxlanmagan bir yadroli hujayralardan iborat. Ba’zan tallom plastinkasimon yoki naychasimon bo‘ladi, lekin ularni rivojlanishi ontogenezda ipsimon tallomdan boshlanadi. Bu tartibning tipik vakili sifatida ulotriks (Ulothrix) turkumini olish mumkin. Bizda Ulothrix zonata – ko‘p tarqalgan. U asosan, tez oqar chuchuk suvlarda substratga bazal tanasi bilan yopishib o‘sadi, ko‘pincha suv ostida, toshlarda, yog‘ochlarda yashil o‘tzorlar hosil qiladi. Substratga birikkan hujayrasi rangsiz va qalin po‘stli pona shaklli bo‘lib, rizoid deb ataladi. Ipi bir qator qalin po‘stli hujayradan iborat, hujayra po‘sti ostida protoplazma, bitta yadro, plastinkasimon xromatoforasida bir necha pirenoid bo‘ladi. Hujayra markazini vakuola ishg‘ol etadi. Ipni apekal (ichki) hujayrasi bo‘linish qobiliyatiga ega, boshqa hujayralari reproduktiv bo‘lib, ko‘payish vazifasini bajaradi . Ulotriks jinsiy va jinssiz yo‘l bilan ko‘payadi. Jinssiz ko‘payishda har bir yashil hujayradan 2- 16-32 gacha to‘rt xivchinli zoosporalar hosil bo‘ladi. Zoosporalar tallomning ichki (apekal) hujayralarda vujudga kelib, keyin boshqa hujayralarda ham paydo bo‘ladi. Hosil bo‘lgan zoosporalar shilimshiq bilan o‘ralib, ona hujayra devorini yirtib suvga chiqadi. Zoosporalar ellipsoid yoki sharsimon bo‘lib, devori atrofida xromatofora joylashgan. Xromatofora ichida bitta qizil ko‘zcha va yettita pirenoid bo‘ladi. Zoospora old qismida to‘rta harakatchan xivchin joylashgan. Zoospora suvda biroz suzgandan so‘ng, bironta substratga yon tomoni bilan o‘rnashib, xivchinlarini tashlab, po‘st bilan o‘ralib o‘sadi va yangi ip hosil qiladi. Jinsiy ko‘payishi izogamiya yo‘li bilan boradi. Vegetativ hujayra ichida (4)-8-32 (64) tagacha ikki xivchinli gametalar vujudga keladi, bu gametalar shilimshiq parda ichida joylashadi. Gametalar shilimshiq parda ichida bir oz harakat qilib, pardani yorib suvga chiqadi. Ulotriksning jinsiy protsessida bir xil ko‘rinishdagi gametalar qo‘shilishi (kopulyatsiya) yetishi mumkin, chunki ularni gametalari fiziologik jihatdan har xil jinslidir. Shuning uchun ularni shartli ravishda (+) va (-) gametalar deb ataladi. Bunga geterotalizm deyiladi. Kopulyasiya sodir bo‘lgandan keyin, to‘rt xivchinli harakatchan zigota (planozigota) hosil bo‘ladi. Suvda bir oz suzib harakat qilgandan keyin, zigota xivchinlarini tortib, bironta substratga yopishib, yumaloq shaklga kiradi, qulay sharoit bo‘lganda o‘sib, bir hujayrali sporofitga aylandi. Sporofit dastlab naycha keyin noksimon shaklga kirib, bo‘linib 4-16 (ko‘pincha 8) ta to‘rt xivchinli zoosporalar beradi. Bu zoosporalar sporofitni devorini yertib suvga chiqadi va substratga yopishib o‘sadi. Qulay sharoitda ulotriks bir qancha fragmentatsiya - bo‘laklarga bo‘linib, vegetativ ko‘payadi.

    Download 0,76 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   204




    Download 0,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -amaliy mashg‘ulot: Oedagoniumning tuzilishi va ko‘payishi

    Download 0,76 Mb.