• MOVE R1, 4
  • INC, DEC, NOT, RL
  • Buyruqlarning formatlari va xillari




    Download 9.61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/53
    Sana18.05.2022
    Hajmi9.61 Mb.
    #21314
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53
    Bog'liq
    kompyuter arxitekturasi
    15 amaliy ish, KARIMOVA GULCHAMAN, Ледяев ВГ Политическая власть 5., Holisxon, Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta’lim uchun tavsiya
    Buyruqlarning formatlari va xillari. Buyruq – amal kodi, ushbu 
    amalda qatnashayotgan operanda yoki operandalar qayerdan olinishi va 
    natija qayerga yozilishi kerakligi haqidagi axborotlardan iborat bo‘ladi 
    [3,10,18]. 1.16-rasmda buyruqlar to‘plami sathiga oid buyruqlar 
    formatlarining bir nechta xillari keltirilgan. 
    1.16-rasm. Buyruqlar formatlarining to‘rtta xili. 
    a) adressiz buyruq; b) bir adresli buyruq;
     c) ikki adresli buyruq; d) uch adresli buyruq. 


    27 
    Buyruqlarda amal kodi - har doim bo‘ladi, ammo adreslar esa 
    buyruqlarda bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday buyruqlar adressiz 
    buyruqlar deb ataladi. Qolgan xil buyruqlarda esa bitta, ikkita yoki 
    uchtagacha adreslar ishtirok etishi mumkin. 
    MOVE R1, 4 – bir adresli buyruq; ADD R1, R2ikki adresli 
    buyruq. 
    Buyruqlarning xillari: 
    1. Ma’lumotlarni ko‘chirib yozish buyruqlari – LOAD, STORE, MOVE 
    (1.3-jadval). 
    2. Ikkita operandalar ustida amallar bajarish buyruqlari - ADD, SUB, 
    AND, OR (1.4-jadval).
    3. Bitta operanda ustida amallar bajarish buyruqlari - INC, DEC, NOT, 
    RL
    4. Taqqoslash va shartli o‘tish buyruqlari - CMP
    5. Dastur osti dasturlarini (rus tilida – подпрограмма) chaqirish 
    buyruqlari - CALL (1.5-jadval). 
    6. Sikllarni boshqarish buyruqlari. 
    7. Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish buyruqlari – IN, OUT
    1.3-jadval. Pentium 4 protsessorining ko‘chirib yozish buyruqlari. 
     


    28 
    Adreslash. Boshqarish oqimi va uzilishlar. Ko‘pgina buyruqlar 
    joylashgan o‘rinlari ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan operandalar bilan ishlaydi. 
    Operandaning joylashgan o‘rnini ko‘rsatish adreslash deb ataladi. 
    Adreslashning quyidagi xillari yoki rejimlari (1.6-rasm) mavjud: 
    1.Bevosita adreslash rejimi. 
    2.To‘g‘ridan-to‘g‘ri adreslash rejimi. 
    3.Registrlar yordamida adreslash rejimi. 
    4.Registrlar yordamida bilvosita adreslash rejimi.  
    5.Indeksli adreslash rejimi. 
    6.Nisbiy indeksli adreslash rejimi. 
    7.Stekli adreslash rejimi. 
    1.4-jadval. Pentium 4 protsessorining arifmetik buyruqlari. 


    29 
    1.5-jadval. Pentium 4 protsessorining boshqarishni uzatish buyruqlari. 
    1.6-jadval. Adreslash rejimlarini taqqoslash. 
    Dasturni ishlashi davomida undagi buyruqlarning bajarilish ketma-
    ketligi boshqarish oqimi deb ataladi. O‘tishlar va dastur osti dasturlarini 
    chaqirishlar bo‘lmasa, buyruqlar xotiraning ketma-ket yacheykalaridan 
    chaqirib olinib bajariladilar. Quyidagi misolda Pentium 4 assemblerida 
    I
    2
    +J
    2
    +K

    ifodani hisoblash dasturi keltirilgan. Undagi buyruqlar xotiraning 
    ketma-ket yacheykalaridan chaqirib olinib bajariladi. 


    30 
    Ushbu misollarda esa shartli o‘tish va dastur osti dasturlarini chaqirish 
    operatorlariga ega dasturlar keltirilgan. 


    31 
    Agar asosiy dasturni ishlashi davomida boshqa bir dastur, ya’ni 
    dastur osti dasturi chaqiriladigan bo‘lsa – uzilish (rus tilida – прерывание) 
    sodir bo‘ladi. Bunda asosiy dasturning buyruqlarini xotiradan ketma-ket 
    chaqirish to‘xtatilib, yangi ishga tushirilgan dasturni – dastur osti dasturini 
    (rus tilida – подпрограмма) bajarish yo‘lga qo‘yiladi (1.17-rasm). Dastur 
    osti dasturi ishlab bo‘lgandan so‘ng esa, asosiy dasturga qaytiladi va 
    avvalgi ketma-ketlik to‘xtatilgan joyidan boshlab bajarilishi yo‘lga 
    quyiladi. 
    1.17-rasm. Asosiy dasturni ishlashi: a) uzilishlarsiz; b) uzilishlar bilan. 


    32 

    Download 9.61 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53




    Download 9.61 Mb.
    Pdf ko'rish