Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти




Download 9.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/53
Sana18.05.2022
Hajmi9.61 Mb.
#21314
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53
Bog'liq
kompyuter arxitekturasi
15 amaliy ish, KARIMOVA GULCHAMAN, Ледяев ВГ Политическая власть 5., Holisxon, Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta’lim uchun tavsiya
 
4-bob bo‘yicha nazorat savollari. 
1.Assembler tili va uning vazifalari haqida tushuntirishlar bering. 
Misollar keltiring. 
2.Assembler tilini o‘rganish qanday maqsadlarda amalga oshiriladi? 
3.Assembler tilidagi dasturlarning, yuqori sath tillarida tuzilgan 
dasturlardan farqli va foydali jihatlari qaysilar? 
4.Assembler tilida qo‘llaniladigan operatorlar va ularning formatlari 
haqida tushuncha bering. 
5.Dasturni xotira adreslari bo‘yicha joylashtirilishi chizmasini keltiring, 
uni xotiradan olingan sonni inkorlash va kaytib xotiraga yozish dasturi 
misolida tushuntirib bering. 
6.Assembler tilida makroslar deganda nima tushuniladi, ular nima uchun 
ishlatiladi va ularning qanday xillarini bilasiz? 
7.Direktivalar deganda nimamalar tushuniladi? Misollar keltiring. 
8.Assemblerlash jarayoni deganda nima tushuniladi va u qanday amalga 
oshiriladi? 
 
 
 


123 
5. MA’LUMOTLARNI KIRITISH-CHIQARISH ARXITEKTURASI 
 
5.1. Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish arxitekturasi va shinalar.
Zamonaviy kompyuter yoki kompyuter tizimi uchta asosiy tashkil 
etuvchilardan iborat: - protsessor; xotira (asosiy va yordamchi xotira); 
ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari (klaviatura, monitor, printer, 
modemlar). Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish arxitekturasi deganda – 
ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalarini (MKChQ), kompyuterning 
boshqa qurilmalari bilan qanday bog‘langanligi va ular o‘zaro qanday 
ma’lumotlar almashinishi tushuniladi. Kompyuterning asosiy platasida (rus 
tilida – материнская плата) – protsessorning mikrosxemasi, asosiy xotira 
modullari bo‘lgan DIMMlar uchun mo‘ljallangan ulanish nuqtalari (rus 
tilida – разъѐмы) va turli xil yordamchi mikrosxemalar bilan birga – 
shinalar ham joylashgan bo‘ladi (5.1-rasm). 
5.1-rasm.Shaxsiy kompyuterning asosiy platasi.


124 
Kompyuterga ma’lumotlarni kiritish-chiqarish jarayonlarini tushunib 
olish uchun quyidagi chizmalar bilan tanishib chiqamiz. 5.2-rasmda 
shaxsiy kompyuterning mantiqiy strukturasi keltirilgan.
Har bir ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmasi ikki qismdan 
tashkil topgan bo‘ladi: kontroller (nazorat qiluvchi) va MKChQning o‘zi. 
Har bir kontroller o‘ziga tegishli bo‘lgan MKChQni boshqarishni va uning 
shinaga murojaat qilish jarayonini nazorat qilib turadi. Masalan, biron-bir 
dastur magnitli diskdan (vinchesterdan) ma’lumotlarni o‘qib olishi kerak 
bo‘lsa, u disk kontrollerini bu haqida ogoxlantiradi va diskka kerakli 
ma’lumotni qidirib topish buyrug‘ini yuboradi. Diskning ma’lumotlar 
yozilgan yo‘lkasi va sektori topilgandan so‘ng, disk kontrollerga 
ma’lumotlarni bitlar oqimi ko‘rinishida uzata boshlaydi. Kontrollerning 
vazifasi - kelayotgan bitlar oqimini ma’lum bir uzunlikdagi (8, 16, 32 yoki 
64 bitli) so‘zlarga aylantirib, xotiraga yozish hisoblanadi [1,2]. 
5.2-rasm. Shaxsiy kompyuterning mantiqiy strukturasi. 
Shinalar, na faqat MKChQ kontrollerlari tomonidan, balki protsessor 
tomonidan, buyruqlar va ma’lumotlarni uzatish uchun ishlatiladi. 
Kompyuter shinasi orqali – ma’lumotlar, adreslar va boshqarish signallari 
uzatiladi, ya’ni shina uch qismdan iborat bo‘ladi: 
1.Ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan qismi (8, 16, 32, 64 va 
128 bitli). 
2.Asosiy xotira adresini uzatish uchun mo‘ljallangan qismi, 16 razryadli 
– 64 Kbayt, 20 razryadli – 1 Mbayt va 32 razryadli – 4 Gbayt hajmga ega 
xotirani adreslash uchun. 


