Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти




Download 9.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/53
Sana18.05.2022
Hajmi9.61 Mb.
#21314
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53
Bog'liq
kompyuter arxitekturasi
15 amaliy ish, KARIMOVA GULCHAMAN, Ледяев ВГ Политическая власть 5., Holisxon, Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta’lim uchun tavsiya
 
 
 
 
 
 
 


47 
2. ASOSIY VA YORDAMCHI XOTIRA QURILMALARI 
 
2.1. Asosiy xotira. Xotiraning adreslari.
Baytlarning tartiblanishi 
 
Asosiy xotira – kompyuterning dasturlar va ma’lumotlarni saqlash 
uchun mo‘ljallangan komponentidir. Xotira ma’lum bir uzunlikka ega 
bo‘lgan axborotlarni saqlovchi yacheykalardan iborat bo‘ladi. Hozirgi 
kompyuterlarning xotirasi 8-bitli, ya’ni bir baytli yacheykalardan iborat 
bo‘lib, xotiraga ana shu baytlarning adreslari orqali murojaat qilinadi. 
Baytlarni guruhlarga birlashtirilib so‘zlar (rus tilida – слово) hosil qilinadi. 
1, 2, 4 va 8 baytli, ya’ni 8, 16, 32 va 64-bitli yoki razryadli so‘z 
uzunliklariga ega kompyuterlar mavjud [1,5,11]. Ushbu qo‘llanmada 
kompyuter 
xotirasining 
so‘z 
uzunliklarini, 
protsessorlar 
ichki 
registrlarining uzunliklarini ifodalashda va boshqa holatlarda razryad 
iborasi qo‘llanilgan.
2.1-rasmda 8-razryadli so‘z uzunligiga ega asosiy xotira tasvirlangan.
2.1-rasm. 8-razryadli so‘z uzunligiga ega 64 Kbaytli asosiy xotira. 


48 
Ushbu asosiy xotirada yacheykalar adreslarining qiymati 0000 dan FFFF 
gacha o‘zgarishi mumkin. Asosiy xotiraning umumiy xajmi 64 Kbayt 
(FFFF – 16 bit, 2
16
=65536 bayt). Hozirda bunday hajmli xotiralar – 
o‘rnatiladigan kompyuterlarda, ya’ni kontrollerlarda ishlatilmoqda. Odatda 
asosiy xotira adreslari 16-lik sanoq sistemasida ifodalanadi. 
2.2-rasmda so‘z uzunligi 32-razryadga teng bo‘lgan asosiy xotira 
tasvirlangan. Bunday so‘z uzunligiga ega xotiralar, Pentium protsessorlari 
o‘rnatilgan kompyuterlarda ishlatilmoqda. Ularda yacheykalarning 
adreslari 0000 0000 dan FFFF FFFF gacha o‘zgarishi mumkin. 
Xotiraning umumiy xajmi 4 Gbayt (FFFF FFFF – 32 bit, 2
32
= 4294967296 
bayt). So‘z uzunligi 32-razryadli xotiralarda baytlar o‘ngdan chapga yoki 
chapdan o‘ngga qarab joylashtirilishi mumkin.
2.2-rasm. 32-razryadga so‘z uzunligiga ega, baytlari teskari tartibda
joylashtirilgan 4 Gbaytli asosiy xotira. 


49 
2.2-rasmda 
keltirilgan 
xotirada 
Pentium 
protsessorli 
kompyuterlardagi kabi, baytlar o‘ngdan chapga qarab joylashtirilgan. Bu 
baytlarni teskari tartibda joylashtirish deb ataladi (rus tilida – обратный 
порядок следования байтов). 
2.3-rasmda esa baytlar to‘g‘ri tartibda joylashtirilgan xotira chizmasi 
keltirilgan. Bu xildagi xotira baytlar to‘g‘ri tartibda joylashtirilgan xotira 
deb ataladi (rus tilida – прямой порядок следования байтов) va u
SPARС oilasiga mansub protsessorlarga ega bo‘lgan serverlarda ishlatiladi.
2.3-rasm. 32-razryadga so‘z uzunligiga ega, baytlari to‘g‘ri tartibda
joylashtirilgan 4 Gbaytli asosiy xotira. 
Buyruqlarni xotiradan o‘qish misolida, xotiraga murojaat qilish 
qanday amalga oshirilishini ko‘rib chiqamiz. 2.4-rasmda asosiy xotiraga 
murojaat qilish jarayoni ko‘rsatilgan. 


50 
Protsessorning IP (Instruction Pointer) yoki PC (Program Counter) 
deb nomlanuvchi registri, tartib bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan buyruq 
adresini ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Ushbu registr buyruqlar sanagichi 
yoki buyruqlar ko‘rsatgichi deb nomlanadi. PC registrida yozilgan adres, 
ya’ni navbatdagi bajarilishi kerak bo‘lgan buyruqning adresi, 
protsessorning adres shinasi yordamida asosiy xotira bilan bog‘lanuvchi 
porti - adres registri orqali xotiraning, xotira adresi registriga uzatiladi. 
Shundan so‘ng xotiraning ma’lumotlar registriga ushbu adres bo‘yicha 
yozilgan ma’lumot chiqariladi. Bu ma’lumot, ma’lumotlar shinasi orqali 
protsessorning registrlaridan biriga, masalan akkumulyatorga, ya’ni A 
registriga kelib tushadi.
2.4-rasm. Asosiy xotiraga murojaat qilish jarayoni. 


51 
Zamonaviy kompyuterlarda asosiy xotiraga murojaat kilishning ikki 
xil rejimi mavjud (2.5-rasm): 
1.Real rejim – 1 Mbayt gacha bo‘lgan asosiy xotira uchun, bu rejim 
kompyuter MS DOS operatsion tizimida ishlagan paytida qo‘llanilagan. 
Hozirda bu, MS DOS operatsion tizimini emulyasiya qilishda ishlatiladi. 
2.Himoyalangan rejim – xotira xajmi 1 Mbaytdan ko‘p bo‘lgan xolda, 
ya’ni bu kompyuterlar Windows operatsion tizimida ishlay boshlagandan 
buyon qo‘llanilgan rejim hisoblanadi. 
2.5-rasm. Real va himoyalangan rejimlarda asosiy xotiraning tuzilishi. 
Real rejimda xotiraga murojaat qilish segmentlarga murojaat qilish orqali, 
himoyalangan rejimda esa, sahifalarga murojaat qilish orqali amalga 


52 
oshiriladi. Bitta segmentning xajmi – 64 Kbayt, sahifaning xajmi esa – 4 
Kbaytga ega bo‘ladi.

Download 9.61 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53




Download 9.61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти

Download 9.61 Mb.
Pdf ko'rish