|
Jaxon iqtisodiy inqirozining ijtimoiy-siyosiy oqibatlari
|
bet | 6/8 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 42,78 Kb. | | #114881 |
Bog'liq JAHONJaxon iqtisodiy inqirozining ijtimoiy-siyosiy oqibatlari.
Inqiroz Yaponiyada bankrotlik to‘lqini va ommaviy ishsizlikka olib keldi: 1930 yildayoq ishsizlar soni 10 mln kishidan oshib ketdi. Ish joyini saqlab qolganlarning ish haqi o‘rtacha 25—45% qisqardi. Ish joyidan ayrilgan ko‘plab kishilar avvalgi yashash joyiga - qishloqlarga qayta boshladi va bu ijtimoiy xolatni yanada murakkablashtirdi. Qishloqda yerning ijara narxi oshib, yollanma mexnatga to‘lanadigan xaq keskin tushib ketdi. Bu qishloq joylarda janjallarga, yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olinish xollariga olib keldi.
Ushbu muammolarni xal qilish uchun hukumat bir qator tadbirlarni amalga oshirishiga qaramasdan, axvol yaxshilanmadi, ishsizlik to‘xtovsiz o‘sib bordi. Axolining siyosiy partiyalar va ular tashkil qilgan hukumatdan noroziligi ortib bordi. Partiyalar va hukumatning obro‘si tushib ketdi. Natijada odamlarning parlament demokratiyasi siyosiy institutlaridan xafsalasi pir bo‘lib, umidlari puchga chiqdi. Kishilar ongida yashash sharoytini og‘irlashuvi 1924 yili hukumatni shakllantirish huquqini par- lamentga berish bilan bog‘lik tarzda aks etdi, zero imperator xukumatni o‘zi tayinlagan paytlarda bunday xolat bo‘lmagan edi.
Yapon tovarlari uchun boshqa mamlakatlar bozorlariiing yopilishi yaponlar orasida ksenofobiyaning keskin o‘sishiga olib keldi. Yapon tovarlarining chet el bozorlaridan siqib chiqarilishi Yaponiyaga qarshi makkorona reja sifatida qaraldi. 1924 yili AKЩda emigratsiyani cheklash to‘g‘risida qonun qabul qilinganligidan so‘ng Yaponiyada Amerikaga qarshi kayfiyatlar paydo bo‘la boshladi. Ammo AQSh bilan savdo Yaponiya uchun katta axamiyatga ega edi: yapon eksportining 40% AQShga to‘g‘ri kelardi; AQShdan import esa xomashyoning muhim turlarini (neft, paxta, metallolom) tashkil qilardi. 1930 yili dengiz xuquqi bo‘yicha London konferensiyasidan so‘ng AQShdan «xafa bo‘lish» butun G‘arb davlatlariga tarqaldi. Konferensiyada Yaponiya AQSh va Angliyaning kelishilgan pozitsiyasiga duch keldi. Yapon jamiyatida siyosiy partiyalar g‘arbparast siyosatning ramzi sifatida qabul qilina boshladi.
Yaponiyada G‘arb bilan aloqalarni uzish, undan ko‘chirib olingan siyosiy tizimlarni yo‘q qilish, milliy an’analarga, «kuchli xokimiyat va tartibga» qaytish talablari tobora kuchli jaranglay boshladi.
1920-yillari Omotokyo diniy sektasi kapitalistik tartiblar va industrial sivilizatsiyani tanqid qilib chiqdi. Bu sekta o‘z ideallariga binoan dehqonlarning an’anaviy tinch hayotiga qaytish g‘oyasini tartib qildi. Ammo ular imperator boshqaruvining qonuniyligini rad qilib, hokimiyatning g‘azabiga uchradi. Yana bitta sekta - Xommiti ham 1920-yillar oxirida taqiqlandi.
1930-yillarning boshlaridan Yaponiyada ultramillatchilik kayfiyatlari o‘sib, jiddiy ichki va tashki siyosiy voqealarga olib keldi.
