Totalitar tuzumning o’rnatilishi.
«Kokutay»ning moxiyati to’g’risida 1935 yili boshlangan munozara 1937 yili «Kokutayning asosiy prinsiplari» nomli risolaning nashr qilinishi bilan yakunlandi. U barcha o’quv yurtlarining «axloqiy tarbiya» o’qituvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, tarixni, siyosiy rejimning tuzilishini va Yaponiyaning yuksak vazifasini qanday baxolash to’g’risida fuqarolar oldiga qo’yilgan talablardan iborat edi. Risola barcha maktab va universitetlarning o’qituvchilariga tarqatildi. Direktorlarga maxsus bildirgi berilib, iloji boricha ko’proq axolini risolaning mazmuni bilan tanishtirish, «milliy his va ongni uyg’otish» uchun har qanday imkoniyatdan foydalanish topshirildi.
Risolaning kirish qismida 1930-yillar o’rtalaridagi ichki tartibsizlik va g’alayonlarning sababi G’arb g’oyalarining tarqalishida ekanligi aytilib, shuning uchun keng ommaga «kokutay»ning xaqiqiy moxiyatini tushuntirish lozimligi ta’kidlandi.
Birinchi bo’limida imperator hokimiyatining paydo bo’lishiga oid miflar bayon qilindi, imperator bilan fuqarolar o’rtasidagi munosabatlar ko’rib chiqildi, yaponlarning boshqa «oddiy» xalqlarga nisbatan noyob sifatlariga e’tibor qaratildi.
Ikkinchi bo’limda Yaponiya tarixining rasmiy talqini, urf- odatlar, turmush tarzi, milliy xarakterning o’ziga xos jixatlari, marosim va axloqiy prinsiplar, madaniyat, iqtisod va xarbiy san’at rivojlanishining o’ziga xos tomonlari xaqida hikoya qilinadi.
Yakunlovchi qismida xulosa chiqariladi: «xudolar irodasi» bilan Yaponiyaga aloxida vazifa yuklatilgani – G’arb sivilizatsiyasini «kokutay» asosida, ya’ni G’arbning texnik yutuqlarini Sharkning ma’naviy qadriyatlari bilan birlashtirgan xolda o’zlashtirish lozimligi uqtiriladi. «Kokutay» Yaponiyada totalitar rejimning rasmiy mafkurasiga aylandi.
1937 yili knyaz Konoe boshchiligida xukumat tuzildi. Bu xukumat armiyadagi turli guruhlarga, avvalo, albatta, «nazorat guruxi»ga va Yaponiyani totalitar davlatga aylantirish g’oyasini qo’llab-quvvatlagan Seyyukay partiyasiga tayanadi. Davlatning ichki tizimlarini katta urushga tayyorlash lozim edi. 1937 yili bosh vazir Konoe boshchiligida Milliy ruxni safarbar qilish ligasi tuzildi. Bu tashkilot mamlakatda militarizmni targ’ibot qilish uchun keng faoliyat olib bordi. 1937 yil 7 iyulda G’arb davlatlarining jiddiy qarshiligiga uchramagan Yaponiya Xitoyga qarshi keng miqyosdagi urush xarakatlarini boshlab yubordi.
1938 yil noyabrda Konoe hukumati «Sharkiy Osiyoda yangi tartib» konsepsiyasini ilgari surdi: Yaponiya «Sharqning yangi madaniyatini» yaratish maqsadida qardosh xalqlarni «g’arb mustamlakasidan» ozod qilishni o’z zimmasiga oladi. Tashqi tajovuzni bunday shaklda atashga urinayotgan Yaponiya AQSh, Angliya, Fransiya, Gollandiya va boshqa G’arb mamlakatlari tomonidan qoralandi, ammo ular shundan nariga o’tmadi.
Biroq; Yaponiya tajovuzining kelajakdagi asosiy yo’nalishi to’g’risida hali homxayol mavjud edi (1938 yil avgustda Xasan ko’li artofida, 1939 yili Xalxin-Golda sovet ko’shinlari bilan janglar bo’ldi).
1939 yili bir gurux olimlar Konoe hukumati qoshida «sharqiy hamdo’stlik» nazariyasini tashkil qildi. Yaponiya homiyligi ostida Sharqiy Osiyo xalqlarining madaniy birligi va qardoshligi asosida panosiyo millatlararo birligini yaratish xaqida ketayotgan edi. Bu g’arbga ochiq da’vat edi, ammo bu payt G’arbning o’zi chukur inkirozda bo’lib, tez orada Ikkinchi jaxon urushi boshlanib ketdi.
|