• Meynfremlar.
  • Ishchi stansiyalardan iborat komplekslar




    Download 8.74 Mb.
    bet9/47
    Sana24.11.2022
    Hajmi8.74 Mb.
    #31644
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
    Bog'liq
    3.-Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.Kompyuterarxitekturasi 2017
    Мақола психология и наука Америка СКОПУС, Ikromov Begzod, Laptop Chair-Model, Elektron hukumat 23.05.2023, Mavzu-10 kvadrat tenglamalar, 49288623 (1), KT 6 amaliy
    Ishchi stansiyalardan iborat komplekslar. Oxirigi yillarda shaxsiy kompyuterlarni va ishchi stansiyalarni o‘zaro bog‘lab ishlatish amaliyoti keng qo‘llanilmoqda. Kompyuterlardan iborat bunday komplekslar – ishchi stansiyalardan iborat klasterlar (Clusters Of Workstations, COW) yoki oddiy qilib «klasterlar» deb atalmoqda. Klasterlar - yuqori tezlikda ishlovchi tarmoqlar yordamida o‘zaro bog‘langan shaxsiy kompyuterlar yoki ishchi stansiyalardan iborat bo‘ladi. Klasterlar - ularning tarkibiga kirgan kompyuterlarning resurslarini yagona masalani echish uchun yo‘naltira oladigan maxsus dasturiy vositalar bilan ta’minlangan bo‘ladi. Ko‘p hollarda klasterlarning tarkibi odatdagi shaxsiy kompyuterlardan iborat bo‘ladi. Yuqori tezliklarda ishlovchi tarmoq ulanishlari esa, standart tarmoq platalari yordamida tashkil qilinishi mumkin. Klasterlar - ularni masshtablashning qulayligi bilan ajralib turadi. Har qanday klaster tarkibidagi kompyuterlarning sonini osonlik bilan oshirish yoki kamaytirish mumkin. Xozirda veb-serverlar ham klasterlar ko‘rinishida
    tashkil qilinmoqda. Bunday klasterlar – serverli fermalar (server farms) deb ataladi.
    Meynfremlar. Meynfremlar deganda 60-yillarda ishlab chiqarilgan kompyuterlarni eslatuvchi, katta-katta xonalarni egallaydigan katta o‘lchamlarga ega bo‘lgan kompyuterlar tushuniladi (1.10-rasm).

    1.10-rasm. Meynfremlar.


    Bunday kompyuterlarning unumdorligi tezkor serverlarning unumdorligidan uncha katta emas, ammo ularda ma’lumotlarni kompyuterga kiritish-chiqarish jarayonlari juda katta tezliklarda amalga oshirilishi mumkin. Ular juda katta-katta terabaytlarda (1 terabayt = 1012 bayt) o‘lchanadigan diskli xotiralarga egadir. Shuning uchun meynfreymlardan Internet serverlari sifatida foydalanilmoqda. Meynfremlarga o‘xshash bo‘lgan kompyuterlarning yana bir xili, bu – superkompyuterlardir (1.11-rasm).



    1.11-rasm. Superkompyuter.


    Superkompyuterlar protsessorlarining unumdorligi ancha katta bo‘lib, ularda bir necha o‘n gigabaytlarga ega tezkor xotira modullari, yuqori tezliklarda ishlovchi disklar va tarmoq interfeyslari o‘rnatilgandir. Superkompyuterlardan murakkab bo‘lgan hisoblashlar talab qilinadigan, ilmiy va texnik masalalarni echishda foydalanilmoqda. Ular yordamida – to‘qnashuvchi galaktikalarni modellashtirish, yangi dori vositalarini sintez qilish, yangi loyihalanayotgan uchish apparatlari atrofidagi havo oqimini modellashtirish kabi masalalar echilmoqda.



      1. Download 8.74 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




    Download 8.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishchi stansiyalardan iborat komplekslar

    Download 8.74 Mb.