Armiyada radikal kayfiyatlarning kuchayishi va tajovuzkor tashqi siyosatga o‘tish. 1930 yili hokimiyat uchun kurash natijasida armiyada bir-biriga qarshi turgan ikkita: «imperator yo‘li guruxi» («Kodoxa») va «nazorat guruhi» («Toseyxa») guruhlari shakllandi. Birinchisi «yangi konsernlar» bilan, zobitlar orasidagi radikal tashkilotlar bilan, jumladan, generallar Araki va Madzaki tomonidan boshqarilgan «Yosh zobitlar» tashkiloti bilan yaqin aloqada edi.
Ijtimoiy safsatabozlikdan ustalik bilan foydalangan «Kodoxa» yirik kapitalga, «kapitalist-chaykovchilarga», «siyosatbozlarga» qarshi chiqdi. Xokimiyatga nisbatan muxolifatda bo‘lishiga qaramasdan, bu guruh vakillari 1930-yillar boshlariga kelib davlat apparatida bir qator muxim lavozimlarni egallab olishga erishdi - general Araki xatto xarbiy vazir lavozimini egalladi.
Radikallar hokimiyat uchun kurashdi terrordan foydalandi, siyosiy partiyalar ofislarida bombalar portlatdi, fitnalar uyushtirdi. Faqat 1931 yili ikkita fitna fosh qilindi, ulardan birida Yaponiya bosh vaziri Xanaguti o‘ldirildi. 1932 yil 15 mayda «Yosh zobitlar» tashkiloti fitnachilari tomonidan keyingi bosh vazir Inukaixam o‘ldirildi. Fitna fosh qilinib, bir qator fitnachilar qamoqqa olingan bo‘lsada, fitna raxbarlari, jumladan, general Araki xarbiy lavozimini saqlab qoldi. So‘l qarashlardagi ziyolilar qatag‘onga uchradi faqat 1932 yil oktabrda 2250 kishi qamoqqa olindi.
Armiyadagi boshqa gurux, «Toseyxa», fitnalarga chek qo‘yish, «yosh zobitlar» ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishga intildi. Bu tashkilot mafkurada an’anaviy millatchilik konsepsiyalariga rioya kilib, imperator saroyidagi moliya guruhlari bilan yaqin aloqada edi. 1934 yildan «nazorat guruxi» Seyyukay partiyasi bilan yaqinlashdi va «imperator yo‘li guruhini susaytirib, o‘z pozitsiyasini mustaxkamlashga erishdi.
1931 yildan Yaponiya tajovuzkor tashqi siyosatga o‘tib, Xitoyning Manjuriyasini bosib oldi. Bu AQSh va Yevropa davlatlari bilan munosabatlarning keskin yomonlashuviga va millatchilik kayfiyatlarining o‘sishiga olib keldi. Millatlar Ligasi tomonidan qoralangan Yaponiya 1933 yil fevralda bu tashkilotni tark etdi va bundan buyon hech qanaqa xalqaro qonunlar bilan hisoblashmasligini butun dunyoga namoyish qildi. Bu Yaponiyaning xalqaro izolyatsiyasini kuchaytirdi, milliy birlikning ku- chayishi uchun qo‘shimcha sharoit yaratdi.
Yaponiya katta urushga tayyorlana boshladi: 1934 yili og‘ir sanoatni rivojlantirishga juda katta davlat dotatsiyalari ajratildi, korxonalarga yirik xarbiy buyurtmalar berildi. Ayni paytda mexnat intensivligi oshirildi: ish xaqi pasaytirilib, ish kuni 11 soatgacha uzaytirildi.
Yirik partiyalardan faqat Minseyto va Sotsialistik partiya konstitutsion tuzumni mustaxkamlashga, militarizm va totalitarizmga qarshi turishga harakat ildi, ammo ularning roli va jamiyatdagi ta’siri nisbatan past edi. Endi faqat ijtimoiy ongdan liberal g‘oyalarning qoldiqlarini siqib chiqarish qolgan edi, xolos.
|
| |