125 
3.Ma’lumot almashinish jarayonini boshqarish uchun mo‘ljallangan 
signallar to‘plami qismi.
Shinalarning yuqorida sanab o‘tilgan qismlarini 5.3-rasmda 
keltirilgan chizmada ham ko‘rishimiz mumkin. 
5.3-rasm. 8051 protsessorining mikrosxemasi va undagi ulanish 
nuqtalarining belgilanishi (ulanish nuqtalarining soni 40-ta). 
Uchinchi bobdagi 3.16-rasmda keltirilgan, Pentium 4 protsessorining 
mikrosxemasi va undagi ulanish nuqtalarining belgilanishi chizmasida ham 
shinalarni ko‘rsatib utish mumkin. 
Hozirgacha shinalarning quyidagi xillari ishlab chiqarilgan: 
ISA (Industry Standard Architecture, rus tilida - стандартная 
промышленная архитекархитектура) – ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan 
standart arxitektura. 


126 
EISA (Extended ISA, rus tilida - расширенная стандартная 
промышленная архитектура) – ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan 
kengaytirilgan imkoniyatlarga ega standart arxitektura. 
PCI (Peripheral Component Interconnect, rus tilida - взаимодействие 
периферийных компокомпонентов) – tashqi tashkil etuvchi qurilmalarni 
o‘zaro birgalikda ishlashini ta’minlovchi shina. PCI shinasining ko‘pgina 
turli xil konfiguratsiyalari mavjud. PCI shinasining keng tarqalgan va ko‘p 
qo‘llanilgan xili 5.4-rasmda keltirilgan. 
5.4-rasm. PCI va ISA shinalariga ega shaxsiy kompyuter.
Modem va ovoz platasi ISA-qurilmalariga, SCSI kontrolleri esa 
PCI-qurilmalariga mansub hisoblanadi. 
Ushbu konfiguratsiyada markaziy protsessor, asosiy xotiraning 
kontrolleri bilan, alohida ajratilgan yuqori tezlikka ega shina orqali 
bog‘langan, ya’ni bu holatda protsessor va xotira o‘rtasida ma’lumot 
almashinish PCI-shina orqali emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri (rus tilida – 


127 
непосредственно) amalga oshirilgan. Yuqori tezlikka ega bo‘lgan tashqi 
qurilmalar, masalan SCSI-disklar PCI-shinaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan. 
PCI-shina nisbatan sekin ishlaydigan va avval ishlab chiqarilgan 
qurilmalarni ulashda qo‘llaniladigan ISA-shinasi bilan parallel ulangan. 
Bunday kompyuterlar platalarining PCI va ISA-shinalarida 3-ta yoki 4-
tagacha bo‘sh qoldirilgan ulanish joylari ham bo‘lgan. PCI-shinalarining 
ma’lumotlarni uzatish tezligi, xozirda - 528 Mbayt/sek ga etkazilgan.
5.5-rasmda Pentium protsessorlari asosida qurilgan dastlabki 
kompyuterning arxitekturasi keltirilgan. Chizmada tezligi nisbatan kattaroq 
bo‘lgan shinalar, qalinroq qilib tasvirlangan.
5.5-rasm. Pentium protsessorlari asosida qurilgan dastlabki
kompyuterning arxitekturasi. 


128 
Monitor ekrani sig‘dira oladigan nuqtalar – piksellar hajmining oshib 
borishi sababli (1600x1200 nuqta), shinalarning ma’lumotlar almashinish 
tezliklarini oshirish yo‘llari izlana boshlandi. Natijada aynan monitor bilan 
ishlash uchun mo‘ljallangan - AGP (Accelerated Graphics Port, rus tilida - 
ускоренный графический порт) – grafik ma’lumotlarni uzatish tezligi 
oshirilgan port shinasi ishlab chiqildi. Bunday shinaning AGP 3.0 
versiyasining tezligi 2,1 Gbaytga etkazildi. 
Tarkibida AGP-shinasiga ega, Pentium 4 protsessori asosida qurilgan 
zamonaviy tizim shinalarining joylashtirilishi 5.6-rasmda keltirilgan.
5.6-rasm. Pentium 4 protsessori asosida qurilgan zamonaviy 
kompyuter (tizim) shinalarining joylashtirilishi. 
Bu tizim tarkibida juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va uning 
beshta asosiy tashkil etuvchilarini o‘zaro birlashtirgan – shinalar aro 


129 
ko‘prik mavjud. Ushbu ko‘prik – protsessor, asosiy xotira, grafik adapter, 
ATAPI kontrolleri va PCI-shinalarni o‘zaro bog‘laydi. Ba’zi hollarda 
ushbu ko‘prik yordamida, Ethernet texnologiyasi mansub tarmoq platalari 
va boshqa yuqori tezlikka ega qurilmalarni ham ishlashini ta’minlash, 
amalga oshiriladi. 
5.6-rasmdagi chizmada xozirda shaxsiy kompyuterlarda juda keng 
qo‘llanila boshlagan, USB (Universal Serial Bus, rus tilida - 
универсальная последовательная шина) – ma’lumotlarni ketma-ket 
uzatuvchi universal shina ham keltirilgan. 

Download 9.61 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53




Download 9.61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти

Download 9.61 Mb.
Pdf ko'rish