Asosiy raqamli mantiqiy sxemalar




Download 9.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/53
Sana18.05.2022
Hajmi9.61 Mb.
#21314
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53
Bog'liq
kompyuter arxitekturasi
15 amaliy ish, KARIMOVA GULCHAMAN, Ледяев ВГ Политическая власть 5., Holisxon, Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta’lim uchun tavsiya
1.5. Asosiy raqamli mantiqiy sxemalar. 
 
 
Avvalgi bo‘limda ventillardan qanday qilib oddiy mantiqiy 
sxemalarni qurish mumkinligini ko‘rib chiqdik. Hozirgi paytda amaliyotda 
mantiqiy sxemalarni qurishda alohida-alohida ventillarni birlashtirgan 
modullardan iborat standart «qurilish» bloklaridan foydalaniladi. Ushbu 
qismda biz ana shunday standart bloklarni, ularni alohida-alohida ventillar 
yordamida qanday hosil qilishni va qanday qo‘llanilishini ko‘rib chiqamiz. 
Bunday qurilish bloklarining, ya’ni asosiy raqamli mantiqiy sxemalarning 
- kombinator va arifmetik sxemalar deb nomlanadigan xillari mavjud.
1.Kombinator sxemalar yoki kombinatsion sxemalar: 
- multipleksorlar; 
- dekoderlar; 
- komparatorlar; 
- dasturlanadigan mantiqiy matritsalar. 
2.Arifmetik sxemalar: 
- siljitish sxemalari; 
- jamlagichlar; 
- arifmetik-mantiqiy qurilmalar. 
Asosiy mantiqiy sxemalar – integral sxemalar yoki mikrosxemalar 
degan umumiy nom bilan ham ataladilar. Integral sxema o‘lchamlari 
tahminan 5x5 mm (2x2 mm) ega kvadrat shaklidagi kremniy bo‘lagidan 
iborat bo‘ladi. Bunday bo‘laklarga kamida 1 tadan 10 tagacha ventillar 
joylashtirilishi mumkin bo‘ladi va ular kichik integral sxemalar deb ataladi 
[5,7,8].
Kichik integral sxemalar odatda kengligi 5-15 mm, uzunligi esa 20-
50 mm ga teng bo‘lgan to‘g‘ri burchakli plastik yoki keramik korpuslarga 
joylashtirilgan bo‘ladi. Bunday mikrosxemalarning uzun tomonlarida
orasidagi masofa 2 mm (1 mm) ga yaqin qilib ishlangan chiqish 
oyoqchalariga ega bo‘ladi. Ushbu oyoqchalar yordamida integral sxema 
raz’yomga yoki bosma plataga o‘rnatiladi. Har bir chiqish oyoqchalari 
qaysidir ventilning kirishi yoki chiqishiga, ta’minot manbaiga yoki «erga» 
ulangan bo‘ladi. Tashqi qismida ikki qatorli chiqish oyoqchalariga ega 
bo‘lgan integral sxemalar rasmiy tarzda chiqishlari ikki qator qilib 
joylashtirilgan korpus (Dual Inline Package, DIP) yoki mikrosxema deb 
ataladi. Ko‘pincha korpuslar 14, 16, 18, 22, 24, 28, 40, 64 yoki 68 ta 


41 
chiqishlarga ega bo‘ladi. Katta mikrosxemalar uchun esa chiqishlari 
to‘rttala tomonida yoki tagida joylashgan korpuslardan foydalaniladi (1.24-
rasm). 
1.24-rasm. Integral sxemalarning korpuslari. 

Download 9.61 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53




Download 9.61 Mb.
Pdf ko'rish